Iqtisodiyoti


Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

2. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash 
yo‘nalishlari. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlarni sotish 
yo‘nalishlari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
a) davlat ehtiyojlari uchun davlatga qarashli tayyorlov 
tashkilotlariga sotish; 
b) erkin ravishda sotish.
2020-yilga qadar fermer xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan paxta 
xomashyosi va g‘allani davlat buyurtmasi asosida joylardagi davlatga 
qarashli tayyorlov korxonalariga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari 
asosida sotganlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-
martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2020-yil hosilidan 
boshlab: 
- davlat tomonidan paxta xomashyosi ishlab chiqarish va sotish 
rejasini belgilash amaliyoti bekor qilindi; 
- fermer xo‘jaliklari yetishtirgan paxta xomashyosini o‘zlari a’zo 
bo‘lib kirgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga sotadilar; 
- paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin 
tanlash huquqi beriladi; 
- paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta 
tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy 
kooperatsiyasi tashkil etiladi. 
Kooperatsiyaning aosiy vazifalari quyidagilar: 
- kooperatsiya a’zolari tomonidan texnika, uskuna, transport 
vositalaridan , paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni 
tashkil etish; 
- kooperatsiya a’zolarini qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash 
materiallari, o‘g‘it, urug‘lar, shuningdek, o‘simliklarni kimyoviy 
himoyalash vositalari bilan ta’minlash; 
- ishlab chiqarilgan mahsulotni tayyorlash, tashish, saqlash, qayta 
ishlash va sotishni tashkillashtirish; 


377 
- kooperatsiya a’zolariga agrotexnika, buxgalteriya, konsalting, 
vositachilik va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish. 
2020-yil holatiga paxta ekin maydonlarining 125 ming gektari yoki 
12 foizida kooperatsiyalar, 908 ming gektari yoki 88 foizida klasterlar 
faoliyat yuritmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi 
“G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng 
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4634-sonli qaroriga 
muvofiq, 2020-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi asosida boshoqli 
don yetishtirish amaliyoti va 2021-yil hosilidan boshlab davlat 
tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyoti, ya’ni davlat xaridi 
to‘liq bekor qilindi. Davlat xaridi o‘rniga fermer yetishtirgan g‘alla birja 
orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bilan erkin narxlarda sotilishi 
belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi 
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-
yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4575-sonli 
qaroriga muvofiq “oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini 
ishlab chiqish va joriy etish” yo‘nalishida 2020-yil 1-oktabrdan boshlab 
aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin 
o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi 
bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda: 
- 2021-yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi 
hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan boshoqli don 
xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor 
mexanizmlarini joriy etish; 
- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi 
tizimidan davlat zahirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizmni 
ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Intervension xaridlarda narxlar pasayib ketgan taqdirda uning 
yanada arzonlashmasligi uchun davlat ortiqcha g‘allani sotib oladi, 
narxlar keskin ko‘tarilganda esa davlat zahirasidagi g‘alladan sotiladi. 
Shunday qilib uning qimmatlashuvi oldi olinadi.


378 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishning ikkinchi yo‘nalishi 
bo‘lgan erkin sotish o‘z navbatida tayyorlov korxonalariga shartnomaviy 
narxlarda sotish, ulgurji narxlarda birjalar orqali sotish, chakana 
narxlarda dehqon bozorlari, turli yarmarkalar, ichki sotish tizimi orqali 
sotish kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlarini shartnomalar asosida erkin sotishda xaridorlar bilan 
munosabatlarni mukammal tuzilgan shartnomalar asosida amalga 
oshirishni taqozo etadi. Shartnomalar har ikki tomonning erkin kelishuvi 
asosida tuzilishi shart. Shartnomalarni tuzishni osonlashtirish maqsadida 
mamlakatimizda namunaviy shartnomalar mutasaddi tashkilotlar 
tomonidan tavsiya etilgan. Ayrim vaziyatlarda shartnomalarning to‘g‘ri 
tuzilmasligi qishloq xo‘jalik korxonalarining katta miqdordagi zarar 
ko‘rishiga 
olib 
kelishi 
mumkin. 
Namunaviy 
shartnomalarda 
tomonlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlari kabi barcha shartlar 
to‘liq, aniq, ravon yozilgan boladi. Qishloq xo‘jalik korxonalari 
shartnomalarni tuzishda ulardan foydalanadilar, bu esa tuzilayotgan 
shartnomalarning sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq 
xo‘jalik 
mahsulotlarini 
sotishda 
ularni 
xorijiy 
mamlakatlarga 
eksport 
qilish 
ham 
muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga 
xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston kabi 
davlatlarda talab yuqori. Ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan 
holda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xorijiy bozorlarda sotishni 
rivojlantirish lozim. 2019-yilda meva-sabzavot mahsulotlari ekporti 
hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 16.5-jadvalda keltirilgan. 
16.5-jadval 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish