II.4. MONETARIZM VA NEOLIBERALIZM EVOLYUTSIYASI
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada
aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g'oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keyinschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo'llaydi. Keyinchilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va haridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo'yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o'nta keng qo'llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo'lgan davlat byudjeti kamomadi va inflyatsiyaga olib kelishida ko'rinadi.Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish printsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat to'zilmalarining yetakchi bo'lishini qo'llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa «tunggi qorovul» yoki «sport sud`yasi» qabilida bo'lishi ko'zda tutiladi. Bu yo'nalishning yirik vakili L.Erhard fytganidek «Raqobat mumkin bo'lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo'lgan yerda» amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo'lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.
XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo'layotgan militaristik g'oyalar nihoyatda kuchli bo'lib, ko'p mamlakatlarda (Germaniya,
Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erhard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek,
L.Robbins va b.). Frantsiyada neoliberal g'oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryuef, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o'sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy
platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferentsiyada neoliberalizmning asosiy printsiplari xalqaro ko'lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig'ilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi, buning sababi shuki, o'sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e'lon qildi va undagi g'oyalar neoliberal printsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo'llab-quvvatlangan neoliberal umumiy printsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g'amo'rlik qilishlari va ularni barcha xo'jalik sub'ektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko'maklashuvi so'raladi. Bu xujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo'li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko'rilishi mumkin deb hisoblanadi. 2-jahon urushidan so'ng neoliberalizm printsiplari dastlab Farbiy Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 yildan boshlab bu g'oyalar Adenaurer-Erhard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, A.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha ko'rinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar.
Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xo'jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor o'zoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalarni o'zboshimchalik bilan to'zadigan tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro'y beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot to'g'risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar. Neoliberalizm: xususiyati va asosiy belgilari
Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo‘jalik yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‘sish uchun eng qulay shart-sharoit yaratib berishi to‘g‘risidagi qoidaga asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish printsiplaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va
nodavlat xo‘jalik tuzilmalarining etakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi Bunda ular davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib turadigan, lekin o‘yinda ishtirok etishga haqi bo‘lmagan hakamga o‘xshatadi. Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal kontseptsiyasi vakillari L.Erxardning – “mumkin bo‘lgan barcha joyda – raqobat, qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerda - tartiblash” qoidasiga amal qilgan holda, iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish va iqtisodiyotdagi nomuvozanatlikni bartaraf etish sharti sifatida tadbirkorlarning erkin va barqaror amal qilishga ko‘maklash zarurligini isbotlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |