Iqtisodiyoti


 Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish yo‘llari. 
Qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi tarmoqda mavjud 
bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari oqilona tarzda takror ishlab 
chiqarilishini talab etadi. Bu jarayon ishlab chiqarish vositalarini sotib 
olish, ta’mirlash, qurish, innovatsion hamda ijtimoiy munosabatlar 
yig‘indisidan tashkil topadi. 
Barcha 
investitsiyalar 
quyidagi 
yirik 
ikkita 
manbadan 
shakllantirilib, amalga oshiriladi: 

korxonaning o‘z mablag‘lari hisobidan; 

chetdan jalb qilingan mablag‘lar orqali. 
Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z 
mablag‘lariga quyidagilar kiradi: 
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar; 
- amortizatsiya fondidagi mablag‘lar; 
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar; 
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar; 
- qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa korxonalar qimmatli 
qog‘ozlarini 
sotib 
olishi 
natijasida 
oladigan 
dividendlardan 
ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar. 
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ishlab chiqarish jarayonining 
mavsumiyligi mazkur tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 
investitsion imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Tarmoqda ishlab chiqarish 
vositalari sifatida tirik organizmlarning ishtirok etishi, mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonida ularning ma’lum vegetatsiya davrini o‘tishi 
lozomligi ishlab chiqarish jarayonining uzoq davom etishiga olib keladi. 
Masalan, kuzgi bug‘doy oktabr oyida ekiladi va kelgusi yilning may 
oyida tayyor mahsulot olinadi, ya’ni 7-8 oy o‘tgachgina tayyor mahsulot 
olinadi. Bunday holatda tarmoqda faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning 


257 
uzoq muddat davomida investitsiyani amalga oshirish uchun mablag‘lari 
yetishmaydi.
Investitsiyalarni 
shakllantirishda 
chetdan 
jalb 
qilinadigan 
mablag‘larga quyidagilar kiradi: 
- qishloq xo‘jaligi uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar; 
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar; 
- hamkorlardan olinadigan mablag‘lar; 
- qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy 
va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari; 
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar 
va boshqalar. 
Chetdan jalb qilingan mablag‘lar orasida bank kreditlari alohida 
o‘rin tutadi. Ular ishlab chiqarish faoliyati natijalaridan qat’i nazar, 
alohida korxonalar ehtiyojlarini hisobga olgan holda investitsiyalarni 
amalga oshirishga imkon beradi. Bank kreditlari korxona o‘z 
mablag‘larining investitsiya uchun kerakli miqdorini yig‘masdan turib 
investitsiya jarayonini tezlashtiradi. Kreditlar investitsiya manbai 
sifatida nafaqat kapital qurilishda, balki yangi texnikani joriy qilishda 
ham ishlatiladi. Investitsiyalarning asosiy vazifasi – tarmoq mahsulotini 
ko‘paytirish va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish sur’atlari 
tezlashtirilishini ta’minlashdir. 
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliq 
xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 10.1-
jadvalda keltirilgan. 
10.1-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish