Iqtisodiyoti


Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon, ming gektar



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Mamlakatimizda ozuqa ekinlari ekilgan maydon, ming gektar 
 
2016
2017
2018
2019
O‘zbekiston Respublikasi 
333,5 
243,4 
242,7 
267,6 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
22,3 
23,4 
20,3 
23,0 
Andijon 
14,3 
10,5 
16,2 
17,8 
Buxoro 
24,1 
24,8 
26,4 
30,2 
Jizzax 
44,0 
20,2 
19,8 
22,9 
Qashqadaryo 
37,9 
28,3 
22,4 
25,0 
Navoiy 
6,0 
5,0 
5,0 
5,6 
Namangan 
19,6 
10,0 
9,5 
8,3 
Samarqand 
25,2 
23,9 
18,8 
20,0 
Surxondaryo 
18,4 
26,0 
28,0 
32,5 
Sirdaryo 
11,1 
11,6 
14,0 
12,8 
Toshkent 
48,8 
31,7 
30,7 
32,1 
Farg‘ona 
33,1 
11,0 
11,8 
15,1 
Xorazm 
28,7 
17,0 
19,8 
22,3 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari 


474 
Chorvachilik tarmog‘ini rivojlanirish uchun hududlarda chorva 
mollari sonidan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar 
darajasida ozuqa ekinlari uchun yer maydonlarini ajratish lozim. Chorva 
mollarini ilmiy asoslangan ratsion asosida ozuqa bilan ta’minlash uchun
ozuqa ekinlari ekiladigan maydonlarni chorva mollari bosh soni va 
ularning kelgusida o‘sish prognozlariga mutanosib holda ko‘paytirib 
borish talab etiladi. Aks holda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishiga 
erishib bo‘lmaydi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan ozuqa ekinlari maydonini 
oshirish bo‘yicha ham islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi 
“Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning 
qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4576-sonli qaroriga 
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha 
viloyatlar hokimliklariga: 
a) 
2020-yilda 
yaylovlar 
hamda 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv 
resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
5742-sonli 
farmonida 
nazarda 
tutilgan 
qishloq 
xo‘jaligida 
foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish 
hisobidan ozuqabop ekinlarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun 
chorvachilik xo‘jaliklariga ajratib berilishini ta’minlash; 
b) 
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi 
Kadastr agentligi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari va 
paxtachilik-g‘allachilik 
yo‘nalishidagi 
fermer 
xo‘jaliklari 
ekin 
maydonining 10 foiziga beda ekilishini ta’minlash kabi vazifalar 
yuklatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi 
PF-5853-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasi”dagi aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash 
yo‘nalishidagi chora-tadbirlarda umumiy ekin maydonlari tarkibida 
ozuqa ekinlari maydonlari ulushini 2021-yilda 10 foiz, 2025-yilda 12 
foiz va 2030-yilga borib 15 foizga yetkazish nazarda tutilgan. Ushbu 
ko‘rsatkich 2018-yilda 7 foizni tashkil etgan edi. 
O‘zbekiston Respublikasi florasida tabiiy holda o‘suvchi dorivor 
o‘simliklarning 
katta 
zaxiralari 
mavjud. 
Shu 
bilan 
birga 
mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitlari ko‘plab dorivor o‘simliklarni 


475 
yetishtirish imkonini beradi. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish 
maqsadida mamlakatimiz hukumati tomonidan dorivor o‘simliklarni 
yetishtirishga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, Vazirlar 
Mahkamasining 1995-yil 7-dekabrda shirinmiya o‘simligi xomashyosiga 
bo‘lgan ichki va tashqi bozor talablarini qondirish maqsadida 
“O‘zbekiston Respublikasida shirinmiya xomashyosini yetishtirishni 
ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 453-sonli qarori qabul 
qilingan. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Shifobaxsh” 
IIChM qoshida tashkil etilgan dorivor o‘simliklarga ixtisoslashgan 
o‘rmon xo‘jaligida shirinmiya o‘simligi yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. 
2018-yil 20-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning 
xomashyosini qayta ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3617-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorga ko‘ra Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi 
tashkil etildi. Uyushmaning asosiy vazifalari belgilab berilgan bo‘lib, 
respublika hududlarining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos kelishini 
inobatga olgan holda, kavrakni plantatsiyalarda yetishtirishni tashkil 
etish, respublika hududlarida kavrakni sanoat usulida yetishtirish 
hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘rish, mahsulot sotish bozorlarini 
kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlarini olib borish, eksport 
hajmini oshirish, kavrak urug‘ini tayyorlash va plantatsiya tashkil 
etuvchi tashkilotlarga yetkazib berish kabilar shular jumlasidandir. 
Mamlakatimizdagi dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha 
mavjud inkoniyatlardan unumli foydalanish o‘simlikchilik tarmog‘ining 
yanada rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, mamlakatimizning 
eksport salohiyatini oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga 
farmatsevtika sanoatining rivojlanishiga, xalq tabobati an’analaridan 
unumli foydalanishga ham zamin yaratiladi va aholi salomatligining 
yaxshilanishiga hissa qo‘shadi. 
2021-yilda dunyo bo‘yicha o‘simlik yog‘i narxi o‘rtacha 20-25 
foizga oshishi kuzatildi. Ushbu jarayon O‘zbekistonni ham chetlab 
o‘tmadi. Narx oshishi kungaboqar yog‘i narxi ko‘tarilishi fonida 
sezilgani ta’kidlandi. Yog‘-moy korxonalari uyushmasining ma’lum 
qilishicha, hozirda O‘zbekiston aholisining o‘simlik moyiga bo‘lgan 
yillik talabi 475 ming tonnani tashkil etadi. Yog‘-moy korxonalari yiliga 
259 ming tonna o‘simlik moyi ishlab chiqaradi. Respublika aholisining 
o‘simlik moyiga bo‘lgan talabi mahalliy ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan 55 foizga, 45 foizi esa import hisobiga qoplanmoqda. Ushbu 


476 
muammoning yechismi – mamlakatimizda moyli ekinlar maydonlarini 
ko‘paytirish hisobiga ichki ehtiyojni imkon qadar o‘zimizda 
yetishtirilgan mahsulot bilan qondirishdir. Ushbu mahsulot bo‘yicha 
importga qaramlik jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishi o‘simlik 
yog‘i narxiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘simlik yog‘i olinadigan ekin 
turlarini ham diversifikatsiya qilish lozim. Mamlakatimizda hozirgi 
vaqtda o‘simlik yog‘i asosan chigitdan olinadi. Dunyo mamlakatlari 
tajribasini ko‘radigan bo‘lsak, o‘simlik yog‘i kungaboqar, yeryong‘oq, 
raps, soya, zaytun, masxar, kunjut, zig‘ir kabi ko‘pgina ekinlardan 
olinadi. Mamlakatimizda ham o‘simlik yog‘i olinadigan ekin turlarini 
ko‘paytirish lozim. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan ham ushbu sohada chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yilda aholini mahalliy 
sharoitda ishlab chiqarilgan o‘simlik moyi bilan ta’minlash, import 
hajmini keskin qisqartirish maqsadida kungaboqar, soya, masxar, raps, 
kunjut va zig‘ir ekinlari hajmi oshirilishi nazarda tutilmoqda. Bir gektar 
yerda zig‘ir yetishtirilganda, o‘rtacha 10-12 sentner hosil olinadi va 
undan 300-360 litr moy olinadi. Bir gektar maydonga kunjut ekilganda 
1,2-1,5 tonna xomashyo yetishtirilib, 500-600 litr moy olinadi. Zaytun 
ekilgan bir gektar maydonda esa 350-400 tup daraxt bo‘lib, har bir 
daraxtdan 50-70 kilogramm, jami 2,4-2,8 tonna meva yig‘ib olinadi, 
undan 1,5-1,7 tonna zaytun moyi olinadi. Zaytun uzoq (500 yildan 4000 
yilgacha) yashaydigan va sekin o‘suvchi subtropik daraxt hisoblanadi. 
Shu bilan birga, zaytun moyi shifobaxsh xususiyatlarga ham ega. 
Shularni 
inobatga 
olgan 
holda, 
hudularning 
tuproq-iqlim 
sharoitlaridan kelib chiqqan holda zaytun o‘simligini plantatsiya usulida 
yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga 
amalga oshirgan tashrifi doirasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, 
Muzrabot, Uzun, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Bandixon 
tumanlarida zaytun plantatsiyalari barpo etilishi ma’lum qilingan. 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 530 gektar, shu jumladan 
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzrabot va Uzun tumanlarining 
har birida 100 gektardan, Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Bandixon 
tumanlarining har birida 50 gektardan, Qashqadaryo viloyatining 
Dehqonobod tumanida 30 gektar moydonda zaytun plantatsiyasi barpo 
etilishi 
nazarda 
tutilmoqda. 
Zaytunzorlar 
barpo 
etuvchi 


477 
tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yil muddatga imtiyozli 
kreditlar ajratiladi, tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish 
uchun 3,2 mlrd. so‘m miqdorida subsidiyalar beriladi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish