“Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar”
--
• jadvallarning chiquvchi shakllari maketlarini bayon qilish va tartibga
solinmaydigan so‗rovlar bo‗yicha ma‘lumotlarni olish;
• olingan jadvallarning kataklarni tanlash va joriylarini o‗zgartirish orqali
zamonaviylashtirish, berilgan formulalardan foydalanish bilan yangi hisoblangan
kataklarni shakllantirish;
• hisoblash ko‗rsatkichlarini shakllantirish va olish;
• ma‘lumotlarni agregatsiyalash;
• ma‘lumotlarni Lotus, Excel va boshqa elektron jadvallar formatlarida eksport
qilish.
Ma‘lumotlar bazalari ma‘mur tomonidan ma‘lumotlarga murojaat qilishga
tegishli parollar va huquqlar o‗rnatilishi tufayli ruhsatsiz kirishdan himoyalangan.
Hozirgi vaqtda Windows NT muhitida SQL Server MBBTdan foydalanish
bilan MB ishlab chiqish olib borilmoqda, u KMB barcha vazifalarini bajarishga va
respublika, viloyat, hududiy darajadagi foydalanuvchilarga statistik vazifalarni
yechishning barcha boshqa axborot-kommunikatsiya texnolo-giyalari bilan o‗zaro
hamkorliqda axborot xizmatlari ko‗rsatish vazifalarini sifatliroq yechishga imkon
beradi.
KMB ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish, ularning olib borilishi,
mintaqaviy darajada tartibga soluvchi ishlarning bajarilishi, tahliliy vazifalarning
yechilishi, uzluksiz bo‗lmagan tadqiqotlar o‗tkazish uchun tanlanishlarni
shakllantirish, boshqaruv idoralari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat
ko‗rsatishni ta‘minlaydi. U hududiy taqsimlangan ma‘lumotlar bazalari
sharoitlarida yaratish va ishlash uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
sifatida ishlab chiqiladi. Ham korxona yoki tashkilot, ham kuzatish ob‘ekti (hudud,
soha va h.k.) ma‘lumotlar bazalarining saqlash ob‘ektlari bo‗ladi. Bundan tashqari,
KMBning dasturiy ta‘minoti statistik axborotlarni yig‗ish va ishlab chiqish
uslubiyotlari o‗zgarishlariga moslashuvchi dasturiy majmua sifatida ishlab
chiqiladi.
KMBni ishlab chiqish asosida «mijoz-server» texnologiyasi tamoyillari
yaratilgan, bu ma‘lumotlar bazalarining katta hajmlari bilan ishlash va
ma‘lumotlarga tezkor murojaat qilishda LHT sharoitlarida axborot ishlab
chiqishning yuqori unumdorligini ta‘minlaydi.
Tayyor hujjatlar banki (THB). U ko‗p bosqichli taqsimlangan tizimini
yaratish uchun mo‗ljallangan, u Davlat statistka qo‗mitasi va uning hududiy
idoralari tomonidan hukumatning respublika, viloyat idoralari, davlat statistikasi
boshqarmalari hamda statistik axborotlardan foydalanuvchilar keng doiralarini
zamonaviy texnologiyalar asosida statistik materiallar bilan tezkor ta‘minlash
maqsadida ishlab chiqiladi.
THBda taqdim etilgan axborotlar to‗liq matnli, jadvalli, Windows operatsion
tizimiga o‗tish bilan hujjat ko‗rinishida taqdim etish grafik shakliga ega. THBning
rubrikatori statistik, iqtisodiy-tahliliy, uslubiy, me‘yoriy va boshqa tayyor
hujjatlarni o‗z ichiga oladi.
THB telekommunikatsion vositalarning keng servisli salohiyatiga ega, bu
THBni aloqa kanallari bo‗yicha boshqarishni va uning ma‘lumotlar bazalari
faollashuvini ta‘minlaydi. Foydalanuvchiga respublika (Statistika Qo‗mi-tasi) va
Do'stlaringiz bilan baham: |