Iqtisodiyoti


Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Investitsiyalardan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi
ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 
Qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni sarflashdan maqsad – 
tarmoqda ishlab chiqarishni rivojlantirish, qo‘shimcha foyda olish va 
fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilashdir. Ularning darajasini 
loyihalar tuzishda hamda bu loyihalarni amalga oshirishda aniqlash 
mumkin. Buning uchun investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi 
aniqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik xarajatlar bilan foyda summalari 
taqqoslanishi natijasida aniqlanadi.


262 
Investitsiyalardan foydalanish samaradorligiga baho berishda 
quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
a) investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti. 
Uning darajasi sarflangan investitsiyalar natijasida yalpi ichki 
mahsulotning o‘sgan summasini shu o‘sishni ta’minlagan investitsiya 
summasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin: 
Is
YaDo
Is
YaMo
Si
'
'
=
=
Bunda: 
Si
– investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy samaradorlik 
koeffitsiyenti; 
YaMo‘
– ma’lum bir davr ichida yalpi mahsulotning o‘sgan 
summasi, so‘mda. Bunda qishloq xo‘jaligida yalpi daromadning 
o‘sgan summasi ham olinishi mumkin; 
Is
– sarflangan investitsiya summasi.
Bu ko‘rsatkich sarflangan 1 so‘mlik investitsiya mablag‘i evaziga 
necha so‘mlik yalpi ichki mahsulot yoki yalpi daromad olinganligini 
ifodalaydi. Uning mutlaq miqdori imkoni boricha yuqori bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Shunda investitsiyalarning mutlaq iqtisodiy 
samaradorlik darajasi yuqori bo‘ladi. Kam bo‘lsa, u iqtisodiy 
samaradorlik darajasi past bo‘lganligidan dalolat beradi, bunday holda 
investitsiyalarni sarflash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. 
Investitsiyalar aksariyat hollarda uzoq muddatga mo‘ljallangan 
xarajatlardir. Shuning uchun ularning bir necha yillar davomidagi 
iqtisodiy samaradorligini aniqashda qiyosiy baholardan foydalanish 
lozim. Bunda inflyatsiya darajasi hisobga olinadi.
b) sarflangan investitsiyaning samaradorligi. Uni aniqlash uchun 
investitsiya sarflanishi natijasida sof foydaning o‘sgan summasini shu 
o‘sishni ta’minlagan investitsiya summasiga taqsimlanadi. Bunda 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 
TIS
O
SFo
Si
'
'
=
Bunda: 
SFo‘
– investitsiyani amalga oshirish natijasida sof 
foydaning o‘sgan summasi;
O‘TIS
- foydaning o‘sishini ta’minlagan investitsiya 
summasi.
Bu ko‘rsatkich yordamida sarflangan bir so‘mlik investitsiya
necha so‘mlik yoki tiyinlik foyda keltirilganligi aniqlanadi. Shuning 


263 
uchun bu ko‘rsatkichning mutlaq miqdori yuqori bo‘lgani maqsadga 
muvofiqdir.
d) investitsiya sarflanishi natijasida xarajatlarning tejalishi. 
Qishloq 
xo‘jaligida 
sarflangan 
investitsiyalar 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish orqali mahsulot yetishtirish uchun qilingan 
o‘rtacha xarajatlar (mahsulot tannarxi)ni kamaytirishda ham muhim 
ahamiyatga ega. Ushbu holatga baho berishda ularning iqtisodiy 
samaradorlik darajasi tejalgan mablag‘ qiymatini sarflangan investitsiya 
summasiga taqsimlab ham aniqlanadi. U quyidagi tenglik yordamida 
aniqlanishi mumkin: 
;
2
1
Is
Т
Т
Si

=
Bunda: T
1
– investitsiya sarflanishidan oldingi tannarx summasi, 
ming so‘mda; 
T
2
– investitsiya sarflanganidan keyingi tannarx summasi, 
ming so‘mda. 
Bu ko‘rsatkichning ham mutlaq darajasi yuqori bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir. 
e) investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko‘rsatkich sarflangan 
investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga 
taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish 
mumkin: 
'
SFo
Is
IQM
=
Investitsiyalarning qoplanish muddati imkon qadar qisqa bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir.
f) sarflangan investitsiyaning kelajakda keltiradigan foydasi. Bu 
ko‘rsatkich quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
F
k
=S
o
(1+i/100)
t
Bu yerda: F
k
– investitsiyaning kelajakdagi foydasi; 
S
o
– boshlang‘ich summa; 
i – inflyatsiya darajasi; 
t – investitsiya muddati.
g) agrar sohaga sarflangan investitsiyalarning samaradorligini 
tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan yana biri – agrar sohaga jalb qilingan 1 
so‘mlik investitsiyaga to‘g‘ri keladigan qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti 
ko‘rsatkichidir. Ushbu ko‘rsatkichni aniqlash uchun qishloq xo‘jaligi 


264 
tarmog‘ida yaratilgan yalpi mahsulot hajmi ushbu tarmoqda sarflangan 
jami investitsiya summasiga taqsimlanadi: 
;
Is
YMqx
Iym
=
Bunda: 
Iym
– 1 so‘mlik investitsiyaga to‘g‘ri keluvchi qishloq 
xo‘jalik yalpi mahsuloti; 
YMqx
– qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti; 
Is
– tarmoqqa sarflangan investitsiya summasi. 
Rivojlangan mamlakatlarda davlat narx siyosati orqali fermerlar 
daromadi barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi va shu orqali fermer 
xo‘jaligining investitsiya jamg‘armasini tashkil etuvchi daromadlarning 
minimal darajasini ta’minlashga harakat qilinadi. Ushbu mamlakatlar 
amaliyotida agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning ikkita 
zamonaviy modeli keng qo‘llanilmoqda: Amerika va Yevropa modellari. 
Agrar sohadagi investitsiya faoliyatini boshqarishning Amerika modeli 
AQSh va Kanada davlatlari uchun xos bo‘lib, ularda davlat budjeti 
mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligiga ajratiladigan assignatsiyalar 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul to‘lovi ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bunda, 
ayniqsa, imtiyozli kreditlar, fermerlarga investitsiyalar uchun soliq 
imtiyozlari, kreditni qaytarish muddatlarini uzaytirish kabi usullardan 
samarali foydalaniladi. Soliq tizimidagi imtiyozlar qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari hajmini oshirish, yerlarning mahsuldorligini oshiruvchi 
muhitni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. 
Ichki va tashqi bozorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan 
talabini qondirish eng dolzarb masaladir. Uni hal etish uchun 
investitsiyalarni sarflash zarur. Buning uchun esa siyosiy, mintaqaviy, 
iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash darkor. Respublikada 
bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida yuqorida 
ta’kidlangan sharoitlar yaratilmoqda. 
Qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish uchun mazkur tarmoqqa 
sarflanadigan 
investitsiyalar 
hajmini 
oshirish 
lozim. 
Bunda 
o‘tkaziladigan turli ko‘rgazmalar ham muhim ahamiyatga ega. Bu 
borada ham mamlakatimiz hukumati tomonidan ko‘plab ijobiy ishlar 
amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida “O‘zagroekspo” 
ko‘rgazmasi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda. Shu kabi 
ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi subyektlar 
xorijlik tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va shu 
orqali sohaga investitsiyalar oqimini ko‘paytirish imkoniga ega 
bo‘lmoqdalar.


265 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish