“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
Viloyat qo‗mitalari tarkibiga statistika bo‗yicha tuman (shahar) boshqarmalari
(bo‗limlari) — davlat statistika tizimining boshlang‗ich tashkilotlari kiradi. Ular
barcha qishloq xo‗jalik, sanoat, qurilish, trans-port, maishiy xizmat ko‗rsatish
korxonalari, tuman yoki shahar maorif va sog‗liqni saqlash idoralari ishi haqidagi
axborotlarni yig‗adi va qayta ishlab chiqadi.
2. Axborot xizmatini ko’rsatish vazifalarini yechishni tashkil qilish
Axborot xizmati ko‗rsatish vazifalarini yechish uchun axborot-kommuni-
katsiya texnologiyalarining ikki turi: ko‗rsatkichlar bo‗yicha ma‘lumotlar banki va
tayyor hujjatlar bankidan foydalaniladi.
Ko‗rsatkichlar bo‗yicha ma‘lumotlar banki (KMB) dasturiy, texnologik,
tashkiliy vositalar yig‗indisi ko‗rinishida amalga oshirilgan va statistika-ning turli
sohalari bo‗yicha ma‘lumotlar bazalari, ularning majmualarini yaratish uchun
foydalaniladi. KMB ma-halliy hisoblash tarmoqlari va masofadan kirish usulida
ishlashda ma‘lumotlarni ishlab chiqish va taqdim etishning rivojlangan vositalariga
ega.
Tayyor hujjatlar banki (THB) ba‘zi axborotlar va jadvalli statistik
materiallarga ega ma‘lumotlarning hujjatli grafik bazalarini yaratish uchun
qo‗llaniladi. THB turli ob‘ektlar uchun ma‘lumotlar bazalariga kirishni
ta‘minlovchi telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatidan iborat
bo‗ladi.
KMB va THB dasturiy majmualari Excel paketi interfeysiga ega, buning
natijasida ularning o‗zaro birga bo‗lishligi ta‘minlanadi.
Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
ma‘lumotlaridan foydalanish
xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz,
Ko‗rsatkichlar bo‗yicha ma‘lumotlar banki. KMBda axborotlarni saqlash
birligi quyidagi uch tarkibiy qismlar bilan belgilanadigan miqdordan iborat
bo‗ladi:
• ko‗rsatkich va uning alomati bilan;
• kuzatish ob‘ekti bilan;
• tadqiq qilinayotgan ob‘ekt bo‗yicha hisobotning davriyligi bilan.
KMB yordamida ishlab chiqilgan statistik ma‘lumotlar bazalari statistikaning
sohaviy boshqarmalari mutaxassislaridan iborat, ular uchun axborot usulida
(iqtisodchining AIJda) ishlashi bo‗yicha xizmat imkoniyatlarining keng majmuasi
beradi. KMB yordamida hujjat va boshqaruv respublika idoralari hamda boshqa
tashqi foydalanuvchilarga xizmat ko‗rsatish ta‘minlanadi: dialog usulida so‗rovlar
bajariladi va ma‘lumotlar to‗plamlari shakllantiriladi, buning uchun eksport
vazifalari va eng ko‗p tarqatilgan ADPning formatlaridan foydalaniladi (Lotus,
Excel, Word va boshqalar).
KMB Davlat statistika qo‗mitasining HMda sanoat foydalanishida bo‗lib,
uning xizmatidan sohaviy boshqaruv xodimlari, O‗zbekiston Respub-likasi
Prezidenti Apparati, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining mutaxassislari va
boshqalar foydalanadi.
KMB dasturiy majmuasi yordamida respublika darajasida quyidagi
ma‘lumotlar bazalari yaratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |