Fond birjasi - qimmatli qogʻozlar va boshqa moliyaviy vositalar oldisotdi qilinadigan birja; pul kapitali harakatiga xizmat koʻrsatadigan moliya bozorining dastaklaridan biri. Bozor infratuzilmasining muhim boʻgʻini, qimmatli qogʻozlar (davlat obligatsiyalari, korxonalar aksiya va obligatsiyalari, bank kredit biletlari, tijorat veksellari), valyuta oldisotdisi boʻyicha muntazam va tashkiliy faoliyat koʻrsatadi.
Fond birjasining asosiy vazifalari: boʻsh turgan pul va qimmatli qogʻozlarni sotishni tashkil etish orqali jamgʻarilgan pul kapitalini safarbar etish va toʻplash; xususiy xoʻjalik subʼyektlari va davlat investitsiyalarini ularning qimmatli qogʻozlari xaridini tashkil etish yoʻli bilan moliyalashtirish; qimmatli qogʻozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yaʼni qimmatli qogʻoz egalari uchun yoʻqotishlarsiz tezda pul mablagʻlariga aylanishini taʼminlash. Huquqiy maqomiga koʻra, jahon amaliyotida doimiy davlat nazoratida faoliyat koʻrsatadigan yalpi huquqiy, aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi hususiy va davlat kapitali ishtirokidagi aralash Fond birjasi turlari bor.
Fond birjasi 16-asrda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida paydo boʻlgan. Jahonda 150 dan ortiq yirik Fond birjasi bor (2003). Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi, lekin ularning ko'pi keyinchalik yopildi
Fond bozori, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining kimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldisotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshqa
Fond bozori qatnashchilari kapital "isteʼmolchilari" (emitentlar) va uni "takdim etuvchilar" (investorlar)dir. "Isteʼmolchilar" davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qogʻozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va boshqalar) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruxlarga boʻlinadi.
Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konʼyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr)ga oluvchi muassasalar, depozitariylar tizimi tashkil etadi.
Fond bozori qimmatli qogʻozlarning kelib tushish vaqti va usuliga qarab birlamchi va ikkilamchi bozorlarga ajratiladi. Birlamchi bozor — Fond bozorining asosi hisoblanadi. Unda birinchi marta chiqarilayotgan qimmatli qogʻozlar joylashtiriladi. Birlamchi bozorning asosiy qatnashchilari qimmatli qogʻoz emitentlari va investorlardir. Investitsiya qilish uchun asosiy va aylanma moliyaviy kapital zaxiralariga muhtoj boʻlgan emitentlar Fond bozorida qimmatli qogʻozlar taklifini belgilaydi. Oʻz kapitalini qoʻllash uchun foydali soha izlovchi investorlar qimmatli qogʻozlarga talabni shakllantiradi. Birlamchi bozorda vaqtincha erkin pul mablagʻlarini jalb etish amalga oshiriladi. Lekin birlamchi bozor jamgʻarmani faqat milliy iqtisodiyot koʻlamidagina kengaytirish bilan chegaralanmaydi. Unda erkin pul mablagʻlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari boʻyicha taqsimlanishi ham sodir boʻladi. Bozor iktisodiyoti sharoitida qimmatli qogʻozlar keltiradigan daromad taqsimlanish mezoni boʻlib xizmat qiladi. Bu holat esa erkin pul mablagʻlari eng koʻp daromadni taʼminlovchi korxonalarga, xoʻjaliklar, tarmoklar va sohalarga yoʻnaltiradi, degan maʼnoni bildiradi. Birlamchi bozor yangi chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning emitentlar tomonidan joylashtirilishini nazarda tutadi. Shu bilan birga korporatsiyalar, hokimiyatlar, oʻzoʻzini idora qiluvchi mahalliy organlar emitentlar boʻlishlari mumkin. Bunday emitentlar guruxlarining bozordagi ahamiyati mamlakatdagi iktisodiyot holati va uning umumiy taraqqiyot darajasi bilan aniqlanadi. Koʻpchilik mamlakatlarning davlat byudjetidagi doimiy taqchillik qimmatli qogʻozlar bozorida davlatning muhim rol oʻynashini taʼminlaydi. Yakka va institutsional investorlar ham qimmatli qogʻozlar xaridorlari boʻlishi mumkin. Bular tijorat banklari, pensiya fondlari, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya fondlari, oʻzaro yordam fondlari va h.k.
Qimmatli qogʻozlarning ikkilamchi bozori — birlamchi bozorning zaruriy qoʻshimchasi. Unda qimmatli qogʻozlarning olibsotarlik shaklidagi aylanmasi sodir boʻladi. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlarning shakliga qarab ularni uyushtirilgan (birjali) va uyushtirilmagan (birjadan tashqaridagi yoki "koʻcha") bozorlariga ajratish mumkin. Uyushtirilgan bozorni fond birjalari tashkil qiladi. Qimmatli qogʻozlar bilan qilinadigan boshqa barcha bitimlar uyushtirilmagan bozorda amalga oshadi. Birjadan tashqari aylanmadagi savdoni mutaxassislar — brokerlar va dilerlik kompaniyalari olib boradi. Birjadan tashqari aylanmada savdo jarayonlarini bajaradigan yagona markaz yoʻkligi tufayli oldisotdi bitimlari telefon va kompyuter tarmoklari orqali bajariladi. Narxnavolar birjadan tashqari aylanmani tartibga soluvchi qoida asosida kelishib belgilanadi.
Fond bozori moliyakredit tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat boshqaruvi obʼyekti hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi investorlar manfaatini emitentlar va vositachilar tomonidan qilinadigan noqonuniy hattiharakatlardan himoya qilishdir. Shu maqsadlarda qimmatli qogʻozlar emissiyasi, ularning muomalada boʻlishi hamda qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari faoliyatini tartibga soluvchi, shuningdek, mamlakatda amalda boʻlgan tegishli normativ hujjatlar ishlab chiqiladi, maxsus maʼmuriy idoralar tuziladi.
Oʻzbekistonda investitsiya jarayonlarini boshqarish va boʻsh turgan pul mablagʻlarni iqtisodiyotga jalb qilishning samarali vositasi boʻlgan Fond bozorining shakllanishi 90-yillar boshlariga toʻgri keladi. 1993 yil 2 sentabrda bu bozor faoliyatining huquqiy bazasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi.
Qisqa muddatlarda Fond bozori infratuzilmasining asosiy muassasalari — 1994 yilda "Toshkent" respublika fond birjasi oʻz faoliyatini boshladi. Respublika Prezidentining 1996 yil 26 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish toʻgʻrisida" Farmoniga koʻra, respublikada qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi hisoblanadigan Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiklashtirish va nazorat qilish markazi tuzildi. 1999 yilda naqdsiz chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni saqlash, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalaridagi davlat hissasi (huquqi) hisobini yuritadigan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va 30 dan ortiq ikkinchi bosqich depozitariylarini oʻz ichiga olgan ikki pogʻonali depozitariylar tizimi tashkil topdi. Respublika Fond bozorida brokerlar, dilerlar, boshqaruvchi kompaniyalar, investitsiya fondlari, investitsiya maslahatchilari, reyestr yurituvchilar va investitsiya kompaniyalaridan iborat 300 dan ortiq professional qatnashchilar faoliyat yuritadi (2004). Ulardan "Elsis kliring" hisobkitob palatasi (1998) respublikada birlamchi (uyushgan) Fond bozori ishtirokchilari oʻrtasida oʻzaro hisobkitoblarni samarali amalga oshirishga koʻmaklashadi. "Vaqt" milliy depozitariysi (1994) Fond bozorining yirik instituti boʻlib, qimmatli qogʻozlarni saklash va ularga boʻlgan huquklar hisobini olib boradi. "Davinkom" ("Davlat investitsiya kompaniyasi", 1999) xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini investorlarga sotish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining vakolatli vakili hisoblanadi. 2000-yilda respublikada investitsiya muassasalarining milliy uyushmasi tashkil etilgan. Uning tarkibida 45 dan ortiq investitsiya muassasasi bor (2004).
Moliya bozori — oldisotdi obʼyekti pul (pulga tenglashtirilgan qogʻozlar) boʻlgan bozor. Bu bozorda moliya mablagʻlarini vaqtincha haq toʻlab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan boʻlgan munosabatlar; pul mablagʻlarining uni jamgʻarganlardan qarzga oluvchilarga oʻtishini taʼminlaydigan bozor institutlari. Ortiqcha mablagʻlarga ega boʻlgan xoʻjalik subʼyektlari oʻz moliyaviy resurslari ni mablagʻlarga muhtoj subʼyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda oʻtkaziladi.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga karab, Moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili boʻyicha Moliya bozori 2 ga ajraladi: qarz majburiyatlari (isteʼmolni kondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy isteʼmol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qoʻyilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablagʻlar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini 2 boʻgʻinga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qogʻozlar bozori. Ssuda kapitali bozori — pul shaklidagi kapitalning foiz toʻlash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada boʻladi. Bular, asosan, davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldisotdi qilinadi. Xoʻjalik hayotining baynalmilallashuvi natijasid
Kapital bozori, fond bozor i — boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. K.b. pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi.
K.b. kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. K.b. qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy K.b.lari bor (yana q. Valyuta bozori, Birja). K.b. ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va b. maqsadlar uchun zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni yengillashtiradi. K.b. mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994-yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi.
"TOSHKENT" RESPUBLIKA FOND BIRJASI — qimmatli qogʻozlar savdosini amalga oshiradigan birja. "T."r.f.b. 1994 y. 8 aprelda tashkil etilgan. Uning faoliyati respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtarilgan davlat korxonalari negizida ochiq aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil kilish siyosati bilan uzviy bogʻliq. Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul tushumlari qayta taqsimlanishining yangi tizimi hisoblanadi. Birjaning barcha viloyatlarda filiallari va 84 ta brokerlik idorasi bor (2004). 1994 yilda qimmatli qogʻozlar birja savdolari yillik aylanmasi 30 mln. soʻmni, 1996 yilda 2,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi, jahon standartlariga moye birja standarti qabul qilindi. 1998 yilda savdolar hajmi 3,5 mlrd. soʻmga yetdi, listing tartibi qabul qilindi, "Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonning birinchi listing korxonasi sifatida qayd etildi, shuningdek, "Buxoroteks", "Paxtabank", "Oʻzsanoatqurilishbank", "Oʻzbekiston metallurgiya kombi nati" va "Gʻallabank" aksiyadorlik jamiyatlari rasmiy birja roʻyxatiga kiritildi. 1999 yilda chet el investorlariga erkin muomaladagi valyutaga aksiyalar sotish savdo maydonchasi ish boshladi.
2003 yilda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha yillik aylanma hajmi 35,7 mlrd. soʻmni tashkil qildi, erkin muomaladagi valyutaga 8,3 mln. AQSH dollari miqdorida aksiyalar savdosi amalga oshirildi. 2003 yilda uning savdo maydonlarida 1617 ta aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari bilan 6933 ta bitim va 10 ta emitentning korporativ obligatsiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy hajmi 32,1 mlrd. soʻmlik 30,9 mln. dona aksiyalari sotildi.
Birja 1995 yilda "Yevrosiyo" fond birjalari federatsiyasi (FEAS)ra aʼzo boʻldi, 1999 yildan Istanbul fond birjasiga, 2001 yildan MDH birjalari assotsiatsiyasiga aʼzo, Frankfurt fond birjasi bilan hamkorlik va axborot almashish haqida bitimlar imzolangan. Eng nufuzli xalqaro birjalar (London, NyuYork) listingidan joy olish boʻyicha aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |