482
21-BOB: CHORVACHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI
1. Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
ahamiyati.
2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish
holati.
3. Chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch so‘zlar:
chorvachilik, qoramolchilik, qo‘ychilik va echkichilik,
yilqichilik, parrandachilik, quyonchilik, chorva ozuqasi.
1.
Chorvachilik
tarmoqlari
va
ularning
mamlakatimiz
iqtisodiyotidagi ahamiyati.
Chorvachilik – mamlakatimiz qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy
qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut va tuxum
aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lib,
ularsiz oziq
moddalariga bo‘lgan talabni qondirib bo‘lmaydi. Chorvachilik
tarmog‘ining aholini oqsil va uglevodlarga boy sifatli oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlashda o‘rni beqiyosdir. Chorvachilik
sanoatning ko‘pgina yo‘nalishlari uchun xomashyo yetkazib beradi.
Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi chorvachilik
tarmoqlari tomonidan
yetkazib beriladigan xomashyolarga ham bog‘liqdir. Chorvachilik
tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ham ta’minlaydi. Bu esa
tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik yirik tarmoq bo‘lib, o‘z navbatida hayvonlar turlari va
yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi
kichik tarmoqlarga bo‘linadi:
- qoramolchilik;
- qo‘ychilik va echkichilik;
- parrandachilik;
- yilqichilik;
483
- mo‘ynachilik;
- cho‘chqachilik;
- baliqchilik;
- asalarichilik va boshqalar.
Aholini zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash
va sotish tizimlarini
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Aholi soni ko‘payishi va sanoat
korxonalari quvvatlarining oshishi chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan
talabning
o‘sishiga
olib
kelmoqda.
Aholining
chorvachilik
mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun bir qancha tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish,
jumladan, chorvachilik
mahsulotlarini qayta ishlash tizimini rivojlantirish kerak. Chorvachilik
tarmog‘ini jadal rivojlantirish, zamonaviy va innovatsion uslublarni joriy
etish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini
kengaytirish,
shuningdek, aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan
sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash
hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarning zamonaviy
talablarga javob beradigan moddiy-texnika
bazasini bosqichma-bosqich
rivojlantirishga alohida
e'tibor berish
lozim.
Hozirgi
vaqtda
mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari asosan dehqon xo‘jaliklarida
yetishtirilmoqda. Bu esa chorvachilik mahsulotlari yetishtirish
jarayonini
mexanizatsiyalashtirish, naslchilik ishlarini ilmiy asoslangan
holda tashkil etish, ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlarini qayta
ishlashni tashkil etish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Bu masalani hal
etish uchun chorvachilik sohasiga ixtisoslashgan klasterlarni tashkil
etish, fermer xo‘jaliklarida ham chorvachilikni
rivojlantirishga, bu
jarayonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga e’tibor berish zarur.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan chorvachilikni rivojlantirishga
qaratilgan yirik dasturlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish
bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy
yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida
chorva mollarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan
bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar
bermoqda.