"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

strategik reja
deyiladi. Umumiy maqsadlarni qanday qilib 
erishish yo`llarini ko`rsatib beradigan reja esa 
operatsion reja
deb yuritiladi. Bu 
to`g’risidagi fikrlar oldingi mavzuda batafsil keltirilgan.
Strategik reja, odatda korxona rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va uni 
amalga oshirishda korxonaning barcha xodimlari ishtirok etishadi. Korxona maqsadi 
va vazifalarini amalga oshirish yuzasidan batafsil, har tomonlama majmuaviy ishlab 
chiqilgan reja strategik rejalashtirishning pirovard natijasi hisoblanadi.
Strategik rejalashtirish 
– bu tashkilot rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan 
qarorlar va hatti-harakatlar majmuidir, buning natijasida tashkilot maqsadlariga 
erishishni ta`minlashga qaratilgan maxsus strategiyalar ishlab chiqiladi. Strategik 
rejalashtirish jarayoni boshqarish qarorlarini qabul qilishda asosiy instrument 
hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – bu tashkilotda kerakli darajada, muhlatda 
o`zgartirishlar va yangiliklarni joriy etishdan iborat. 
Strategik rejalashtirish jarayonini olib borishda asosiy 4 ta boshqarish faoliyati 
ajratiladi: 
1.
Resurslarni taqsimlash. 
2.
Tashqi muhitga moslashish. 
3.
Ichki muvofiqlashtirish. 
4.
Tashkiliy strategiyalarni anglash. 
Yuqori darajadagi rahbarning asosiy vazifasi faqatgina strategik rejalashtirish 
jarayonini ishlab chiqish emas, balki uni joriy etish va baholash bilan ham bog’liq. 
Strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi (9.2-chizma).
Korxonaning maqsadi va vazifalarini tanlash strategik rejalashtirish 
jarayonining eng dastlabki va mas`uliyatli boqichlaridan hisoblanadi. Bu jarayon 
9.2-chizma. Strategik rejalashtirish jarayoni. 
Maqsad va 
vazifalar 
Tashqi muhitni tahlil 
qilish 
Kuchli va kuchsiz 
tomonlarni tahlil qilish 
Muqobil variantni tahlil 
qilish va strategiya 
tanlash 
Strategiyani amalga 
oshirishni boshqarish 
Strategiyani 
baholash 


245 
rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlari uchun mo`ljal vazifasini o`taydi.
Strategik rejalashtirishda asosiy e`tibor berilishi lozim bo`lgan jihatlardan biri bu 
tashkilot missiyasini tanlash. 
Missiya
– bu hozirgi vaqtda va kelajakdagi 
iste`molchilarning manfaatini birinchi o`ringa qo`yadigan tashkilotning asosiy va 
umumiy maqsadidir. Bu ushbu firmaning nima uchun bunyod etilganini va 
iste`molchilar manfaatlari nuqtai-nazaridan qaraganda nima uchun zarurligini 
bildiradi. 
Missiya firma tuzilmasini aniqlaydi va quyidagilarni o`z ichiga oladi: 
1.
Firma qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqda. 
2.
Firmaning tashqi muhitdagi o`rni. 
3.
Tashkilot madaniyati. 
4.
Ayrim dunyoga mashhur kompaniyalarning missiyalari. 

IBM korporatsiyasi o`z missiyasini jamiyatning axborotga bo`lgan talabini 
qondirish deb biladi. 

«Ford» kompaniyasi uchun unga asos solgan Genri Fordning ko`pchilikka e`lon 
qilib aytgan: «Odamlarga arzon transport taqdim etish» gapi missiya bo`lib 
hisoblanadi. 

«Rev’en»(kosmetika) kompaniyasining missiyasi «Biz orzu-niyat sotamiz». 

Deyarli barcha o`ta yirik yapon firmalari uchun missiya: «Xaridorlarni juda 
yuqori sifatli tovarlar bilan ta`minlash». 
Rahbariyat korxona missiyasini atrof-muhitdan axtarib, quyidagi ikki savolga 
javob topadi:
1)
«Bizning mijozlarimiz kim»? 
2)
«Mijozlarimizning qanday ehtiyojlarini biz qondirishimiz mumkin»? 
Notijorat tashkilotlarning mijozlari bu uning xizmatidan foydalanuvchi va uni 
resurslar bilan ta`minlovchilar bo`lib hisoblanadi. 
Firma uchun umumiy bo`lgan maqsadlar korxona umumiy missiyasidan kelib 
chiqqan holda tanlanadi. 
Korxona mablag’ faoliyatining bosh maqsadi – kam mablag’ sarflab 
iste`molchilarga yuqori sifatli mahsulot yetkazib berish, topshiriq va shartnomalarni 


246 
bajarishdir. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik 
to`g’ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog’liq. SHu sohadagi tadqiqotlar 
maqsadning quyidagi mezonlariga mos kelishi lozimligini ko`rsatadi:

maqsadlar aniq va o`lchovga ega bo`lishi; 

davr (muddat)ning aniq bo`lishi; 

amalga oshirish mumkinligi; 

muvofiqlashtirilishini ta`minlash mumkinligi; 

ustivorlikka ega bo`lishi. 
Birinchi mezon
 
maqsadning aniq me`yoriy o`lchovga ega bo`lishini talab qiladi. 
Masalan, «shu davr ichida xodimlarning xizmat pillapoyalari orasidagi o`sishini 
taxminan 10-15 %ga oshirish», «sifati a`lo, ammo bahosi shuncha arzon bo`lgan 
mahsulotni ishlab chiqarish» va hokazo. Bunday maqsadlarni aniq qo`yish bilan 
rahbar barcha bo`g’inlarning istiqboldagi rivojlanishi bo`yicha miqdoriy mo`ljallarni 
belgilaydi.
Ikkinchi mezon
 
– bu prognoz qilinayotgan vaqt (davr)ni aniq belgilash 
lozimligidir. Bu mezonga binoan strategik rejalashtirish uzoq muddatli (besh yildan 
ko`proq muddatga), o`rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va qisqa muddatli (bir 
yilgacha) bo`lishi mumkin.
Maqsadga erishishning

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish