Mamlakatimizda sabzavot ishlab chiqarish to‘g‘risida ma’lumot
2016
2017
2018
2019
Sabzavot ekilgan maydon, ming ga
206,0
189,7
219,0
220,0
Sabzavot hosildorligi, sentner/ga
271,1
253,6
237,1
235,6
Sabzavot yalpi hosili, ming tonna
10184,0 10219,9
9760,3
10215,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, sabzavot ekinlari
hosildorligi keying yillarda oshmoqda. 2019-yil holatiga sabzavot yalpi
hosili ko‘rsatkichi bo‘yicha Andijon (1596,9 ming tonna), Samarqand
(1584,8 ming tonna), Farg‘ona (1090,4 ming tonna), Toshkent (1066,3
ming tonna) va Surxondaryo (971,9 ming tonna) viloyatlari yuqori
ko‘rsatkichlarga ega ega bo‘lgan bo‘lsa, Sirdaryo (300,9 ming tonna),
Navoiy
(284,6
ming
tonna)
viloyatlari
va
Qoraqalpog‘iston
Respublikasida (273,9 ming tonna) eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.
Sabzavotlar hosildorlik darajasi bo‘yicha esa Surxondaryo (278,4
sentner/ga), Toshkent (274,3 sentner/ga), Andijon (253,0 sentner/ga) va
Xorazm (252,5 sentner/ga) viloyatlari yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan
bo‘lsa, Sirdaryo viloyati (190,8 sentner/ga) va Qoraqalpog‘iston
Respublikasida (135,1 sentner/ga) eng past ko‘rsatkich qayd etilgan.
Aholini
oziq-ovqat
mahsulotlari
bilan
ta’minlash
va
mamlakatimizning
eksport
salohiyatini
oshirishda
sabzavot
468
mahsulotlarining tutgan o‘rnini inobatga olgan holda mamlakatimizda
sabzavot ekinlari maydonini kengaytirish, hosildorlik darajasini oshirish
va shu asosida ishlab chiqarish hajmini oshirishga
e’tibor
kuchaytirilmoqda.
Jumladan,
2008-yil
20-oktabrda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“Oziq-ovqat
ekinlari
ekiladigan
maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4041-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu
farmonda so‘nggi yillarda takrorlanayotgan suv tanqisligi, oziq-ovqat
mahsulotlariga jahon bozorida narx-navoning muttasil oshib borayotgani
munosabati bilan, shuningdek respublikada oziq-ovqat ekinlari
mahsulotlari yetishtirish hajmlarini yanada oshirish hamda ularning
turlarini ko‘paytirish va shu asosda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq qondirish, pirovard natijada qishloq
aholisi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish bo‘yicha chora-
tadbirlar belgilangan. Unga ko‘ra, paxta ekiladigan maydonlarni
qisqartirish va boshoqli don, sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat ekinlari
ekiladigan maydonlar kengaytirilishi nazarda tutilgan. 2019-yil holatiga
sabzavot ekilgan maydon mamlakatimiz jami ekin maydonining 6,6
foizini tashkil etgan, 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 5,5 foizni tashkil
etgan edi.
Mamlakatimizning eng janubiy mintaqasi bo‘lgan Surxondaryo
viloyati o‘ziga xos iqlim sharoitiga ega bo‘lib, sabzavot ekinlarini
ertachi tayyorlasj imkoniyatiga ega. Ushbu imkoniyatdan unumli
foydalangan holda sabzavotlarni erta yetishtirib, mamlakatimizning
ichki bozorlarida sotish yoki eksport qilish orqali ushbu mintaqada
sabzavot yetishtirish bilan shug‘ullanuvchilar yuqori daromadga ega
bo‘lishlari mumkin.
Mamlakatimizda poliz ekinlari maydoni, hosildorligi va yalpi
hosili to‘g‘risidagi ma’lumotlar 20.12-jadvalda keltirilgan.
469
20.12-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |