Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik
mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
2016
2017
2018
2019
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan
qishloq xo‘jaligi mahsuloti, ming so‘m
3629,7
4575,7
5919,9
6678,5
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan
qishloq xo‘jaligi mahsuloti, kg:
don
259,4
225,0
198,3
221,5
kartoshka
87,6
86,3
88,4
92,0
371
sabzavotlar
319,8
315,5
296,2
304,2
poliz
64,2
62,7
55,7
61,6
meva va rezavorlar
82,0
80,7
82,1
82,0
uzum
50,7
50,2
48,2
47,7
go‘sht
68,2
70,6
73,7
73,7
sut
304,7
310,2
317,6
319,1
tuxum
193
195
226
231
baliq
2,1
2,6
2,8
3,6
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda
aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasida bo‘lgan.
Xo‘jalik yuritish shakllarining qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotidagi
ulushini tahlil qiladigan bo‘lsak, qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti
tarkibida dehqon xo‘jaliklarining ulushi yuqori ekanligini ko‘rishimiz
mumkin. 2019-yil holatiga qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti tarkibida
dehqon xo‘jaliklarining ulushi 68,3 foizni, fermer xo‘jaliklarining ulushi
esa 27,9 foizni tashkil etgan (16.1-rasm).
16.1-rasm. Qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining xo‘jalik yuritish
shakllari bo‘yicha tarkibi.
29,7
29,3
26
27,9
68,0
68,4
71,2
68,3
2,3
2,3
2,8
3,8
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
2016
2017
2018
2019
Qishloq xo'jalik faoliyatini
amalga oshiruvchi tashkilotlar
Dehqon xo'jaliklari
Fermer xo'jaliklari
372
Yalpi mahsulot tarmoqning, korxonaning bir yillik faoliyatini
ifodalovchi
umumiy
ko‘rsatkichdir.
Qishloq
xo‘jaligi
yalpi
mahsulotining tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- tayyor mahsulot;
- tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida bir yil davomida
yetishtirilib, yig‘ishtirilib, hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga
tayyor bo‘lgan mahsulotlar qishloq xo‘jaligining tayyor mahsuloti
hisoblanadi.
Kelgusi yillarda mahsulotlar yetishtirish uchun joriy yilda
sarflanadigan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari deb
ataladi. Masalan, kuzgi bug‘doy yetishtirish uchun mamlakatimiz
sharoitida oktabr oyidan boshlab ko‘plab xarajatlar qilinadi. Jumladan,
yerlarni shudgorlash, tekislash, urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash
materiallari, mehnat haqi sarfi va hokazo. Lekin mahsulot keyingi yilda
tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, asosiy podaga o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan yosh chorva mollariga qilingan xarajatlar, mevali bog‘
yaratishda nihollar voyaga yetguncha qilingan xarajatlar ham
tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlaridir.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini aniqlashda yetishtirilgan
mahsulotlar quyidagi baholarda aniqlanadi:
-
sotilgan mahsulotlar sotish narxlarida;
-
xo‘jalik ichki ehtiyoji uchun sarflanganlari tannarxi bo‘yicha.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichki ehtiyoj uchun ishlatilgan
mahsulotlarni tannarxi bo‘yicha baholash xo‘jalik ehtiyojlarini, ishlab
chiqarish bilan shug‘ullanganlarning moddiy manfaatdorligi oshishini
yetarli darajada ta’minlay olmaydi. Ichki ehtiyojlar uchun ishlatilgan
mahsulotlar tannarxda baholanganligi uchun ishlab chiqaruvchilar uni
yetishtirishdan foyda ololmaydilar. Foyda bo‘lmagach, ishchilarni
mahsulot ishlab chiqarish natijasiga ko‘ra, rag‘batlantirib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ichki ehtiyojlarga berilgan mahsulotlarning qiymatini
ham o‘rtacha sotish baholarida aniqlash yoki ichki baholarni belgilash
maqsadga muvofiqdir.
373
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari bo‘yicha jami yalpi
mahsulot qiymatidagi salmog‘ini aniqlab, tahlil qilish mumkin. Bundan
tashqari, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida yetishtirilgan yalpi mahsulotning
jami yalpi mahsulotdagi ulushini ham tahlil etish mumkin. Bu
ko‘rsatkichlar asosida qishloq xo‘jaligi korxonalari iqtisodiyotiga oid
umumiy xulosalar chiqarish mumkin bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishiga quyidagi
omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmi;
-
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari darajasi;
-
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi.
Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hajmining o‘zgarishida ishlab
chiqarish tarkibi ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni yuqori narxli
mahsulotlarning jami ishlab chiqarishdagi salmog‘i o‘zgarishi yalpi
mahsulot hajmining ham o‘zgarishiga olib keladi.
Tarmoqdagi yoki xo‘jalikdagi qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotining
bir necha yillik o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda joriy narxlar orqali
chuqur tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki joriy narxlar har yili o‘zgarib
turadi. Masalan, 1 tonna paxta xomashyosining davlat xarid narxi 2002-
yilda 104,7 ming so‘m darajasida belgilangan bo‘lsa, 2009-yilda 502,0
ming so‘mga yaqin bo‘lgan. Shu yillar ichida uning mutlaq miqdori 5
marta oshgan. Yalpi mahsulotning umumiy qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi
bunday holatning oldini olish uchun yalpi mahsulot qiymatining yillar
bo‘yicha o‘zgarish dinamikasini tahlil etishda qiyosiy baholarda
aniqlanadi. Bunda narx o‘zgarishining yalpi mahsulot o‘zgarishiga
ta’siri bartaraf etilib, yalpi mahsulotning haqiqiy o‘zgarishini aniqlash
imkoniyati yaratiladi. Hozirgi davrda qiyosiy narxlar sifatida 1996-
yildagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari joriy narxlarining o‘rtacha yillik
miqdori olingan. Keyinchalik boshqa yilning o‘rtacha narxlari qiyosiy
baho sifatida olinishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligidagi tayyor mahsulotlar ichki va tashqi bozor
talabini e’tiborga olgan holda sotiladi, ya’ni qishloq xo‘jaligida ham
tovar-pul munosabatlari amalga oshiriladi. Mahsulotlarning tovar-pul
munosabatlari asosida sotilgan miqdori tovar mahsuloti deb ataladi.
374
Shunga asoslangan holda mahsulotlarning tovarlilik darajasi ham
aniqlanadi. Uni aniqlash uchun sotilgan mahsulot qiymatini jami
yetishtirilgan mahsulotning miqdoriga taqsimlab, natijani 100 ga
ko‘paytirish lozim. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
100
Do'stlaringiz bilan baham: |