Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligida infratuzilmaning turlari va ularning tashkil 
etilishi. 
Qishloq xo‘jaligi infratuzilmasi – tarmoqdagi korxonalarning 
samarali faoliyatini ta’minlash, qishloq xo‘jaligining pirovard 
mahsulotini ko‘paytirish va sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan sohalar 
majmuidir. Qishloq xo‘jalik korxonalarining faoliyatida infratuzilma 
sohalari, jumladan elektr energiyasi ta’minoti, transport xizmati, aloqa 
xizmati, mahsulotni saqlash joylari, ta’mirlash va texnik xizmat, 
moddiy-texnika ta’minoti tashkilotlari, muhandislik, zooveterinariya, 
agrokimyo xizmati, mahsulotlarni iste’molchiga yetkazib berishni 
ta’minlaydigan tashkilotlar va boshqa shu kabilarning rivojlanishi ham 
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir darajasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi 
infratuzilmasi ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalaridan 
tashkil topadi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasi.
Qishloq 
xo‘jaligining ishlab chiqarish infratuzilmasi tarkibiga bevosita qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar kiradi: 
ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan transport, yo‘l xo‘jaligi, ta’mirlash 
ustaxonalari, ombor xo‘jaliklari, kommunikatsiya tizimi va telegraf, 
aloqa, elektroenergiya uzatish liniyalari, texnik xizmat stansiyalari, 
ilmiy-ishlab 
chiqarish 
laboratoriyalari, 
o‘simliklar muhofazasi, 
veterinariya xizmati va boshqa shu kabi xizmatlar ko‘rsatuvchilar kiradi
(12.2-rasm). 


296 
 
 
 
 
 
12.2-rasm. Ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibi 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining shakllanishiga ko‘pgina omillar 
ta’sir etadi. Ularning ichida tuproq-iqlim sharoiti, hudud relyefi, suv 
bilan ta’minlanishi, yo‘llar holati, korxonaning joylashishi, ishlab 
chiqarish obyektlarining joylashishi, qo‘llanilayotgan texnologiyalar, 
ishlab chiqarish ixtisoslashishi va konsentratsiyalashish darajasiga 
alohida e’tibor beriladi.
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etishda 
agrosanoat majmuasining ham o‘rni katta. Chunki agrosanoat 
majmuasining uchinchi bo‘g‘iniga qishloq xo‘jaligiga turli xizmatlarni 
ko‘rsatuvchi sohalar kirsa, to‘rtinchi bo‘g‘iniga esa qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini 
saqlash, 
tayyorlash 
va 
qayta 
ishlash 
bilan 
shug‘ullanuvchilar kiradi. Demak, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirishda agrosanoat majmuasi faoliyatini 
Ishlab chiqarish infratuzilmasi 
Qishloq xo‘jaligiga xizmat
ko‘rsatuvchi tarmoqlar 
Transport va yo‘l xo‘jaligi 
Elektr energiyasi ta’minoti 
Melioratsiya va irrigatsiya 
inshootlari 
Aloqa xizmati 
Moddiy-texnika ta’minoti 
Ombor xo‘jaligi 
Maxsus xizmat va 
bo‘linmalar 
Agrotexnika xizmati 
O‘simliklar himoyasi
Veterinariya xizmati 
Axborot xizmati 
Texnik ta’mirlash 
Yuridik maslahat
Ilmiy-tadqiqot 
bo‘linmalari 
Tayyorlov va sotish 


297 
takomillashtirish va unga kirivchi sohalar korxonalari bilan qishloq 
xo‘jalik korxonalarining aloqalarini mustahkamlash ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish 
infratuzilmasi sohalarining ayrimlari davlat tasarrufida qolgan bo‘lib, 
bular qatoriga elektr uzatish, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va boshqa shu kabi 
tarmoqlar kiradi. Bu tarmoqlar rivojlangan davlatlardagi kabi davlat 
tasarrufida bo‘lib qolishi maqsadga muvofiqdir. Chunki bozor 
munosabatlari sharoitida mazkur tarmoqlarda faoliyat yurituvchi yirik 
korxonalar soni kam bo‘ladi va ular xususiylashtirilsa, yirik 
monopolistlar paydo bo‘lishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarish 
infratuzilmasining bir turi bo‘lgan aloqa xizmatining o‘rni va ahamiyati 
juda muhimdir. Chunki, qishloq xo‘jalik korxonalarida operativ hisobni 
yuritishda aloqa xizmati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda xo‘jalikning 
ichki tizimida bo‘layotgan barcha jarayonlardan operativ hisob orqali 
xabardor bo‘lib turish hamda yuzaga kelgan muammolarni o‘z vaqtida 
hal etish imkoni yaratiladi. Bundan tashqari, yetishtirilgan mahsulotlarni 
sotishda bozor konyunkturasini o‘rganish va baholarning o‘zgarib 
turishidan xabardor bo‘lish jarayonida ham aloqa xizmati zarur bo‘ladi. 
Aloqa tizimining eng zamonaviy uskunalaridan foydalanish qishloq 
xo‘jalik korxonasida ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va
xarajatlarni tejashga ko‘maklashadi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining asosiy sohalaridan biri yo‘l 
xo‘jaligidir. Qishloq xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgan va asosiy tarmoq 
avtomobil yo‘llari hisoblanadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan 
yo‘llar 
qishloq 
xo‘jaligida 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlarni 
iste’molchilargacha yetkazish kabi keng ko‘lamli va salmoqli vazifalarni 
bajaradi. Xo‘jalik ichidagi yo‘llar mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyatlarga xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida 
yo‘llarning joylashishi, asfaltlanganlik darajasi va tekisligi ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishda o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim turlaridan biri – temir 
yo‘l transportidir.
Temir yo‘l transporti barcha davlatlar iqtisodiyotining 
asosiy qon tomiri hisoblanadi. Ayni vaqtda mamlakatimizda yuk 
tashishning qariyb 70 foizi, eksport va import uchun yuk tashish 
umumiy hajmining esa 80 foizi temir yo‘l orqali amalga oshirilmoqda. 
Mamlakatimizda temir yo‘l tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham izchil 
islohotlar amalga oshirilmoqda. 


298 
Ishlab chiqarish infratuzilmasining muhim sohalaridan yana biri 
elektr ta’minoti tizimidir. Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi kabi 
qishloq xo‘jaligida ham elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik va undan 
foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Qishloq xo‘jaligida elektr 
energiyasi asosan yoritish, isitish, suv ko‘tarib beruvchi nasos 
stansiyalarni 
elektrlashtirish, 
statsionar 
va 
ko‘chma 
sug‘orish 
agregatlarini elektrlashtirish, inkubatorlarda, issiqxonalarda hamda 
chorvachilik fermalarida mikroiqlim hosil qilish va boshqalar uchun 
ishlatiladi. 
Elektr uzatish tarmoqlari va tarqatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi 
obyektlar qurilishi qanchalik mustahkam va kafolatli darajada bo‘lsa, 
nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki, xalq xo‘jaligining barcha sohalari 
samarali faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Bu tarmoqning qishloq 
xo‘jaligidagi o‘rni juda muhimligi shundaki, u birinchidan, ekinlarni 
sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda suv ko‘tarish qurilmalari 
uzluksiz ishlashi, ikkinchidan, yetishtirilgan ayrim mahsulot turlarini 
omborxonalar va sovutgichlarda buzilmasdan saqlanishini ta’minlaydi. 
Bundan tashqari, elektr uzatish tarmog‘i chorvachilik sohasi yoki 
parrandachilik tarmoqlarida elektr energiyasidan foydalanish jarayonida 
yetishtiriladigan mahsulot miqdori va sifatini oshirishda o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayonini elektrlashtirish 
korxonalarning xo‘jalik faoliyati keskin rivojlanishiga olib keladi. 
Qishloq 
xo‘jaligi 
ishlab 
chiqarishini 
elektrlashtirish 
mehnat 
unumdorligini oshiradi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi. 
Masalan, g‘allachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat 
unumdorligini oshiradi. G‘allani tozalashda «OS-1», «OS-3», «OB-10» 
markali g‘alla tozalash mexanizmlaridan foydalanish mehnat sarfini 20-
25 foiz, mahsulot tannarxini esa 15-35 foiz kamaytiradi.
Chorvachilikda elektr energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 
keskin kamaytirishga olib keladi. Elektr energiyasidan foydalanish 
fermadagi bir qator ishlar, shu jumladan, suv bilan ta’minlash, 
ozuqalarni hayvonlarga berish, sigirlarni sog‘ish, yuklarni tashish, qo‘y 
junlarini qirqish, sutga dastlabki ishlov berish, inkubatsiya va hokazo 
ishlarni mexanizatsiyalar yordamida bajarish imkonini beradi. 
Yem-xashakni molga berish oldidan tayyorlash ishlarida elektr 
energiyasidan foydalanish mehnat sarfini 75-90 foizga kamaytiradi, 
ozuqa sifatini yaxshilaydi. Chorva mollarini sog‘ishni elektrlashtirish 
katta ahamiyatga ega. Sigir sog‘ish apparatlari yordamida sog‘ilganda 


299 
mehnat sarfigina tejalib qolmay, balki sog‘uvchilarning mehnati ham 
yengillashadi. 1 sentner sut qo‘lda sog‘ilganda 4,4 kishi-soat sarflangani 
holda, sog‘ish apparati yordamida sog‘ilganda 2,5 kishi-soat, sog‘ish 
zalida sog‘ilganda esa 1,8 kishi-soat sarflanadi. Chorvachilikda elektr 
energiyasidan foydalanish sut sog‘ib olish mehnatini tejabgina qolmay, 
balki sog‘iladigan sutning tozalik darajasini ham oshiradi. 
Qo‘y junini mexanizmlar bilan qirqish mehnat unumdorligini 3-4 
barobar oshiradi. Qirqib olingan jun sifati ham ancha yuqori bo‘ladi.
Parrandachilik fermalarini tunda elektr energiyasi bilan yoritish 
natijasida tovuq va o‘rdaklardan olinadigan tuxum 25-30 foizga 
ko‘payadi. Elektr energiyasidan xo‘jalikdagi yordamchi tarmoqlarda,
jumladan, ustaxona, tegirmon, yog‘och arralash va hokazo ishlarda 
foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. 
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish infratuzilmasining yirik 
tarmoqlaridan yana biri transport xo‘jaligi hisoblanadi. Qishloq 
xo‘jaligida transport xizmati yordamida korxonalar bir-biri bilan 
bog‘lanib, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz davom etishi uchun barcha 
sharoitlar yaratiladi. Transport vositalaridan foydalanish mahsulot ishlab 
chiqarish va uni realizatsiya qilish uchun sarflanadigan xarajatlarni 
kamaytiradi, vaqtni qisqartiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va 
pirovard natijada mahsulot tannarxini pasaytiradi. 
Transport vositalaridan unumli foydalanish qishloq xo‘jaligida 
yo‘llar qurish, ularning yuk tashish qobiliyatini oshirish, ta’mirlash 
ishlarini muntazam ravishda olib borish, yo‘l xo‘jaligi ixtiyoridagi 
texnikani takomillashtirish va ulardan unumli foydalanishni talab etadi. 
Kuzatishlar avtomobilning yuk ko‘tarish qobiliyati qattiq qoplamali 
yo‘llarda qattiq qoplamasiz yo‘llardagiga nisbatan 25-80 foiz, tezligi 2-3 
marta oshishini, yonilg‘i sarfini esa 2 marta kamayishini ko‘rsatadi. 
Shuning 
uchun 
xo‘jaliklararo 
va 
xo‘jalik 
ichidagi 
yo‘llarni 
rekonstruksiyalash va o‘z muddatida ta’mirlash, yo‘l qurilishini 
kengaytirish va qishloq xo‘jaligini yanada intensiv rivojlantirish uchun 
real sharoitlar yaratadi. 
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanish xalq 
xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga nisbatan o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Bu xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keng hududda yetishtirilishi tufayli 
ularni tashish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi tufayli yuk 
tashishni yil mobaynida bir me’yorda amalga oshirib bo‘lmaydi, ayrim


300 
hollarda katta miqdordagi yuklarni qisqa vaqt ichida tashish zarurati 
paydo bo‘ladi; 
-
turli xil transport vositalari talab etiladi; 
-
tashiladigan yuklar turi, hajmi, xususiyatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi; 
-
yuk tashish masofasi odatda uzoq bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jaligida transport vositalaridan foydalanishning bu 
xususiyatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxida transport 
xarajatlari miqdorining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 
transport xarajatlari don mahsulotlari tannarxida 26 foizni, makkajo‘xori 
tannarxida 15 foizni tashkil etadi.
Yetishtiriladigan 
qishloq 
xo‘jaligi 
mahsulotlarini 
iste’molchilargacha bo‘lgan uzluksizligini ta’minlashga ishlab chiqarish 
infratuzilmasining yana bir yirik tarmog‘i - mahsulotlarni saralash, 
tayyorlash, saqlash va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalar xizmat qiladi. 
Xo‘jaliklarda mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng uni saralash va 
tayyorlash ishlari olib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, mahsulotlarni 
saqlash uchun tayyorgarlik ko‘rishga imkon yaratadi. Chunki saralash 
jarayonida mahsulotning pishish darajasi, navi va turiga qarab, saqlash 
dasturi ishlab chiqiladi. Mahsulotning bir qismini qayta ishlashga 
topshirish, ikkinchi bir qismini esa saqlash masalasi hal etiladi. 
Mahsulotlarni saralash ishlari olib borilmasa yoki saralash jarayonidagi 
e’tiborsizlik va kamchiliklar tufayli isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilishi 
mumkin. Saralangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash ishlari 
ularning sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligining ayrim 
mahsulotlariga, ayniqsa, meva va sabzavotlarga tez va soz xizmat 
ko‘rsatilsa, 
ma’lum 
qismi 
tayyorlov 
tashkilotlariga 
sotilsa, 
nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida 
yetishtiriladigan meva, sabzavot va don mahsulotlarini saqlash, 
birinchidan, xo‘jaliklar moliyaviy holatining yaxshilanishiga ta’sir 
ko‘rsatsa, ikkinchidan, iste’molchilarning ushbu mahsulotlarga bo‘lgan 
talabini yil davomida doimiy qondirish imkonini beradi. Chunki, ushbu 
mahsulotlar insonlarning oziq-ovqatga va turli vitaminlarga bo‘lgan 
ehtiyojini qoplashda juda muhim ahamiyatga egadir. 
Meva va sabzavotlarni saqlashda maxsus omborlarni tashkil etish 
muhim ahamiyatga ega. Omborlarda faol ventilyatsiya tizimi mavjud
bo‘lganda mahsulot yaxshi saqlanadi. Hozirgi paytda meva va 
sabzavotlarning gaz muhitini boshqarib saqlash Niderlandiya, AQSh, 
Germaniya, Xitoy va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda keng 


301 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, asrlar davomida ajdodlarimizning qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini saqlash bo‘yicha tajribalaridan ham unumli 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Chorvachilik mahsulotlarining ko‘pgina turlari ham tez buziluvchi 
bo‘lib, ularni ma’lum muddat maxsus sovutiladigan inshootlarda 
saqlashni talab etadi. Masalan, sut, go‘sht, tuxum va boshqa shu kabi 
mahsulotlarni maxsus inshootlarda saqlab, uni sotishni yo‘lga qo‘yish 
qishloq xo‘jalik korxonasining daromadlari ko‘payishiga xizmat qiladi. 
Chunki ularning tez buziluvchanligi sababli qishloq xo‘jaligi 
korxonalari ushbu mahsulotlarni arzon baholarda bo‘lsa ham tezroq 
sotishga harakat qiladi, ayrim hollarda esa ushbu mahsulotlarning sifati 
buzilishi katta miqdordagi zararlarni keltirib chiqaradi. Shu sababli 
chorvachilik tarmog‘ida ham tayyorlash va saqlash xizmatini 
ko‘rsatuvchilarga ehtiyoj mavjud.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish