“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” --
15-Mavzu: STATISTIKA AXBOROT TIZIMLARI Reja: 1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari,
ularning xizmatlari va tashkil qilinishi
2. Axborot xizmatini ko‘rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy tahlil vazifalarini
yechishni tashkil qilish
1. Milliy iqtisodiyotni boshqarish tizimida davlat statistikasining vazifalari, ularning xizmatlari va tashkil qilinishi Davlat statistikasi — mamlakat milliy iqtisodiyotini boshqarish tizimidagi
eng muhim bo‗g‗inlaridan biri. U jamiyat hayotidagi ommaviy hodisalarni
o‗rganish, ularning murakkab o‗zaro aloqalari va hamkorliklarini aniqlash, hamda
milliy iqtisodiyotni faoliyat yuritish va rivojlanishga ilmiy asoslangan baho
berishga qaratilgan.
Davlat statistikasining asosiy vazifalari quyidagilar:
• milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari hamda ularga tegishli
korxonalarning faoliyati haqidagi statistik axborotlarni yig‗ish, ishlab chiqish va
turli foydalanuvchilarga taqdim etish;
• hozirgi sharoitda jamiyat ehtiyojlari va xalqaro andozalarga mos keluvchi
ilmiy asoslangan statistik uslubiyotlarini ishlab chiqish;
• barcha rasmiy statistik axborotlar to‗liqligi va ilmiy asoslanganligini
kafolatlash;
• milliy iqtisodiyotni boshqarish idoralarining statistik faoliyatini
muvofiqlashtirish va ular tomonidan sohaviy (muassasaviy) statistik kuzatishlarini
o‗tkazishni ta‘minlash;
• barcha foydalanuvchilarga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, milliy
iqtisodiyotning tarmoq, sohalari va sektorlari haqidagi rasmiy ma‘ruzalarni
tarqatish yo‗li bilan ochiq statistik axborotlarga teng kirishni taqdim etish.
Davlat statistikasi mamlakatda statistik axborot tizimlarini yaratish uchun
baza bo‗lib xizmat qiladi. Davlat statistika idoralari o‗z faoliyatini O‗zbekistonda
hisob va statistika tizimlarida milliy iqtisodiyotni rivoj-lantirishning davlat
tomonidan boshqarishning muhim tayanchi ekanligiga rioya qilgan holda amalga
oshiradi. O‗zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‗mitasi boshqaruv
idoralariga milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalari hamda ularga qarashli
korxonalar va tashkilotlar faoliyati haqidagi barcha zarur statistik axborotlarni
bergan holda, ularga nisbatan teskari aloqa vazifasini bajaradi.
Boshqaruv ob‘ektlari deganda tizimning me‘yoriy faoliyat yuritishi uchun
muntazam nazorat qilish va tartibga solishni talab qiladigan element tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotning tarmoqlari, sohalari hamda ularning korxonalari va
tashkilotlari boshqaruv ob‘ektlari bo‗ladi.
Ob‘ektlarni boshqarish uchun boshqaruvchi tizim (boshqarish sub‘ekti)
yaratiladi, u ularni o‗z vaqtida me‘yoriy faoliyat yuritishga olib kelishni
ta‘minlaydi. Boshqaruv idoralari boshqarish ob‘ektlariga davlat statistika idoralari