Qishloq xo‘jaligi ijtimoiy infratuzilmasi.
Qishloq xo‘jaligi
korxonalarining samarali faoliyati ishchi-xodimlarga zarur shart-
sharoitlar yaratishni talab etadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari bu
vazifani bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Maqsadli yo‘nalishi, shakllanish manbai, hududiy joylashuvi va
ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra ijtimoiy infratuzilma
sohalarini ikki guruhga ajratish mumkin: korxonada faoliyat yurituvchi
bo‘limlar va sohalar hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va
muassasalar.
Birinchi guruhga korxonalar hisobidan barpo etilgan, xo‘jalik
bo‘limlarida joylashgan hamda mehnat sharoitlari, texnika xavfsizligi va
ishlab chiqarish jarayonida ishchilarning hordiq olishi hamda boshqa
shart-sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan obyektlar tegishlidir. Bu
guruh tarkibiga korxonadagi umumiy ovqatlanish punktlari (bufetlar,
oshxonalar, tamaddixonalar), sog‘liqni saqlash va hordiq obyektlari
(profilaktoriylar, dam olish xonalari, yuvinish xonalari va boshqalar),
yong‘in xavfsizligi punktlari kiradi.
Ikkinchi guruhga esa qishloq xo‘jaligi korxonalarining aholi
punktlarida
joylashgan,
aholining
talablarini
qondirish
uchun
mo‘ljallangan va asosan davlat resurslari, agrosanoat uyushmalari,
302
agrofirmalar mablag‘lari hisobidan va xususiy tadbirkorlar tomonidan
tashkil etiladigan ijtimoiy infratuzilma obyektlari kiradi. Ular jumlasiga
kommunal xo‘jaligi korxonalari, sog‘liqni saqlash, sport, ta’lim va
maktabgacha tarbiya muassasalari, madaniyat uylari va klublar, savdo
korxonalari hamda maishiy xizmat korxonalari taalluqlidir. Maishiy
xizmat turlariga quyidagilar kiradi: poyabzal ta’mirlash, kiyim-kechak
tikish, to‘qish va ta’mirlash, teleradio, video, audio apparatlari va
ro‘zg‘or jihozlarini ta’mirlash, metall buyumlarini tayyorlash va
ta’mirlash, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, mebel yasash va
ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash va bo‘yash, uy-joylarni
ta’mirlash va qurish, suratxona, hammom, sartarosh va kosmetolog
xizmati, buyumlarni ijaraga berish xizmati va boshqa shu kabilar.
Ijtimoiy infratuzilmaning ushbu sohalari mehnat sohasi va ijtimoiy
ahvolidan qat’i nazar qishloq joylaridagi aholining hammasiga xizmat
ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi va mehnat resurslarini qayta tiklashga
xizmat ko‘rsatadi.

303

Do'stlaringiz bilan baham: |