Iqtisodiyoti


Meva-sabzavotlar eksporti to‘g‘risidagi ma’lumotlar



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

Meva-sabzavotlar eksporti to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(mln. AQSh dollari) 
 
2016 
2017 
2018 
2019 
Meva va rezavorlar
 
217,4 
254,4 
357,7 
406,8 
Sabzavotlar 
183,6 
217,7 
307,7 
549,7 
Uzum 
142,1 
159,5 
179,7 
223,7 
Yeryong‘oq 
9,3 
10,6 
22,9 
14,4 
Yangi qovun va tarvuz 
2,0 
3,3 
6,5 
13,1 
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2016-2019-yillar 
mobaynida meva-sabzavotlar eksporti o‘sish tendensiyasida bo‘lgan. 
Faqat yeryong‘oq eksporti 2019-yilda 2018-yilga nisbatan kamaygan.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlari 
eksportini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishga alohida 
e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2020-yil 12-noyabrdagi PF-6109-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan chegaradosh 
hududidagi 26,0 gektar maydonida “Termiz xalqaro savdo markazi” 
erkin savdo zonasi hududi tashkil etilmoqda. Ushbu erkin savdo 
zonasida logistika, xizmat ko‘rsatish, savdo, ijtimoiy xizmatlar va 
yordamchi binolardan iborat majmua barpo etilmoqda. Afg‘oniston 


381 
Islom Respublikasi fuqarolari hamda ushbu davlat hududidan kiruvchi 
boshqa davlat fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘n 
kun davomida xalqaro savdo markazi hududida bo‘lib, savdo faoliyati 
olib borishi, davolanishi va madaniy hordiq chiqarishi mumkin. 
Mamlakatimiz hukumati tomonidan yaratilayotgan bu kabi chora-
tadbirlar mamlakatimizning eksport salohiyatini kuchaytiradi. 
2021-yil 14-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4949-sonli qarori qabul 
qilindi. Unga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy 
bo‘linmalarida doimiy faoliyat yurituvchi hududiy eksport shtablari 
tashkil etiladi. 2021-yil 1-fevraldan eksportchi tashkilotlarga eksportoldi 
moliyalashtirish ajratiladi. 2021-yil 1-apreldan esa mahalliy eksportchi 
korxonalarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor 
binolarini ijaraga olish, shuningdek, reklama kampaniyalarini tashkil 
qilish bilan bog‘liq chet eldagi xarajatlarining 50 foizi Eksportni 
rivojlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining barcha xo‘jaliklarda bir vaqtda 
tayyor bo‘lishi shu davrda ularning bozordagi taklifini keskin oshiradi 
va tabiiy ravishda ularning narxi pasayadi. Bundan tashqari ko‘pchilik 
qishloq xo‘jalik mahsulotlari tez buziluvchan bo‘lganligi sababli fermer 
xo‘jaliklari mahsulot tayyor bo‘lgan paytda arzon narxlarda sotishga 
majbur bo‘ladi. Shu sababli qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z 
mahsulotlarini qayta ishlaydigan minitexnologiyalarga ega bo‘lishi 
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari yurtimizda yetishtiriladigan yuqori 
sifatli meva-sabzavotlarni, jumladan, olma, anor, uzum, xurmo va 
boshqa shu kabi mahsulotlarni saqlab, ma’lum muddatdan so‘ng ichki va 
tashqi bozorda sotish imkonini beradigan saqlash omborlarini tashkil 
etish lozim. Bunda xalqimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash 
bo‘yicha boy tajribasi va an’analaridan ham foydalanish mumkin. Bu 
orqali nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish jarayoni 
takomillashadi, balki aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan yil 
davomida bir maromda ta’minlash, qish oylarida ularning narxlari 


382 
keskin oshib ketishining oldini olish masalalari ham o‘z yechimini 
topadi.
Qishloq 
xo‘jalik 
korxonalari 
ishlab 
chiqarishi 
samarali 
rivojlanishini ta’minlash maqsadida yetishtirgan mahsulotlarining 
ma’lum qismini o‘z ichki ehtiyojlari uchun taqsimlaydilar. Shu sababli 
ko‘pgina qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tovarlilik darajasi 100 
foizdan 
past bo‘ladi. Masalan, 
qishloq 
xo‘jalik korxonasida 
yetishtirilgan g‘allaning bir qismi urig‘lik uchun, chorva mollariga yem-
xashak sifatida berish uchun, xo‘jalikdagi umumiy ovqatlanish 
korxonasi uchun sarflanishi mumkin. Bundan tashqari xo‘jaliklar 
ijtimoiy maqsadlarga, jumladan, iqtisodiy nochor oilalarga, keksalarga, 
bolalar uylariga, shifoxonalarga xayriya shaklida ham o‘z mahsulotlarini 
beradilar. Qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan yetishtirilgan 
mahsulotlarining taqsimlanish yo‘nalishlari quyidagi ikki guruhga 
ajratiladi: 
a) xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun;
b) ijtimoiy maqsadlarda. 
Xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun taqsimlashda urug‘likka, 
ozuqa fondiga, mehnat haqiga, umumiy ovqatlanishga, zahira fondiga va 
boshqa maqsadlarga sarflanadi. Ijtimoiy maqsadlar uchun taqsimlaganda 
esa kam ta’minlangan oilalar va boquvchisini yo‘qotganlarga moddiy 
yordam sifatida, bolalar bog‘chalariga, shifoxonalarga va turli 
tadbirlarga homiylik sifatida sarflanishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz aholisining ayrim qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlariga, jumladan baliq, parranda go‘shti va boshqa ayrim 
mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmayapti. Ularni chetdan 
import qilish orqali ehtiyoj qondirilmoqda. Shuning uchun ushbu 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni yanada ko‘paytirish eng 
dolzarb masaladir.
Hukumatimiz 
tomonidan 
qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlari 
yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi “Oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni 
to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1047-sonli 


383 
Qarori, 2008-yil 20-oktabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan 
maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 4041-sonli Farmoni va boshqa bir qator 
me’yoriy hujjatlar shu maqsadga qaratilgan. Bundan tashqari 2009-
yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning agrar tarmog‘i samaradorligini 
oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, qishloq 
xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy korxonalarni 
barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-
sabzavot, 
go‘sht 
va 
sut 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlovchi 
minitexnologiyalar bilan jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi. 
Umumiy maydoni 341 gektarga teng bo‘lgan yengillashtirilgan 
konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan foydalanuvchi 648 ta 
issiqxona tashkil etildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va kartoshka 
yetishtirish uchun avans ajratish, ularni xarid qilish, tayyorlash, saqlash 
va ulgurji sotish bo‘yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan 
“Mevasabzavottayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta 
ishlash, 
yetishtirilgan 
mahsulotlarni 
saqlash 
infratuzilmasini 
rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2015-yilda qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 
tonna sig‘imga ega bo‘lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi 
va 
modernizatsiya 
qilindi. 
Mamlakatimizda 
meva-sabzavotlarni 
saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil 
davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo‘l 
qo‘ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan 
uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, 
narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida bozorni o‘rganib, savdo-sotiq 
ishlarini rivojlantiradigan marketing bo‘limlari tashkil etib, ularni 
rivojlantirishga alohida e’tibor berish lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda va sotishda tabiiy 
sharoitlarni hamda xalqimizning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini, 
albatta, e’tiborga olish zarur. Chunki ayrim mahsulotlarni yetishtirishga 
tabiiy sharoitlar, ayrimlarini yetishtirishga milliy urf-odatlarimiz ta’sir 


384 
ko‘rsatadi. Masalan, cho‘chqachilik serdaromad soha hisoblanadi, lekin 
mazkur tarmoq milliy an’analarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki 
musulmon diniga mansub bo‘lgan aholi cho‘chqa go‘shtini, cho‘chqa 
go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olmaydi, chunki ularni 
iste’mol qilmaydi. Lekin un, non mahsulotlarini, guruchni ko‘proq sotib 
oladi. Demak, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotishda 
aholining milliy xususiyatlarini ham e’tiborga olish lozim.

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish