Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliq
xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalar (mlrd. so‘m)
2016
2017
2018
2019
Jami
4795,3
6110,6
7991,9
12199,1
Shu jumladan:
respublika budjeti mablag‘lari
565,7
553,4
911,1
1935,6
korxona va tashkilotlar
mablag‘lari
510,0
905,5
1768,8
1132,9
tijorat banklari kreditlari va
boshqa qarz mablag‘lari
371,2
715,6
2328,1
2034,1
258
xorijiy investitsiya va kreditlar
171,8
189,8
1064,4
5050,6
boshqa moliyalashtirish
manbalari
3176,6
3746,3
1919,5
2045,9
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalarning
tarkibida
moliyalashtirish
manbalarining
salmog‘i
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar 10.2-jadvalda keltirilgan.
10.2-jadval
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalarning
tarkibida moliyalashtirish manbalarining salmog‘i (foizda)
2016
2017
2018
2019
Jami
100,0
100,0
100,0
100,0
Shu jumladan:
respublika budjeti mablag‘lari
11,8
9,1
11,4
15,9
korxona va tashkilotlar mablag‘lari
10,6
14,8
22,2
9,3
tijorat banklari kreditlari va boshqa
qarz mablag‘lari
7,7
11,7
29,1
16,7
xorijiy investitsiya va kreditlar
3,6
3,1
13,3
41,4
boshqa moliyalashtirish manbalari
66,3
61,3
24,0
16,7
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, qishloq, o‘rmon
va baliq xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalarning tarkibida korxona va
tashkilotlarning mablag‘lari 2018-yildagi 22,2 foizdan 2019-yilda 9,3
foizga tushgan, tarmoqqa jalb etilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar
hajmi esa keskin oshgan, ya’ni 2018-yildagi 13,3 foizdan 2019-yilda
41,4 foizga yetgan.
Yuqori rentabellik darajasiga ega korxonalar ishlab chiqarish
vositalarini yangilash maqsadida kapital qo‘yilmalarni amalga
oshirishda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, investitsiya qilishda korxona
imkoni boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka olib
keladi: korxonada tashqi qarzlar mavjud bo‘lmaydi (olingan kreditlar
259
bo‘yicha foiz, ijara haqi va hokazo), shuningdek, korxonani
boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Ayni paytda xo‘jaliklarga chetdan jalb qilinadigan mablag‘larning
manbalaridan biri xo‘jalik a’zolarining vaqtincha bo‘sh turgan
mablag‘larini jalb etish hisoblanadi. Bunday investitsiyani amalga
oshirish uchun korxona o‘z ichida qisqa muddatli obligatsiyalarni
chiqarib, ularni a’zolariga ishonchli tarzda tarqatishi (sotishi) yoki
huquqiy kuchga ega bo‘lgan ishonchli dalolatnomalarni ham berishi
mumkin. Xo‘jalik a’zolari esa muomalaga berilgan mablag‘larini
ma’lum muddat o‘tgandan so‘ng belgilangan foizi bilan qaytarib olish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu turdagi investitsiya imkoniyatlaridan
qishloq xo‘jaligi korxonalarida unumli foydalanish kerak.
Xorijiy investitsiyalar chet mamlakatlardagi yuridik va jismoniy
shaxslarning mablag‘laridan tashkil topadi. Chet ellik investorlar
tomonidan foyda olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun
hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga
qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga
doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar
respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga
oshiriladi:
•
respublika
qishloq
xo‘jaligidagi
yuridik
hamda
jismoniy
shaxslarning Nizom jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush
qo‘shib qatnashish;
•
tarmoqda chet ellik investorgarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik
jamiyatlari va shirkatlari, bank, sug‘urta va boshqa korxonalarni barpo
etish va rivojlantirish;
•
mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz
mablag‘larini sotib olish;
•
intellektual mullka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar,
firma nomlari va nou-xaularga, shuningdek, ishchanlik nufuziga
(gudvillga) huquqlar kiritish va boshqalar.
Ularni chet davlatlar yoki bu davlatlarning quyidagi hududiy
organlari amalga oshiradilar:
•
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil
topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro
tashkilotlar;
260
•
chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va
faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shaxslar, shirkatlar, uyushma va
tashkilotlar;
•
chet el fuqarolari bo‘lmish jismoniy shaxslar va boshqalar.
Hozirgi davrda mamlakat qishloq xo‘jaligini boshqarishni
takomillashtirishga va ishlab chiqarishini rivojlantirishga Jahon banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot bankining
respublikamizdagi bo‘limlari hamda AQSh, Germaniya, Isroil,
Gollandiya,
Fransiya
va boshqa
davlatlarning
vakolatxonalari
investitsiyalarni joylashtirish, sarflash orqali muayyan darajada hissa
qo‘shish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Lekin ularning investitsiyalari
mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Shuning uchun bu
masalaga, ya’ni chet el investitsiyalarini jalb etish muammosiga
kelajakda alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga jalb etilgan xorijiy investitsiyaga
misol tariqasida 2020-yil 11-avgustda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro
taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-sonli qarori asosida jalb etilgan
invstitsiyani keltirishimiz mumkin. Umumiy qiymati 659,3 mln. AQSh
dollariga teng bo‘lgan ushbu loyiha 6 yilga (2020-2026-yillar)
mo‘ljallangan. Loyiha doirasida Jahon banki tomonidan 30 yil
muddatga quyidagi shartlar asosida 500 mln. AQSh dollar ajratilmoqda:
- 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki
tomonidan 181 mln. AQSh dollari miqdoridagi qarz;
- 10 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 100
mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit;
- 5 yillik imtiyozli davr bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 219
mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit.
Loyihada O‘zbekistonning ulushi 159,3 mln. AQSh dollarini tashkil
etadi, shu jumladan:
- soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya
davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash shaklidagi ulush – 124,3 mln.
AQSh dollarini;
- loyiha ishtirokchilarining ulushi esa 35 mln. AQSh dollari
ekvivalentini tashkil etadi.
Qarorda Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihaning
ustuvor yo‘nalishlari, etib quyidagilar belgilangan:
261
-qishloq o‘jaligida ilmiy-tadqiqot, ta’lim va maslahat xizmatlarining
ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan samarali tizimini yaratish;
- qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, statistik ma’lumotlarni to‘plash,
tahlil qilish va tarqatishning ishonchli va shaffof usullarini joriy etish;
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetishtirishda “daladan iste’molgacha” tamoyili asosida sifat nazoratini
kuchaytirish, agrologistika, yo‘l va boshqa zarur infratuzilmani yaratish;
- eksportni rag‘batlantirish, xalqaro bozorlarda raqobatbardosh,
eksportbop yuqori qo‘shilgan qiymatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
ishlab chiqarish borasida qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan
qiymat zanjirini yaratish;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini diversifikatsiyalash, sohada
davlat ishtirokini kamaytirish, kooperatsiya tizimini rivojlantirish,
hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
- yer va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanish;
-sohaga boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish, xizmat
ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalarni boshqa
tarmoqlar bilan taqqoslaganda ularning salmog‘i past darajani tashkil
etadi. Shuni inobatga olgan mamlakatimiz hukumati tomonidan mazkur
tarmoqqa jalb etiladigan investitsiyalar hajmini oshirishga alohida
e’tibor berilmoqda. Bunda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchilarning
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, issiqxonalar tashkil etish,
sug‘orishning zamonaviy tejamkor usullarini joriy etish, qishloqlarning
qiyofasini zamonaviylashtirish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va
boshqa shu kabi maqsadlarga katta miqdordagi mablag‘lar sarflanmoqda
va kelgusida ham bu jarayon davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |