"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

– 
korxonaning
 
bozor holatini asosli o`rganish va oldindan baholash 
asosida tovarlarni ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish orqali foyda olishga 
qaratilgan faoliyatidir.
Marketing funktsiyalarini tekshirish jarayonida uning quyidagi yettita unsurini 
tahlil qilish tavsiya qilinadi:

Korxonaning bozordagi salmog’i va raqobatbardoshligi. 


250 

Buyumlarning assortimenti va sifati. 

Bozor sharoitidagi demografik holat. 

Bozorni tadqiq qilish va ishlanmalar holati. 

Mijozlarga ko`rsatiladigan xizmatningsotishdan oldin va sotishdan keyingi 
darajasi. 

Tovarlar harakati, reklama va sotish samaradorligi. 

Korxona foydasi. 
Strategik rejalashtirishning marketing sohasidagi parametrlari ko`p jihatdan 
qayd qilingan unsurlarning kuchli va kuchsiz tomonlarini to`g’ri aniqlanishiga 
bog’liq. 
Korxonaning 
moliyaviy holatini
 
tahlil qilish, undagi kuchli va kuchsiz 
tomonlarni aniqlash strategik rejalashtirish samaradorligini yanada oshirishi mumkin. 
Ishlab chiqarishning kuchli va kuchsiz tomonlarini
 
tahlil qilish korxonaning bozor 
sharoitiga tezroq moslashishiga, raqobat kurashlariga doimo tayyor bo`lishiga zamin 
tayyorlaydi.
Inson resurslariga
 
oid muammolarni tahlil qilish nafaqat strategik rejalashtirish 
jarayoni uchun, balki bozor iqtisodiyoti sharoitida inson omili o`ynaydigan muhim 
rolni aniqlash uchun ham zarurdir. Agar tashkilot malakali xodimlar va aniq maqsad 
sari intiladigan rahbarlarga ega bo`lsa, unda tashkilot har qanday muqobil 
strategiyalar sari borishga qodir bo`ladi. 
Firma holatining noan`anaviy omillari firmaning uzoq muddatli istiqbolda 
muvaffaqiyatli faoliyat ko`rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga 
madaniyat va korxona nufuzi(imidj) kiradi. Tashkilotdagi atmosfera va undagi 
ijtimoiy muhit korporatsiya madaniyati deyiladi.
Madaniyat tashkilotdagi urf-odatlarni, munosabatlarni va axloqni xarakterlaydi. 
Firma imidji bu firma tomonidan xodimlar, mijozlar va jamoatchilik fikri orqali 
yaratiladigan taassurotlari.
Strategiyani tanlash
– 
bu strategik rejalashtirishning markaziy masalasi 
hisoblanib, u bir necha bosqichlardan iborat bo`ladi: muqobil strategiyalarni 
aniqlash; aniqlangan muqobil strategiyani qiyomiga yetkazish; qiyomiga yetkazilgan 


251 
strategiyaga baho berish. Amaliyotda bu bosqichlarni bir-biridan ajratish qiyin. 
Zero, ular yaxlit tahlil jarayonining turli darajasidagi tadbirlardir. Faqat turli 
bosqichlarda turli usullar qo`llaniladi.
Birinchi bosqichda
korxona oldiga qo`yilgan maqsadni amalga oshirishni 
ta`minlovchi strategiya belgilab olinadi. Bunda eng muhimi shu maqsadga 
erishishning turli varianlari ishlab chiqiladi. Bu ishga korxonadagi barcha bo`g’in 
boshqaruvchilarini jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuvni tanlash 
imkoniyatini yaratadi.
Ikkinchi bosqichda
– tanlangan strategiyalar qayta ishlanadi va korxonaning 
rivojlanish maqsadiga monand keluvchi ko`p qirrali umumiy strategiya 
shakllantiriladi.
Uchinchi bosqichda
– 
tanlab olingan umumiy strategiya doirasidagi muqobil 
(variant)lar tahlil qilinadi va uning bosh maqsadni yechishdagi yaroqlilik darajasi 
baholanadi. Aynan shu bosqichda umumiy strategiya aniq va yangi mazmun bilan 
to`ldiriladi.
Strategik rejalashtirish tashkilot maqsadlarini tanlash va ularga erishish uchun 
nima qilish zarurligi xususida qarorlarni o`z ichiga oladi. Strategik rejalashtirish 
barcha boshqaruv qarorlari uchun asos bo`ladi. Ammo har qanday rejani amalga 
qo`llamaslik balandparvoz so`zlar bo`lib qolaveradi. Amalga oshirish strategik rejani 
harakatga keltiradi. Rejalarni tuzishdagi eng asosiy hal qiluvchi bosqich missiyani 
tanlash va maqsadlarni oydinlashtirish bo`lib hisoblanadi. Bularga erishish uslublari 
esa mehnat jamoasida erkin hatti-harakatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Korxona 
rahbarlari strategik rejani amalga oshirish uchun rejalar, dasturlar va loyihalarni 
ishlab chiqishlari, uni asoslashlari, byudjet masalalarini hal qilishlari, xullas 
strategiyaning ijrosini boshqarishlari lozim bo`ladi. Bu tadbirlarning asosiy vazifasi 
kelajakdagi qarorlarga tayangan holda va qo`yilgan maqsadlarga samarali erishish 
uchun muqobillarni amalga oshishini boshqarish kerak. Bundan asosiy maqsad 
barcha hatti-harakatlarning bir-biriga bog’liqligidir.
Rasmiy rejalashtirishning asosiy tashkil etuvchilari bu taktika, siyosat, 
protsedura va qoidalardir (9.4-chizma). 


252 
Taktika.
Bu qisqa muddatli reja va strategiyalar.
Taktik rejalarning asosiy tasnifi: 

taktika strategiyani rivojlantirish uchun ishlab chiqiladi; 

strategiya qariyb barcha hollarda yuqori boshqaruv pog’onalari tomonidan ishlab 
chiqilsa, taktika esa ko`proq o`rta pog’ona rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi; 

taktika strategiyaga nisbatan qisqa muddatga mo`ljallangan; 

strategiyaning natijalari bir necha yil davomida to`la namoyon bo`lmagan paytda 
taktika natijalari juda tez yuzaga chiqadi va aniq holatlar bilan oson solishtiriladi. 
Siyosat.
Rahbariyat uzoq muddatli va taktik rejalarni ishlab chiqqanidan keyin, 
bu rejalar yo`nalishni o`zgartirmaslik maqsadida qo`shimcha tadbirlar ishlab chiqadi. 
Strategiyani amalga oshirish jarayonidagi bu bosqich, siyosatni ishlab chiqish 
bosqichi deb yuritiladi. Siyosat bu maqsadlarga erishishni osonlashtiradigan qaror 
kabul qilish hamda hatti-harakatlar uchun umumiy qo`llanma bo`lib hisoblanadi. 
Siyosat yuqori rahbariyat tomonidan uzoq muddatga mo`ljallab ishlab chiqiladi. 
Masalan, yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun yangi asboblar miqdorini 
kamaytirish siyosati bo`lishi mumkin. 
Protseduralar
 
rahbariyat tomonidan ishlab chiqiladi. Protsedura – bu aniq 
vaziyatda nima qilish kerakligini ko`rsatadi. Mohiyati jihatidan protsedura 
dasturlashtirilgan qaror qabul qilishni anglatadi. Umuman olganda individ 
Strategik rejani amalga 
oshirish 
Taktika 
Siyosat 
Protsedura 
Qoida 
Vaziyat 
aniqlashib 
boradi 
Hatti-harakat 
miqyosi 
torayib 
boradi 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish