Iqtisodiyoti


Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish 
bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar. 
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini 
oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. 
Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari 
mavjud.
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni 
joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay 
shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo 
resurslarini o‘zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi. 
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil 
va temir yo‘llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab 
chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va 


308 
omilidir. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va 
butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi. 
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza 
ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini 
barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga 
xizmat qiladi.
To‘rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab 
qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini 
tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini 
ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini 
beradi. 
Bundan ko‘rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni 
ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko‘p 
jihatdan 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. 
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda 
avtomobil 
va temir 
yo‘llarni rivojlantirishga alohida 
e’tibor 
qaratilmoqda. Umumiy foydalanishda bo‘lgan avtomobil yo‘llarini 
rivojlantirish 
dasturining 
amalga 
oshirilishi 
bugungi 
kunda 
respublikamizning barcha mintaqalari o‘rtasida yil davomida ishonchli 
transport aloqasini ta’minlamoqda. Buning natijasida mamlakatimizdagi 
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va 
uzluksizligi ta’minlandi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini 
oshirishda mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Mustaqillikning ilk davridan mamlakatimiz hududi bo‘ylab, qolaversa 
jahonning turli nuqtalari bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng 
muhimi, ishonchli avtomobil yo‘llar tizimining barpo etishga alohida 
e’tibor berilmoqda. Shunga ko‘ra, hozirda yuqori darajadagi xalqaro 
standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha hududlarini 
o‘zaro ishonchli bog‘laydigan va mintaqaviy hamda jahon bozorlariga 
chiqishni ta’minlaydigan O‘zbekiston milliy avtomagistralini qurish va 
rekonstruksiya qilish 
bo‘yicha keng ko‘lamli dastur 
amalga 
oshirilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimizning barcha mintaqalarini yagona 
temir yo‘l tizimi bilan bog‘lash, jahon bozorlariga chiqish maqsadida 
temir 
yo‘llar 
qurish, 
mavjudlarini 
rekonstruksiya 
qilish, 
elektrlashtirishga katta e’tibor berilmoqda. 


309 
“Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog‘-Nukus” temir yo‘li orqali 
shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning markaziy hududlari bilan 
bog‘lashga erishildi. Amudaryo uzra bunyod etilgan mahobatli ko‘prik 
Qoraqalpog‘iston va Xorazm vohasini mamlakatimizning boshqa 
viloyatlari bilan tutashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “Toshguzar-
Boysun-Qumqo‘rg‘on” temir yo‘l liniyasi yagona milliy temir yo‘l 
tizimini yaratish borasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim 
bosqichdir. Qashqadaryo viloyatining Toshguzar qishlog‘idan boshlanib 
Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumani markazigacha davom 
etadigan, dengiz sathidan 1800 metr balandlikdagi Hisor tog‘ tizmalarini 
kesib o‘tgan bu yangi temir yo‘lning loyiha qiymati 447 mln. AQSh 
dollariga teng bo‘lib, uni rejalashtirish va amalga oshirishda 
Yaponiyalik hamkorlar yaqindan yordam berdilar.
Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo‘l qisqa davrda, 
hammasi bo‘lib 33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va 
mazkur temir yo‘l mamlakatimizning janubiy mintaqalari va 
poytaxtimiz orasidagi yuk va yo‘lovchi tashish masofasini 170 
kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yo‘lning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi 
ijobiy ta’sirlari bor: 
- respublikamizning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo 
vohalarini boshqa hududlar bilan bog‘laydi. Vatanimizning janubiy 
hududlarini har tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va 
samarali yo‘l bilan bog‘laydi; 
- Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan 
boy gaz, rangli metall, ko‘mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa 
foydali qazilmalarini o‘zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi; 
- temir yo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa 
sohalari va infratuzilma obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog‘-
kon sanoati, qurilish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan ijobiy 
o‘zgarishlar hisobiga tegishli mintaqalarning ishlab chiqarish 
quvvatlarini izchil rivojlantiradi; 
- bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada 
yashaydigan aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Temir 
yo‘l transporti tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda 
tashkil etilayotgan infratuzilma obyektlarida ko‘plab yangi ish o‘rinlari 
ochish imkoni yuzaga keladi; 


310 
- bu yo‘l O‘zbekistonning chet davlatlarga, avvalo Transafg‘on temir 
yo‘l koridori orqali yaqin kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Hind okeani, 
Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va 
eksport imkoniyatini, shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini 
kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi 
“Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishini tashkil etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risidaga”gi qarori asosida elektrlashtirilgan 
Angren-Pop temir yo‘li qurildi. Mazkur temir yo‘l belgilangan 
muddatidan 4 oy oldin, ya’ni atigi 32 oy ichida 123,2 kilometrlik 
Angren-Pop temir yo‘li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq 
tunneli qurilib, foydalanishga topshirildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” 
aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan mazkur temir yo‘l 
liniyasi va Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan Qamchiq tunneli 
dunyo miqyosida noyob loyihalardan hisoblanadi. Ushbu qurilish 
obyektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr 
burg‘ulash-portlatish ishlari bajarildi. Bundan tashqari 285 ta sun’iy 
inshoot va suv o‘tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 kilometrlik 15 
ta temir yo‘l ko‘prigi, 6 ta yo‘l o‘tkazgich, 4 ta stansiya, 4 ta razyezd va 
2 ta vokzal qurib bitkazildi. Qurilgan ko‘priklar orasida Markaziy 
Osiyoda yagona hisoblangan balandligi 57 metr, uzunligi 500 metrni 
tashkil etuvchi yoysimon ko‘rinishdagi ko‘prik ham mavjud. 123,2 
kilometrlik temir yo‘l to‘liq elektrlashtirilib, 2 ta elektr tortish stansiyasi 
qurildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishi natijasida 
yurtimizda yagona milliy temir yol tarmog‘i vujudga keldi. 
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda 
ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shunga ko‘ra, 
mamlakatimizda 
ushbu 
sohani 
rivojlantirishga 
katta 
e’tibor 
qaratilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani 
rivojlantirish 
borasida 
ahamiyatli 
yutuq 
va 
muvaffaqiyatlarga 
erishilmoqda.
Ma’lumki, 2008-yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan 
o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va 
farovonligi yili” deb e’lon qilindi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha chora-
tadbirlarni izchil va tizimli amalga oshirish maqsadida “Qishloq 
taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-


311 
1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Ushbu dasturda amalga 
oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarning prinsipial ahamiyatga ega 
bo‘lgan asosiy yo‘nalishlaridan biri – qishloqlarda hayot sifatini tubdan 
yuksaltirish, qishloq joylarda infratuzilma tarmoqlarini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 
belgilab berildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko‘rsatkichlaridan 
biri sifatida uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirish ishlarining 
jadallashuvi natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib 
bormoqda.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu 
asosida qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida 2009-
yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qishloqlarimizning 
zamonaviy 
arxitektura 
nuqtai 
nazaridan 
rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilishini 
loyihalashtirish 
va 
bunyod 
etish 
tizimini 
takomillashtirish, 
“Qishloqqurilishloyiha” institutini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul 
qilindi. 
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Qishloq qurilish 
invest” injiniring kompaniyasi, ularni moliyalashtirish uchun zarur 
mablag‘larni jalb etish, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy 
infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli 
imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 2009-yil 30-
martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq 
“G‘allabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” 
aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Bunday keng ko‘lamli ishlarni bajarish uchun mamlakatimizda 
ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash tashkilotlari tuzildi va ular yuqori 
malaka va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlandi. 
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylarning 
bo‘lg‘usi egalari mablag‘lari hisobiga, aksariyat qismi aholiga “Qishloq 
qurilish bank” tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) 
imtiyozli kredit hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, qishloqlarda bolalar bog‘chalari, umumta’lim va 
musiqa maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy 
xizmat obyektlari, ravon yo‘llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini 
kompleks barpo etish rejalashtirilgan. 
Qurilish ishlarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish ko‘p 
jihatdan qurilish materiallariga bog‘liq. Shunga ko‘ra, 2009-yilda 


312 
qurilish materiallari ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, 
jumladan, 2 million kvadrat metr zamonaviy tom yopish materiallari 
ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton 
kabi qurilish va pardozlash materiallari, yig‘ma konstruksiyalar 
tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirildi. Shular 
qatorida yiliga 81 million dona g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega 
bo‘lgan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.

Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ularni izchil amalga 


oshirish maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil 
etishni yo‘lga quyish muhim tadbirlardan hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda 
topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha pudrat 
ishlarini kengaytirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051-sonli qarorini 
bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish 
shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va 
ta’mirlash 
ishlarini 
amalga 
oshirayotgan 
ta’mirlash-qurilish 
tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratish, bozorni yanada kengaytirish 
hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga bo‘lgan talabni 
qondirish maqsadida 2009-yil 28-martda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va kichik biznes obyektlari uchun 
qurilish materiallari sotish bo‘yicha firma do‘konlari tarmog‘ini tashkil 
etish 
to‘g‘risida”gi 
87-sonli qarori qabul qilindi. Mahalliy 
xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqaradigan 
korxonalar tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda. Shu asosda qishloq 
joylarda 
bajariladigan 
qurilish-ta’mirlash 
ishlarining tannarxini 
arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish 
ko‘zlangan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar 12.2-jadvalda keltirilgan. 
12.2-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish