Iqtisodiyoti



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
12.1-rasm. Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasining turkumlanishi. 
Qishloq xo‘jaligida infratuzilma quyidagi to‘rtta belgisiga ko‘ra 
turkumlanadi: 
- ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko‘ra; 
- hududiy xususiyatiga ko‘ra; 
- tarmoq xususiyatiga ko‘ra; 
- funksional yo‘nalishiga ko‘ra. 
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi 
infratuzilmasi uch guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor 
infratuzilmasi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish 
jarayoniga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmuasidan iborat bo‘lib, 
korxonada ishlab chiqarishning muntazam va bir maromda davom etishi 
hamda barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi. 
Ijtimoiy infratuzilma korxonada xodimlar uchun munosib mehnat 
Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turkumlanishi 
Ishlab chiqarish 
jarayoniga ta’sir darajasi 
bo‘yicha 
Ishlab chiqarish 
Ijtimoiy
Tarmoq xususiyati 
bo‘yicha 
Tarmoqlararo 
Tarmoq ichidagi
Hududiy xususiyati 
bo‘yicha 
Xalq xo‘jaligi 
Mintaqaviy 
Mahalliy 
Funksional yo‘nalishi 
bo‘yicha 
Bevosita qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishiga xizmat 
qiluvchi 
Tayyor mahsulotni 
iste’molchilargacha
yetkazib beruvchi 
Bozor


294 
sharoitlari yaratib berish hamda fuqarolarning madaniy, maishiy, 
ma’rifiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan shug‘ullanuvchi 
sohalardan tashkil topadi. Bozor infratuzilmasi esa jamiyatda bozor 
munosabatlarini shakllantiruvchi va uning rivojlanishi uchun shart-
sharoit yaratib beruvchi sohalar majmuidir. Butun jamiyat miqyosida, 
shu jumladan qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida bozor munosabatlarining 
shakllanishi va rivojlanishi uchun bozor infratuzilmasi yaxshi faoliyat 
yuritishi lozim. 
Hududiy xususiyatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi uch 
guruhga 
bo‘linadi: 
xalq 
xo‘jaligi, 
mintaqaviy 
va 
mahalliy 
infratuzilmalar. Xalq xo‘jaligi infratuzilmasi butun xalq xo‘jaligining 
samarali ishlashiga xizmat qiladigan soha va xizmatlardan iborat. Unga 
energetika, transport, aloqa tizimlarini misol tariqasida keltirish 
mumkin. Mintaqaviy infratuzilma alohida iqtisodiy hududlarning 
rivojlanishi va mintaqaviy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi sohalar 
majmui shakllanishi bilan bog‘liq. Mahalliy infratuzilma esa alohida 
korxonalarning faoliyatiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalardan iborat.
Tarmoq xususiyatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ikki 
guruhga bo‘linadi: tarmoqlararo va tarmoq ichidagi infratuzilma. 
Infratuzilmaning ko‘pgina sohalari tarmoqlararo xusuiyatga ega bo‘ladi. 
Ular xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi. Bular – 
transport, aloqa, elektr ta’minoti va boshqalar. Tarmoq ichidagi 
infratuzilma esa u yoki bu tarmoqning faoliyat yuritishi uchun xizmat 
ko‘rsatuvchi 
sohalardir. 
Masalan, 
dehqonchilikda 
o‘simliklarni 
kimyoviy himoyalash xizmati, chorvachilikda veterinariya xizmati va 
hokazo. 
Funksional yo‘nalishiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi ikki 
guruhga bo‘linadi: bevosita qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi va 
tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkzaib berishga xizmat 
ko‘rsatuvchi infratuzilma. Birinchi guruhga transport, texnik ta’mirlash, 
melioratsiya, suv ta’minoti, agrotexnik, veterinariya xizmatlari kabi 
bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayoniga xizmat 
ko‘rsatuvchi sohalar kiradi. Ikkinchi guruhga esa qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarini tayyorlash, ombor xo‘jaligi, tashish, sotish kabi 
xizmatlarni ko‘rsatuvchilar kiradi.
Infratuzilma subyektlarining samarali faoliyati iqtisodiy tizimning 
muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatiladigan 
turli 
yo‘nalishdagi 
xizmatlar 
tufayli 
barcha 
tarmoq 
hamda 
korxonalarning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanadi.


295 
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng barcha turdagi infratuzilma 
subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida 
davlat tomonidan iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash tizimi amaliyotga joriy 
qilinib, u davr talablariga muvofiq ravishda takomillashtirilib 
borilmoqda. Mamlakatimizda bevosita shakllangan ishlab chiqarish va 
ijtimoiy infratuzilma subyektlarini saqlab qolgan holda bozor 
munosabatlariga xos bo‘lgan infratuzilma subyektlarini shakllantirish va 
rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish