"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

 
Tayanch iboralar: 
strategiya, strategik menejment, iqtisodiy strategiya, maxsus 
strategiya, 
funktsional 
strategiya 
mujassamlashtirilgan 
strategiya 
diversifikatsiyalashgan strategiya, strategik reja, operatsion reja, strategik 
rejalashtirish, missiya, mezon, tashqi muhit omillari, aralash strategiya, strategik 
muqobilliklar, taktika, siyosat, protsedura, qoida, byudjetlar, miqdoriy mezonlar.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


256 
X BOB. Sanoat korxonalari marketingini boshqarish. 
10.1. Marketing tushunchasi, turlari va strategiyasi. 
Marketing - insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondrishga 
qaratilgan faoliyatidir. Marketing tarkibiga bozorni o`rganish. Iste`molchi 
buyurtmasiga ko`ra mahsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, 
reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga yetkazib berish 
bilan bog’liq tadbirkorlik faoliyati kiradi.
Marketing konstruktor, muhandis, iqtisodchi va boshqa mutaxassislarga bozor 
ehtiyojlari bilan tanishish, iste`molchi ushbu mahsulotning qanday bo`lishini istashi, 
unga qancha haq to`lashi, u kim uchun zarurligi haqida mulohaza yuritish imkonini 
beradi. 
Bozor sharoitida korxonani boshqarish marketingni ishlab chiqarish tsiklining 
boshiga qo`yadi, chunki xo`jalik qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish 
imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridor extiyojlari yotadi. Oxir natijada 
korxona ko`lami, korxonani boshqarish tashkiliy tarkibini, boshqaruv tamoyil va 
usullarini, xizmat ko`rsatish yo`nalishlarini bozor belgilaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona bozor kon’yukturasi, bo`lajak sheriklar 
imkoniyatlari, narxlar o`zgarishi xaqida axborot olish asosida o`z ishlab chiqarishini 
moddiy-texnikaviy ta`minlash va kapital qurilishni tovarlar va xizmatlar bozoridan 
(bevosita ishlab chiqaruvchidan, ulgurji savdoda, shu jumladan, yarmarka, kimoshdi 
savdosi, hamda moddiy-te`minot va boshqa vositachi tashkilotlardan) resurslar sotib 
olish yo`li bilan amalga oshiradi.
Natijada korxonaning reja-iqtisod, texnika, texnologiya, ta`minot va sotuv 
bo`limlari vazifalari o`zgaradi. chunki korxona muhandis-texniklari resurslardan qay 
darajada foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini bilishlari, bozor ta`siridan 
erkin bo`lishlari uchun korxonada bozor iqtisodiyoti, korxona ishlab chiqarish va 
moliya siyosati masalalari bo`yicha axborot manbaasi, bo`lgan maxsus marketing 
xizmatini tashkil etish extiyoji vujudga keladi. 
Marketing bo`limi bozorni, ijtimoiy talab xolati va o`zgarishi, kon’yukturani 
o`rganish natijasida korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot zarurligi, istiqboli 


257 
masalasini hal etadi. Korxonani marketing vositasida boshqarish ancha mushkul 
bo`lib, katta xajmda reja-xisob kitoblarini, kadrlarni qayta tayyorlashni, boshqaruv 
vazifa va usullarini tubdan o`zgartirishni talabqiladi. Faqat korxona, butun iqtisodiyot 
xo`jalik mexanizmini tubdan qayta qurishi asosidagina marketing tendentsiyasini 
qo`llash mumkin. Aks holda korxona tez o`zgaruvchan talabga moslasha olmay 
raqobat kurashiga bardosh bera olmaydi. Bu korxona foyda ko`rmasligi va undan 
kelib chiquvchi boshqa oqibatlarga olib keladi. Chunki faqat iste`molchilar extiyojini 
xisobga olib, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalana olgan korxonagina o`z 
mahsulotini sotishdan foyda olishi mumkin. Bu ma`noda amerikalik avtomobil’ 
magnati G.Fordning fikrini ta`kidlab o`tish zarur. Undan qanday qilib millioner 
bo`lganligini so`raganlarida quyidagicha javob bergan: «Juda oson. Men o`z 
avtomobillarimni bozorda boshqalarga nisbatan arzonroq sotib, o`z ishchilarimga 
boshqalarga nisbatan ko`p xaq to`laganman». Bunday holda u sinishi kerak edi, lekin 
u raqobatchilarini bozordan siqib chiqarib bozorni egallagani uchun millioner bo`ldi. 
Tovar pul munosabatlari jamiyatni o`z-o`zini boshqarish mexanizmi bilan 
qurollantirgani uchun bebaho xususiyatga ega. Tartibga solinuvchi bozor xo`jalik 
faoliyatini iste`molchiga qaratish, tashkiliy tizimlar, boshqaruv tamoyili va usullarini 
qayta qurish, korxona maqsad va vazifalarini o`zgartirishni talab qiladi. 
Amerikalik iqtisodchi Filipp Kotler o`zining mashhur «Markting bo`yicha 
boshqaruv» qo`llanmasida marketing turlarining klassifikatsiyasini bergan. 
10.1-shakl 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish