“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
orqali to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqa (vazifalar) va teskari aloqa (hisobot) vositasida ta‘sir
qiladi.
Davlat statistika idoralari, davlat boshqaruvi idoralarini milliy iqtisodiyot
tarmoq va sohalarining faoliyati haqida xabardor qilib, vazifalar ko‗rinishidagi
boshqaruvchi axborot qabul qilingani va boshqaruv ob‘ektlarining haqikiy
holatidan kelib chiqqan holda qayd etilgan, mo‗ljallangan harakatlarida aks
ettiriluvchi muhim signal vazifalarini bajaradi.
Statistik axborot tizimlari murakkab tizimlarning oldiga qo‗yilgan quyi-dagi
barcha talablariga javob beradi:
• umumiy maqsadga erishish uchun tizim elementlarining muvofiq o‗zaro
hamkorligi nuqtai nazaridan birligi;
• katta o‗lchamlilik;
• holatning murakkabligi va boshqalar.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasiga qarovchi davlat
statistika idoralari o‗z ishini umumiy tamoyillar, davlat statistikasining yagona
uslubiyoti va ularni tashkil kilinishi asosida bajaradi. Ularning asosiy vazifasi —
mamlakatda hisob va statistika ishiga markazlashtirilgan holda rahbarlik qilishdir.
Qo‗mita tizimi butun respublikani qamrab olgan, davlat statistika idoralari
mamlakatning barcha ma‘muriy-hududiy tuzilmalarida mavjud. Bu idoralar
minglab sanoat korxonalari, qurilish, qishloq xo‗jalik korxonalari, mulkchilik
shakllaridan qat‘i nazar, o‗n minglab madaniy, maishiy va boshqa muassasa hamda
tashkilotlardan kelib tushgan statistik axborotlarni yig‗adi va qayta ishlab chiqadi.
Statistik axborotlar turli-tumanligi, ommaviyligi va kelib tushishining davriyligi
bilan farqlanadi. Ko‗rsatib o‗tilgan ob‘ektlardan kelib tushgan barcha statistik
hisobotlarni ishlab chiqish yiliga bir necha milliard hisoblash operatsiyalarni
bajarishni talab qiladi.
Bunday katta ishni bajarish uchun qo‗mita axborotlarni yig‗ish va ishlab
chiqish bo‗yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tarmo-
g‗iga ega. Unda turli hisoblash texnikasi vositalarini qo‗llash statistik axborot
tizimlariga statistik axborotlarni ishlab chiqishni avtomatlash-tirish darajasini
belgilovchi «inson-mashina» harakterini beradi.
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi tomonidan davlat
statistika idoralariga respublika darajasidagi markazlashtirilgan rahbar-lik amalga
oshiriladi. U asosiy hisob-statistika markazi sifatida va O‗zbe-kiston Respublikasi
hukumati, respublika vazirlik va qo‗mitalari, boshqa tashkilotlarni statistik
axborotlar bilan ta‘minlaydi.
Qo‗mita statistik axborotlarni o‗z vaqtida ob‘ektiv (to‗g‗ri) va ishonchli ishlab
chiqish, ularni ko‗rsatilgan idoralar va keng jamoatchilikka yagona ilmiy uslubiyot
asosida yetkazib berish vazifasi yuklangan.
Ushbu vazirlik mamlakat hududidagi hisob-statistika ishlari, xususan,
statistika bo‗yicha viloyat qo‗mitalari faoliyatini tashkil qilishga rahbarlik qiladi.
Statistikaning viloyat idoralari korxonalar va tashkilotlar bilan bevosita va
doimiy axborotli muloqotda bo‗lib, ularga hisob va hisobotni tashkil qilishda
amaliy yordam ko‗rsatadi va o‗z mintaqasida asosiy axborot manbai bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |