“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
- firmada va xar bir xo’jalik bo’limida texnik vositalarga (shu jumladan
kompyuter texnikasiga) bo’lgan ehtiyojni aniqlash;
- dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlar bankini yaratish
va ishlatish;
- marketing dasturlarini ishlab chiqish jarayonida, rejalashtirishda,
nazoratda, sonli ma’lumotlarni to’plash va ishlov berishda ko’pvariantli hisob-
kitoblarni o’tkazish;
- matnli axborotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish va ularni chiqarish;
- nusxa ko’chirish qurilmalar, telekslar, hamma aloqa va kommunikasiya
vositalari bilan ta’minlash;
- kompyuter texnikasini ishlatish asosida ma’muriy-boshqaruv mehnatni
avtomatlashtirish.
Firma ichidagi axborot tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
- firmada moliyaviy axborotning sifatini oshirish va o’z vaqtida yetkazish
maqsadida boshqaruvning yuqori pog’onasida va ishlab chiqarish bo’linmalarida
moliyaviy hisobotlarning ma’lumotlarini to’plash va ishlov berish faoliyatini
o’zaro muvofiqlashtirish;
- boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, ishlov berish va saqlash tizimining
asosiy yo’nalishlarini aniqlash;
- axborotni qayta ishlash texnologiyasini rivojlantirishning asosiy
yo’nalishlarini aniqlash.
Firma ichidagi axborot tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- har bir aniq rahbarning firmaning ishlab chiqarish – savdo faoliyatini
operativ boshqarish maqsadida kerak bo’lgan axborotning xarakteri va
mazmuniga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- butun kerak bo’lgan axborot bilan ta’minlash maqsadida firmani va har
bir boshqaruvchini texnik vositalarga bo’lgan ehtiyojini aniqlash;
- axborot tizimini uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida texnik
vositalarni sotib olish, arenda qilishga ketadigan hamma harajatlarni
markazlashgan holda rejalashtirish;
- axborot tizimida texnik vositalarni ishlatishga ketadigan xarajatlar
darajasini aniqlash (xizmat ko’rsatish personalini saqlash va o’qitish,
foydalanilayotgan xonalar uchun to’lash, disketalar, lazer disklar, qog’ozlar va
h.k.);
- axborotni to’plash, saqlash va taqdim etishning yuqori darajasini
ta’minlash;
- dasturiy vositalar, amaliy dasturlarni ishlab chiqish.
Ishlab chiqarishni operativ boshqarish tizimida kompyuterlar quyidagi
masalalarni yechish uchun ishlatiladi:
- ishlab chiqarishning operativ rejalarini ishlab chiqish va ularning
bajarilishini nazorat qilishda;
- ishlab chiqarish jarayoni uchun kerak bo’lgan materiallarning zaxiralarini
xarakatini nazorat qilishda;
- maoshlarni hisoblashda;
- zakazlarni kelishini nazorat qilishda;
Do'stlaringiz bilan baham: |