Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or 
xorijiy davlatlar tajribalari. 
 
Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha yuqori 
natijalarga erishgan davlatlardan biri Niderlandiyadir. Ushbu mamlakat 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni 
egallaydi va 2018-yilda 102 milliard AQSh dollari hajmida qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Birinchi o‘rinni AQSh egallagan 
bo‘lib, uning ekin maydoni Niderlandiyadagi ekin maydonidan 205 
marotaba kattadir. 


283 
Niderlandiyada issiqxonalar faoliyati ham juda yaxshi yo‘la 
qo‘yilgan bo‘lib, iqlimi nisbatan salqin hudud bo‘lishiga qaramasdan 
pomidor kabi issiqsevar mahsulot eksporti bo‘yicha dunyoda peshqadam 
hisoblanadi. Bundan tashqari, piyoz va kartoshka eksporti bo‘yicha ham 
mamlakat dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari 
urug‘lari savdosi bo‘yicha dunyoda tuziladigan shartnomalarning 
uchdan biri Niderlandiyada hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida Niderlaniyalik 
fermerlar suv sarfini 90 foizga kamaytirishdi, issiqxonalarda kimyoviy 
o‘g‘itlarni ishlatishdan esa to‘liq voz kechildi, parrandachilikda 
antibiotiklarni ishlatish 60 foizga kamaydi.
Niderlandiya aholisining soni 17,1 million kishi bo‘lib, aholisining 
8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarida 
band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasiga 
to‘g‘ri keladi. 2017-yil holatiga qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan 
bitta xodim hisobiga 83534 AQSh dollari miqdorida mahsulot yaratilgan 
bo‘lib, bu ko‘rsatkich AQShda 79108, O‘zbekistonda esa 2147 AQSh 
dollarini tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatimizda 2018-yilda 
3960 AQSh dollarni tashkil etgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasida
 
 2021-yilda 4300 AQSh dollariga, 2025-yilda 5200 AQSh 
dollariga va 2030-yilga borib 6500 AQSh dollariga yetkazish nazarda 
tutilgan. 
E’tiborli jihatlaridan biri – Niderlandiyada qishloq xo‘jaligi 
tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (fermerlar, ishlab chiqarish 
vositalari bilan ta’minlovchilar, qayta ishlovchi korxonalar va savdo 
kompaniyalari), ilmiy-tadqiqot muassasalari (oliy ta’lim muassasalari va 
ilmiy-tadqiqot markazlari) hamda mamlakat hukumati o‘rtasida 
mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, gollandlar buni 
“oltin uchburchak” deb atashadi. Fan ushbu “oltin uchburchak”ning 
muhim elementi hisoblanadi. Amaliy ilmiy-tadqiqot dasturlari hukumat 
tomonidan moliyalashtiriladi. Yangi navlarini yaratish, mahsulot sifatini 
yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, savdo belgilarini 
yaratish va ularni tanitish, shu bilan bir qatorda tarmoqda suv va elektr 
sarfini qisqartirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar uchun xususiy sektor 
tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltiriladi. Tadqiqot natijalari 
fermerlar va firmalarga taqdim etiladi hamda ushbu innovatsiyalar ular 
tomonidan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etiladi. Ushbu tadqiqot 
natijalaridan barcha foydalanishi uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, undan 


284 
barcha xohlovchilar bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu holat ham fan 
yutuqlari, 
innovatsiyalarni 
qishloq 
xo‘jaligiga 
joriy 
etishni 
tezlashtirishga xizmat qiladi. 
Yana bir e’tiborli jihati – Amsterdamdan janubi-sharqda 50 km 
masofada qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy izlanishlar markazi tashkil 
etilgan va u “Oziq-ovqat vodiysi” (“Food Valley”) nomi bilan ham 
mashhurdir. AQShdagi Stanford Universiteti “Kremniy vodiysi”ning 
intellektual o‘zagi bo‘lgani singari, Wageningen University & Research 
(WUR) ham mazkur “Oziq-ovqat vodiysi”ning asosiy ilmiy-tadqiqot 
markazi hisoblanadi. 2004-yilda tashkil etilganidan buyon “Oziq-ovqat 
vodiysi”da oziq-ovqat sanoatining muammolarini samarali hal qilishga 
yordam beradigan kompaniyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining keng 
tarmoqlarini yaratildi. Bu yerda oziq-ovqat sanoatiga oid ko‘plab 
innovatsion ishlanmalar yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. 
Jumladan, avtonom traktorlar, skaner dronlari, LED issiqxona lampalari 
va boshqalar. 
“Oziq-ovqat vodiysi” nafaqat ekinlarni yetishtirish usullarini 
takomillashtirish 
uchun 
yangi 
texnologiyalarni 
o‘rganish va 
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan markaz 
bo‘libgina qolmay, balki ko‘plab startaplarni jalb qilish orqali 
tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda. 
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish bo‘yicha yuqori 
natijalarga erishgan davlatlardan yana biri – Isroildir. Ilmiy
 
tadqiqotlar 
va rivojlanish (R&D) uchun ajratilgan mablag‘ning YaIMdagi ulushi 
bo‘yicha Isroil dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. The 
Global Economy nashrining ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilda ushbu 
ko‘rsatkich Isroilda – 4,54 foizni tashkil etgan. Mazkur ko‘rsatkich 
Janubiy Koreyada – 4,55, Shvetsiyada – 3,33, O‘zbekistonda – 0,16 
foizni tashkil etgan. 
Ilmiy tadqiqotlarga qaratilayotgan e’tibor tufayli Isroilda qishloq 
xo‘jaligiga oid ko‘plab innovatsiyalar yaratilgan. Shulardan biri – 
tomchilatib sug‘orish texnologiyasidir. Bizga ma’lumki, har qanday 
taraqqiyot zaruriyat natijasidir. Isroil davlatining 95 foiz qismi quruq va 
qurg‘oqchil iqlimga ega. Mamlakatning 60 foiz hududi Negav cho‘lidan 
iborat. Shuning uchun ham Isroilda suvdan tejamkorlik bilan 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu texnologiyani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash hozirgi kunda 
dolzarb masalalardan biridir. Chunki, mamlakatimiz iqlim sharoitida 
dehqonchilik 
asosan 
sug‘oriladigan 
yerlarda 
amalga 
oshadi. 


285 
Sug‘oriladigan yerlarning qishloq xo‘jaligi jami yerlaridagi ulushi 2019-
yil 1-yanvar holatiga atigi 23,9 foizni tashkil etadi va so‘nggi vaqtlarda 
suv tanqisligi yil sayin keskinlashib bormoqda. 
Mamlakatimiz suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy 
suv havzalari hisobiga shakllanadi. Jahon resurslari institutining 
prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng 
yuqori bo‘lgan 33 ta mamlaktning biriga aylanadi. Ikkinchi tomondan 
esa aholi soning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 
hajmini oshirishni talab etadi. Ushbu muammolarning yechimilaridan 
biri – tejamkor sug‘orish usullarini qo‘llash orqali mavjud suv 
resurslaridan samarali foydalanish, shu orqali sug‘oriladigan ekin 
maydonlarini ko‘paytirishdir. 
Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish 
texnologiyasi qo‘llanilganda o‘rtacha suv sarfi 40-50 foizga, yonilg‘i 
sarfi esa 60 foizga tejaladi, mineral o‘g‘itlar samaradorligi 30 foizga 
ortib, hosildorlik 5-10 sentnergacha ko‘payadi. Ko‘chma egiluvchan 
quvurlardan foydalanish suvni 10-15 foizga tejash imkonini beradi. 
Lekin hozirgi vaqtda mamlakatimizda tomchilatib sug‘orish tizimi juda 
kam maydonlarda joriy etilgan. Sug‘oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 
foizida tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq, mahalliy suv 
tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash 
mexanizmlarini 
takomillashtirish 
belgilangan.
2018-yil oxiriga qadar mamlakatimizda tomchilatib sug‘orish 
tizimini ishlab chiqaruvchi va quruvchi atigi 10 ta korxona ro‘yxatga 
olingan edi. Bugungi kunda 37 ta mahalliy, xorijiy hamda suv xo‘jaligi 
pudrat korxonalari tomchilatib sug‘orish tizimini qurish va servis 
xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanmoqda. 
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy jarayonlarga 
internetning tadbiq etilishi tobora kengayib, hayotiy zaruriyatga aylanib 
bormoqda. Dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Bill Geyts 
biznesda internetning o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirib, “XXI asrda 
sizning biznesingiz internetda yo‘qmi, demak siz biznesda yo‘qsiz”, 
degan edi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida ham internet imkoniyatlaridan 
keng foydalanish yuqori samara beradi. Internet orqali savdo eng 
rivojlangan davlatlardan biri – Xitoydir. So‘nggi yillarda Xitoydagi 
ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq kontent katta 


286 
sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda. Douyin (TikTok’ning mahalliy 
muqobili) platformasining bloger fermerlari bir yil ichida 15 baravar 
ko‘p pul topa boshladi, deb xabar beradi Esquire. Fermerlar va qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchilar alohida provinsiyalarda o‘z 
mahsulotlarini 
shahardagi 
iste’molchilarga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
translyatsiya va kichik videoroliklar yordamida sotmoqda. Jumladan, 
Szin Gouey ismli fermer Liszyan ko‘chalarida meva sotish bilan 
shug‘ullanib kelgan va bu faoliyatidan deyarli daromad ololmagan. 
Bugungi kunda u Gouey Brother Pomegranate nomli kanal yuritadi – 
uning 7,3 million obunachisi bo‘lib, 2020-yil davomida u 46 million 
dollarga yaqin pul ishlab topgan. “Qishloqdagi eng qiyin ishlar ham 
qiziqarli visual kontent manbai bo‘la oladi. Bu shahar aholisiga 
yetishmayotgan narsa va ular buni tomosha qilishni istaydi”, - deydi 
Szin Gouey. 
Go Chenchen ismli fermerning esa 2,5 million obunachisi bor. U 
o‘z roliklarida o‘zi yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 
to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi. Avvallari Chenchen WeChat’dagi 
Tencent Holdings Ltd. dasturi orqali savdo qilgan va kuniga yuzga yaqin 
buyurtmalarni qabul qilgan. Hozirda esa bitta to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
translyatsiyaning o‘zida 50 minggacha buyurtma olib, oyiga 1,38 million 
dollardan ortiq pul ishlaydi. 
Bu kabi ilg‘or tajribalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq, 
buning uchun esa eng avvalo zarur infratuzilma (sifatli uyali aloqa, 
yuqori tezlikdagi internet xizmati, onlayn to‘lov tizimi va hokazo) 
yo‘lga qo‘yilishi talab etiladi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish