“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
- mahsulotni sotish haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishda;
- to’lovlarning kelib tushishini qayd etishda;
- hisob va hisobotni olib borishda.
Boshqarmalarga oid hisoblar bu boshqarish faoliyatining yangi turi, uning
maqsadi firmaning moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijasining tahlili uchun shu
firmaning boshqaruv qismiga operativ va moliyaviy hisobning ma‘lumoti bilan
ta‘minlash va shu asosda optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish.
Boshqaruv faoliyati axborot ta‘minotning texnik rivojlanishi sari, bir
tomondan firma ichidagi ma‘lumotlar bazasini (MB) yigish, ikkinchi tomondan
operativ faoliyat uchun tezda kerak bo‘lgan ma‘lumotlardan foydalanish
imkoniyati yaratiladi. Boshqarmaga oid hisob boshqaruvning boshqa funksiyalari
bilan chambarchas bog‘langan, ayniqsa rejalashtirish bilan. Boshqarmaga oid hisob
firma ichidagi boshqaruv tarmog‘i sifatida o‘z ichiga hisob va hisobotning 4 ta
turini oladi: buxgalteriya hisobi; operativ hisobot; moliyaviy hisobot; statistik
hisobot.
Ularning har biri o‘ziga xos har xil spesifik funksiyalarni bajarib,
hisobotning aniq shakllariga ega.
Buxgalteriya hisobi - bu firmaning operativ boshqaruvi, moliyaviy va
statistik hisoboti uchun mo‘ljallangan joriy xo‘jalik faoliyati natijasi haqidagi katta
ma‘lumotlar tizimidir. Buxgalteriya hisobining maqsadi boshqaruv uchun MB
yaratish.
Buxgalteriya hisobi tizimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- mijozlar bilan pul tadbirlari va hisob kitoblari, ishlab
chiqarish zaxiralari, asosiy mablag’ va nomoddiy aktivlar, kapital quyilmalar,
tayyor mahsulot sotish, fondlar, rezervlar va zayomlar hisobotini olib borish;
- moliyaviy natijalarning hisobotini va tahlilini olib borish va
foydani ishlatish;
- ishlab chiqarish hisobining prinsiplarini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
- statistik ma’lumotlarni yig’ish va statistik hisobot olib
borish.
Shunday qilib buxgalteriya hisobi resurslarning holati va harakterini,
mahsulot ishlab chiqarishning harajatlari va uni amalga oshirish natijalarini qayd
qiladi.
Operativ hisobot – firmaning joriy har kungi boshqaruviga xizmat qilish,
buning asosida buxgalteriya hisobi turadi. Operativ hisobotning asosiy
ko‘rsatkichlari bu daromad va harajatlar, shu jumladan chiqarilayotgan
mahsulotning hamma turining tan narxini kalkulyasiya qilish.
Moliyaviy xisobot – bu firmaning pul mablag‘lari va moliyaviy xo‘jalik
resurslarning ishlatilishi haqidagi ma‘lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va
saqlash tizimidir. Bunga: ta‘minlab turuvchi, sotuvchi, boshqa tashkilotlar va
shaxslar bilan hisob kitobni olib borish va hamma moliyaviy amallarning hisobini
olib borish kiradi. Moliyaviy hisobot asosida moliyaviy natija aniqlanadi va
moliyaviy hisobot tuziladi, ya‘ni:
- balans hisobi;
Do'stlaringiz bilan baham: |