Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

4. Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari. 
2019-yil holatiga mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqotlar 
uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalar qishloq 
xo‘jaligi umumiy budjetining 0,2 foizini tashkil etadi. Ilm-fan va ishlab 
chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmi mavjud 
emasligi 
davlat 
tomonidan 
moliyalashtiriladigan 
ilmiy-tadqiqot 
natijalarini amaliyotga joriy qilishni sezilarli darajada cheklamoqda. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga 
raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga alohida e’tibor 
berilmoqda. Jumladan, 2021-yil 17-fevralda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun 


287 
shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4996-sonli 
qarori qabul qilindi. Qaror bilan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy 
etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan tajriba-sinov 
loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida 
yerni masofadan turib zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq 
xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu 
jumladan kombaynlar ishini monitoring qilishda sun’iy intellekt 
texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan. 
2021-yil 
3-fevralda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy 
xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-sonli 
farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligida bilim va 
innovatsiyalar Milliy markazi tashkil etildi. Milliy markaz barcha 
turdagi davlat ilmiy va oliy ta’lim muassasalarining qishloq xo‘jaligi 
sohasida 
amalga 
oshiriladigan 
ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. Ushbu farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida 
ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini ta’minlash 
bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish uchun 
quyidagilarga e’tibor berish lozim: 

qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni 
rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirib borish; 

qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining 
ilmiy-tadqiqot 
muassasalari 
bilan 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
aloqalarini 
kuchaytirish, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro manfaatdorlik 
tamoyillari amal qilishiga erishish. Bunda ilmiy-tadqiqot natijalarini 
tijoratlashtirish uchun barcha huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratish 
muhim ahamiyatga ega. 

qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining 
o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etishdan moddiy manfaatdorligini 
oshirish, ularning o‘z daromadlarini oshirib borishiga turtki beruvchi 
iqtisodiy erkinligini ta’minlash. Shunday sharoit ta’minlansa qishloq 
xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar innovatsion faoliyat bilan 
shug‘ullanishga, resurslarni tejovchi va unumdorlikni oshiruvchi 
texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qiladilar. 
Innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbus tarmoqda faoliyat 
yurituvchi tadbirkorlar tomonidan chiqishi yuqori samara beradi. Bunda 
tadbirkorlar o‘z faoliyatini intensivlashtirish, faoliyatiga innovatsiyalarni 


288 
joriy etish maqsadida ilmiy tadqiqot istitutlariga buyurtma berishilari 
lozim, shunda ilmiy yangiliklar va innovatsiyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ishlab chiqarishga joriy etiladi.

davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan 
ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, shu 
maqsadda davlat budjetidan sarflanayotgan mablag‘lardan samarali 
foydalanish ustidan doimiy monitoring yuritish; 

qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yuqori 
natijalarga erishgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or 
tajribalarini o‘rganish va ularni mamlakatimiz agrar sohasiga joriy etish 
chora-tadbirlarni amalga oshirib borish; 

qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur 
infratuzilmani rivojlantirish. Innovatsion texnologiyalarni qishloq 
xo‘jaligiga joriy etish sifatli aloqa va internet xizmati mavjud bo‘lishini, 
zamonaviy bilimlarni egallagan yuqori malakali kadrlar bo‘lishini, 
konsalting xizmatlari yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Shu va boshqa 
zaruriy infratuzilmani tashkil etib, ularning faoliyatini rivojlantirish 
lozim. 

agrosanoat majmuida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, tarmoqni ishlab chiqarish 
vositalari bilan ta’minlovchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta 
ishlovchi 
korxonalar 
va 
savdo 
kompaniyalari), 
ilmiy-tadqiqot 
muassasalari (oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari) 
hamda mamlakat hukumati o‘rtasida innovatsiyalarni joriy etish 
bo‘yicha mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish lozim. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish