2. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil
etilishi.
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi – tarmoqdagi korxonalarning
samarali faoliyatini ta’minlash, qishloq xo‘jaligining pirovard
mahsulotini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan sohalar
majmuidir. Qishloq xo‘jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma
sohalari, jumladan elektr energiyasi ta’minoti, transport xizmati, aloqa
xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta’mirlash va texnik xizmat,
moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya,
agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berishni
ta’minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi
infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan
tashkil topadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi.
Qishloq
xo‘jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi:
ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan transport, yo‘l xo‘jaligi, ta’mirlash
ustaxonalari, ombor xo‘jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf,
aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik xizmat stansiyalari,
ilmiy-ishlab
chiqarish
laboratoriyalari,
o‘simliklar muhofazasi,
veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatuvchilar kiradi
(12.2-rasm).
296
12.2-rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘pgina omillar
ta’sir etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv
bilan ta’minlanishi, yo‘llar holati, korxonaning joylashishi, ishlab
chiqarish obyektlarining joylashishi, qo‘llanilayotgan texnologiyalar,
ishlab chiqarish ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga
alohida e’tibor beriladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda
agrosanoat majmuasining ham o‘rni katta. Chunki agrosanoat
majmuasining uchinchi bo‘g‘iniga qishloq xo‘jaligiga turli xizmatlarni
ko‘rsatuvchi sohalar kirsa, to‘rtinchi bo‘g‘iniga esa qishloq xo‘jalik
mahsulotlarini
saqlash,
tayyorlash
va
qayta
ishlash
bilan
shug‘ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi faoliyatini
Ishlab chiqarish infratuzilmasi
Qishloq xo‘jaligiga xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlar
Transport va yo‘l xo‘jaligi
Elektr energiyasi ta’minoti
Melioratsiya va irrigatsiya
inshootlari
Aloqa xizmati
Moddiy-texnika ta’minoti
Ombor xo‘jaligi
Maxsus xizmat va
bo‘linmalar
Agrotexnika xizmati
O‘simliklar himoyasi
Veterinariya xizmati
Axborot xizmati
Texnik ta’mirlash
Yuridik maslahat
Ilmiy-tadqiqot
bo‘linmalari
Tayyorlov va sotish
297
takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq
xo‘jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim
ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish
infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo‘lib,
bular qatoriga elektr uzatish, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va boshqa shu kabi
tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlat
tasarrufida bo‘lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor
munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik
korxonalar soni kam bo‘ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik
monopolistlar paydo bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish
infratuzilmasining bir turi bo‘lgan aloqa xizmatining o‘rni va ahamiyati
juda muhimdir. Chunki, qishloq xo‘jalik korxonalarida operativ hisobni
yuritishda aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo‘jalikning
ichki tizimida bo‘layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali
xabardor bo‘lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida
hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni
sotishda bozor konyunkturasini o‘rganish va baholarning o‘zgarib
turishidan xabardor bo‘lish jarayonida ham aloqa xizmati zarur bo‘ladi.
Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq
xo‘jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va
xarajatlarni tejashga ko‘maklashadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo‘l
xo‘jaligidir. Qishloq xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan va asosiy tarmoq
avtomobil yo‘llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan
yo‘llar
qishloq
xo‘jaligida
ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarni
iste’molchilargacha yetkazish kabi keng ko‘lamli va salmoqli vazifalarni
bajaradi. Xo‘jalik ichidagi yo‘llar mahsulot ishlab chiqarish bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida
yo‘llarning joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va tekisligi ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim turlaridan biri – temir
yo‘l transportidir.
Temir yo‘l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining
asosiy qon tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk
tashishning qariyb 70 foizi, eksport va import uchun yuk tashish
umumiy hajmining esa 80 foizi temir yo‘l orqali amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda temir yo‘l tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham izchil
islohotlar amalga oshirilmoqda.
298
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri
elektr ta’minoti tizimidir. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi
qishloq xo‘jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligida elektr
energiyasi asosan yoritish, isitish, suv ko‘tarib beruvchi nasos
stansiyalarni
elektrlashtirish,
statsionar
va
ko‘chma
sug‘orish
agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, issiqxonalarda hamda
chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va boshqalar uchun
ishlatiladi.
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi
obyektlar qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo‘lsa,
nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki, xalq xo‘jaligining barcha sohalari
samarali faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Bu tarmoqning qishloq
xo‘jaligidagi o‘rni juda muhimligi shundaki, u birinchidan, ekinlarni
sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda suv ko‘tarish qurilmalari
uzluksiz ishlashi, ikkinchidan, yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini
omborxonalar va sovutgichlarda buzilmasdan saqlanishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog‘i chorvachilik sohasi yoki
parrandachilik tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanish jarayonida
yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishda o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish
korxonalarning xo‘jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi.
Qishloq
xo‘jaligi
ishlab
chiqarishini
elektrlashtirish
mehnat
unumdorligini oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi.
Masalan, g‘allachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat
unumdorligini oshiradi. G‘allani tozalashda «OS-1», «OS-3», «OB-10»
markali g‘alla tozalash mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 20-
25 foiz, mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini
keskin kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish
fermadagi bir qator ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash,
ozuqalarni hayvonlarga berish, sigirlarni sog‘ish, yuklarni tashish, qo‘y
junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov berish, inkubatsiya va hokazo
ishlarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish imkonini beradi.
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr
energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi,
ozuqa sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini sog‘ishni elektrlashtirish
katta ahamiyatga ega. Sigir sog‘ish apparatlari yordamida sog‘ilganda
299
mehnat sarfigina tejalib qolmay, balki sog‘uvchilarning mehnati ham
yengillashadi. 1 sentner sut qo‘lda sog‘ilganda 4,4 kishi-soat sarflangani
holda, sog‘ish apparati yordamida sog‘ilganda 2,5 kishi-soat, sog‘ish
zalida sog‘ilganda esa 1,8 kishi-soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr
energiyasidan foydalanish sut sog‘ib olish mehnatini tejabgina qolmay,
balki sog‘iladigan sutning tozalik darajasini ham oshiradi.
Qo‘y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4
barobar oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
Parrandachilik fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish
natijasida tovuq va o‘rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga
ko‘payadi. Elektr energiyasidan xo‘jalikdagi yordamchi tarmoqlarda,
jumladan, ustaxona, tegirmon, yog‘och arralash va hokazo ishlarda
foydalanish katta iqtisodiy samara beradi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining yirik
tarmoqlaridan yana biri transport xo‘jaligi hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligida transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan
bog‘lanib, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha
sharoitlar yaratiladi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab
chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni
kamaytiradi, vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va
pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytiradi.
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo‘jaligida
yo‘llar qurish, ularning yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash
ishlarini muntazam ravishda olib borish, yo‘l xo‘jaligi ixtiyoridagi
texnikani takomillashtirish va ulardan unumli foydalanishni talab etadi.
Kuzatishlar avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati qattiq qoplamali
yo‘llarda qattiq qoplamasiz yo‘llardagiga nisbatan 25-80 foiz, tezligi 2-3
marta oshishini, yonilg‘i sarfini esa 2 marta kamayishini ko‘rsatadi.
Shuning
uchun
xo‘jaliklararo
va
xo‘jalik
ichidagi
yo‘llarni
rekonstruksiyalash va o‘z muddatida ta’mirlash, yo‘l qurilishini
kengaytirish va qishloq xo‘jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun
real sharoitlar yaratadi.
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq
xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli
ularni tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk
tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo‘lmaydi, ayrim
300
hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati
paydo bo‘ladi;
-
turli xil transport vositalari talab etiladi;
-
tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi;
-
yuk tashish masofasi odatda uzoq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu
xususiyatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxida transport
xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra,
transport xarajatlari don mahsulotlari tannarxida 26 foizni, makkajo‘xori
tannarxida 15 foizni tashkil etadi.
Yetishtiriladigan
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini
iste’molchilargacha bo‘lgan uzluksizligini ta’minlashga ishlab chiqarish
infratuzilmasining yana bir yirik tarmog‘i - mahsulotlarni saralash,
tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar xizmat qiladi.
Xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng uni saralash va
tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mahsulotlarni
saqlash uchun tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratadi. Chunki saralash
jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab, saqlash
dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga
topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi.
Mahsulotlarni saralash ishlari olib borilmasa yoki saralash jarayonidagi
e’tiborsizlik va kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi
mumkin. Saralangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari
ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligining ayrim
mahsulotlariga, ayniqsa, meva va sabzavotlarga tez va soz xizmat
ko‘rsatilsa,
ma’lum
qismi
tayyorlov
tashkilotlariga
sotilsa,
nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida
yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini saqlash,
birinchidan, xo‘jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir
ko‘rsatsa, ikkinchidan, iste’molchilarning ushbu mahsulotlarga bo‘lgan
talabini yil davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu
mahsulotlar insonlarning oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo‘lgan
ehtiyojini qoplashda juda muhim ahamiyatga egadir.
Meva va sabzavotlarni saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish
muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud
bo‘lganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va
sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib saqlash Niderlandiya, AQSh,
Germaniya, Xitoy va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng
301
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini saqlash bo‘yicha tajribalaridan ham unumli
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Chorvachilik mahsulotlarining ko‘pgina turlari ham tez buziluvchi
bo‘lib, ularni ma’lum muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda
saqlashni talab etadi. Masalan, sut, go‘sht, tuxum va boshqa shu kabi
mahsulotlarni maxsus inshootlarda saqlab, uni sotishni yo‘lga qo‘yish
qishloq xo‘jalik korxonasining daromadlari ko‘payishiga xizmat qiladi.
Chunki ularning tez buziluvchanligi sababli qishloq xo‘jaligi
korxonalari ushbu mahsulotlarni arzon baholarda bo‘lsa ham tezroq
sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu mahsulotlarning sifati
buzilishi katta miqdordagi zararlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli
chorvachilik tarmog‘ida ham tayyorlash va saqlash xizmatini
ko‘rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |