“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-1-
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
«
Iqtisodiyotda
axborot-kommunikatsion texnologiyalar
va tizimlar
»
Fani bo’yicha
MA’RUZA MATNI
SAMARQAND 2020
“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
-2-
1-Mavzu: FANGA KIRISH
Reja:
1. Fanning ta‘rifi va mohiyati.
2. Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar
3. Jamiyatning rivojlanishida axborotlashtirishning roli
Tayanch so’z va iboralar: texnologiya, axborot, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, axborotlashtirilgan jamiyat , axborotlashtirish
1. Fanning ta’rifi va mohiyati
«Texnologiya» grekcha so‗z bo‗lib(techne) mohirlik, ustalik, biror ishni uddalay
olishni anglatadi. Bu ma‘lum bir jarayonga nisbatan qo‗llanilgan. Jarayon deganda
esa maqsadga erishishga yo‗naltirilgan xatti-harakatlar majmui tushunilgan. Ushbu
jarayon kishi tomonidan tanlangan strategiya bilan belgilanadi va turli xildagi
vositalar, usullar yordamida amalga oshiriladi.
Umumiy hollarda texnologiya deganda, mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida
amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli,
xususiyati, holatining o‗zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui
tushuniladi. Bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash deganidir.
Axborot texnologiyalari to‗g‗risida gap ketganda, material sifatida ham,
mahsulot sifatida ham axborot ishtirok etadi. Biroq bu ob‘ekt, jarayon yoki xodisa
to‗g‗risidagi sifat jihatidan yangi ma‘lumot bo‗ladi. Texnologiya xodimning axborot
bilan ishlash usuli va uslubi hamda texnik vositalar orqali namoyon bo‗ladi.
Sanoat ishlab chiqarishida har qanday texnologiya mahsulotni yaratishning
boshidan oxirigacha bo‗lgan texnologik jarayonni qamrab oluvchi tarkibiy
elementlari majmuining bayonini ifodalaydi. Tarkibiy elementlarining (texnologik
operatsiyalar) tarkibi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi: birinchidan, mazkur
texnologik jarayon asosiga nisbatan sifatli usullar va prinsiplar orqali, ikkinchidan,
mahsulotni tayyorlashning oxirgi jarayonidagi texnologik operatsiyani bajarish uchun
jalb etish mumkin bo‗lgan asbob-uskuna vositalari orqali.
Uslublar ayrim mahsulotlarni olishning prinsipial imkoniyatini tavsiflab beradi.
Ularning asosini inson tomonidan o‗rganilgan (balki to‗liq emas) tabiiy (fizik,
kimiyoviy, biologik) jarayonlar yoki mazkur soha mutaxassislarining ilmiy
izlanishlari natijasida to‗plangan tajribani aks ettiruvchi ayrim qonuniyatlar tashkil
etishi mumkin. Odatda muayyan bir texnologiya, usullar va prinsiplarni belgilovchi
butun majmuaga tayanadi. Bu majmua elementlarining ahamiyati ham turlicha.
Ulardan biri ishlab chiqarishning texnik jihatlarini, ikkinchisi ishning iqtisodiy
tomonini, boshqa biri tashkiliy tuzilmani belgilaydi.
Uslublar va prinsiplarning turlicha roli ularning texnologiya tuzilmasiga nisbatan
ta‘siri har xil bo‗lishini keltirib chiqaradi. Ba‘zan ayrim uslub yoki prinsiplarning
ishlab chiqarishga nisbatan ta‘siri hisobga olinmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |