Iqtisodiyoti


Yalpi mahsulotni ko‘paytirish va uning tovarlilik darajasini



Download 3,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/263
Sana01.07.2022
Hajmi3,38 Mb.
#726668
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   263
Bog'liq
Q.x.iqtisodiyoti darslik Nurmatov

3. Yalpi mahsulotni ko‘paytirish va uning tovarlilik darajasini 
oshirish yo‘llari. 
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsulotini ko‘paytirishning asosan quyidagi 
ikki usuli mavjud: 
a) ekstensiv usul, ya’ni miqdoriy usul. Bunda ekin maydonlari 
hajmini, chorva hayvonlari bosh sonini va resurslar sarfi miqdorini 
ko‘paytirish hisobiga yalpi mahsulot hajmini ko‘paytirishga erishiladi. 
Bu usul ayrim ishlab chiqarish resurslari, jumladan, yer va suv resurslari 
tabiatan cheklanganligi, moliyaviy resurslar taqchilligi sababli qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari hajmini ko‘paytirish imkoniyatlarini to‘liq 
ta’minlanmaydi. Bu usulda qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmini 
ko‘paytirish uchun moddiy mablag‘ hamda mehnat sarflari asosan yangi 
yerlarni o‘zlashtirib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga jalb etishga 
hamda chorva hayvonlari bosh sonini ko‘paytirishga qaratiladi. Natijada 
dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdori ko‘paytiriladi.
Mamlakatimizda aholi soni ko‘payishi va qayta ishlash sanoati 
quvvatlarining o‘sishi natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan 
talab yuqori sur’atlarda ortmoqda. Ushbu talabni qondirish 
sug‘oriladigan yerlarni ko‘paytirishni taqozo etadi. Respublikamizda 
ekstensiv usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish 
imkoniyatlari ancha cheklangan. Hozirgi vaqtda suv resurslarining 
taqchilligi va so‘nggi yillarda yog‘ingarchilik miqdorining avvalgi 
yillarga nisbatan kamayishi bunga to‘siq bo‘lmoqda. Mamlakatimizda 
2020-yil holatiga 20,7 mln. gektar qishloq xo‘jalik yerlari mavjud bo‘lib, 
ekin ekish mumkin bo‘lgan yerlar mavjud. Suv resurslaridan samarali 


385 
foydalanish, tejamkor sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash, xo‘jaliklararo 
va ichki xo‘jalik sug‘orish tizimining holatini yaxshilash orqali tejalgan 
suv resurslaridan foydalangan holda ekin maydonlarini ko‘paytirish 
mumkin. Bu borada mamlakatimiz hukumati tomonidan izchil islohotlar 
amalga oshirilmoqda, jumladan, sug‘orishning tejamli usullaridan 
foydalangan holda sug‘oriladigan maydonlarni ko‘paytirishga e’tibor 
berilmoqda. Bunda tomchilatib sug‘orish usullarini qishloq xo‘jaligiga 
joriy etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Chorva mollari bosh 
sonini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor berilmoqda.
b) intensiv usul, ya’ni sifat usuli. Bunda foydalanilayotgan 
yerlarning unumdorligini oshirish, fan-texnika yutuqlari, samarali 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish orqali mavjud 
resurslardan oqilona foydalanish, ularning unumdorligini yuksaltirish, 
urug‘chilik va naslchilik ishlarini rivojlantirish asosida qishloq xo‘jalik 
ekinlari hosildorligi va chorva mollarining mahsuldorligini oshirish 
orqali yalpi mahsulot miqdorini ko‘paytirishga erishiladi. Qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarining hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash 
asosan intensiv usulda bo‘lishi, ya’ni fan-texnika yutuqlari va ilg‘or 
texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish, chorva mollarining 
zotlarini, o‘simliklar navlarini yaxshilash orqali bo‘lishi maqsadga 
muvofiqdir.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini intensiv usulda rivojlantirish 
bo‘yicha foydalanilmayotgan imkoniyatlar mavjud. Qishloq xo‘jalik 
ekinlari hosildorligi va chorva mollari mahsuldorligini yanada oshirish 
mumkin. Buning uchun, avvalo, qishloq xo‘jaligini intensiv 
rivojlantirish, tarmoqda mehnat qiluvchilarning moddiy va ma’naviy 
manfaatdorligini oshirish lozim.
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishda 
yerlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. 
Surxondaryo viloyati sharoitida yerdan bir yilda ikki-uch marotaba hosil 
olish imkoniyatlari mavjud. Qish oylarida ham ko‘katlar yetishtirish, 
sabzavot, poliz ekinlarini plyonka ostiga ekish va boshqa shu kabi 
tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini oshirish hamda shu 
orqali yerdan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish lozim. 


386 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor 
talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun 
avvalo, qishloq xo‘jalik korxonalarining o‘zida marketing masalalari 
bilan muntazam shug‘ullanadigan guruhlar yoki bo‘limlarni tashkil 
etish, ularni bozor konyunkturasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan 
muntazam ta’minlash zarur. Shuningdek, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
sotib olish bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarning, korxonalarning 
faoliyatini rivojlantirish, ularning bo‘limlarini ishlab chiqarishga 
yaqinlashtirish 
kerak. 
Shundagina 
ortiqcha 
xarajatlarga, 
nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi: qishloq xo‘jalik korxonalari tez 
buziladigan mahsulotlarni uzoq masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan 
yutqazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va mahsulot sifati 
yomonlashmaydi, mahsulotlarning ko‘proq, tezroq, arzonroq sotilishi 
ta’minlanadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish jarayonini bozor 
iqtisodiyoti talablari asosida takomillashtirish lozim. Bundan tashqari 
qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini sotish 
bilan shug‘ullanuvchi uyushmalar, agrofirmalar tashkil etishlari 
mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin, qulay sharoitlar 
yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlarni sotishda erkin 
raqobatli bozor vujudga kelishida va sotish jarayonini to‘g‘ri tashkil 
etishda muhim o‘rin tutadi. Natijada qishloq xo‘jalik korxonalari bozor 
konyunkturasini o‘rganib, marketing tadqiqotlarini o‘tkazgan holda 
mahsulotlarini sotish va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Yalpi 
va 
tovar 
mahsulotlarining 
ko‘payishi 
o‘z navbatida 
daromadlarning oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 3,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish