Iqtisodiyoti


Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash uchun qilingan xarajatlar 
2018 
2019 
mlrd. 
so‘m 
xarajatlarga 
nisbatan 
foizda 
mlrd. so‘m 
xarajatlarga 
nisbatan 
foizda 
Xarajatlar (maqsadli 
jamg‘armalarsiz) - jami 
79736,1 
100,0 
118008,6 
148,0 
shundan: 
Ijtimoiy soha va aholini 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
xarajatlari 
39026,9 
48,9 
63542,3 
79,7 
shundan: 
ta’lim 
20631,9 
25,9 
33536,1 
28,4 
sog‘liqni saqlash 
9585,9 
12,0 
14977,4 
12,7 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 


305 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda 
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari 2019-
yilda 2018-yilga nisbatan keskin oshgan. 2018-yilda ijtimoiy soha va 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari jami xarajatlar tarkibida 
48,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2019-yilda 79,7 foizni 
tashkil etgan. 
Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 
xususiyatlarini aks ettiradigan o‘ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy 
infratuzilma obyektlari qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy 
resurslari va tadbirkorlarning pul mablag‘lari hisobiga yoki davlat 
investitsiyalarini 
qishloqlarda 
turar-joylar, 
bolalar 
bog‘chalari, 
maktablar, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalar qurilishiga 
samarali sarflash orqali barpo etiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy 
infratuzilma sohalari nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band 
ishchilarga, balki qishloq xo‘jaligi korxonasi hududida yashovchi 
aholining boshqa qismiga ham xizmat ko‘rsatadi. 
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga 
muvofiq ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo‘jaligi korxonasining 
iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jaliklar ijtimoiy 
infratuzilma bo‘limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat 
resurslarini ajratadilar. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish tarmoqlari asosan 
shahar va tuman markazlarida ko‘proq joylashgan bo‘lsa, endi uni 
shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati 
ortmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanganlik darajasi 
mamlakatning taraqqiy etganligi, jamiyatning rivojlanganligi va 
aholining turmush farovonligini ko‘rsatuvchi muhim mezondir.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish