Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Institutsionalizmdagi rahnamolar



Download 137 Kb.
bet13/18
Sana01.01.2022
Hajmi137 Kb.
#283658
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1111111111111111111SHAVKAT

Institutsionalizmdagi rahnamolar

Institutsionalizm yo‘nalishiga yangi hayot bag‘ishlagan Amerika iqtisodchilari Jon Kommons (1862-1945) va Uesli Mitchell (1874-1948) hisoblanadi. J.Kommons o‘zining «institutsional iqtisodiyot» kitobida xo‘jalik jarayonlarga ta’sir etuvchi har xil noiqtisodiy (avvalo huquqiy) omillarni tadqiqot qildi. U Amerika ishchilar harakati, kasaba uyushmalarining va tadbirkorlar ittifoqining tashkil topishi tarixini o‘rgandi, mehnat huquqini tahlil qildi. J.Kommons fikriga ko‘ra, jamiyatning huquqiy tizimi xo‘jalik hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Uningcha, bitim (ya’ni huquqiy akt) iqtisodiy tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanadi. Bitim ishtirokchilari sifatida ko‘proq individlar emas, balki kasaba uyushmalari va tadbirkorlar ittifoqlari qatnashadilar. Bitim o‘z tabiatiga ko‘ra uning ishtirokchilari manfaatlari ixtilofli bo‘lishini taqozo etadi. Bunda xakamlik vazifasini davlat o‘z zimmasiga oladi. U vujudga keladigan qarama-qarshiliklarni echib beradigan huquqiy mexanizmni ishlab chiqishi lozim. Masalan, yollanma ishchilar bilan tadbirkorlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar kasaba uyushmalari va tadbirkorlarning maqsadga muvofiq o‘zaro ta’siri, samarali mehnat huquqi va maxsus hukumat hay’ati faoliyati tufayli echilishi mumkin. J.Kommons o‘zining ijtimoiy hayotga bo‘lgan qarashlarini tajribada realizatsiya qilish maqsadida Amerika mehnat federatsiyasi bilan faol hamkorlikda ish yuritdi.1935 yili uning ta’siri asosida AQShda pensiya ta’minotiga asos solgan «Sotsial himoya to‘g‘risida akt» qabul qilindi. U.Mitchell fikriga ko‘ra kishilar faoliyatida asosiy harakatlantiruvchi kuch pul hisoblanadi. Aynan moliyaviy institutlar inson hatti harakatining xarakterini aniqlab beradi. U.Mitchell o‘z asarlarida axborotlarni ishlashda statistik tahlil vositalaridan va matematik uslublardan keng qo‘llandi. Mazkur uslub bozor kon’yukturasi dinamikasini empirik (tajribaga asoslangan) tadqiqot qilishga, kapitalistik xo‘jalikning bir qator tsiklli tebranish qonuniyatlarini ochib berishga imkon berdi. Uningcha, har bir tsikl o‘ziga xosligi bilan ajiralib turiladi, ularning asosida juda ko‘p sabablar yotadi, ular betakrordir. Shuning uchun bitta universal tsikllar nazariyasi bo‘lishi mumkin emas. U.Mitchell o‘z tadqiqodlariga asoslangan holda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi yordamida inqirozsiz tsikl kontseptsiyasini asoslab berishga harakat qildi. Maxsus davlat rejalashtiruvchi organlarini tuzish, uning fikriga ko‘ra, tsiklli tebranishni yumshatish va qulay iqtisodiy kon’yukturaga erishish vositasi bo‘lishi kerak. Bunda rejalashtirish majburiy xarakterda emas, balki tavsiyali xarakterda bo‘lib, u real, erishish mumkin bo‘lgan pirovard maqsadlar ko‘zda tutilgan ilmiy prognozlashtirishga asoslangan. U. Mitchellni AQShda iqtisodiy tadqiqodlar milliy byurosi asoschisi va iqtisodiyotdagi tsiklli hodisalarni birinchilardan bo‘lib tadqiqot qilgan iqtisodchi deb tan olinishi unga katta shuhrat keltirdi. U psixologi tahlilni hisobga olgan holda, sotsial-madaniy muammolar bilan birgalikda pul, moliya va kredit omillari sohasidagi iqtisodiyotga davlatning ta’sir ko‘rsatishi mumkin va zarur deb hisobladi.

MERKANTILIZM

Natural xo‘jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabat-lari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy adabiyotda odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italiyancha «merkante» so‘zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi), bu bozor (kapi-talistik) iqtisodiyotga bo‘lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir.


Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish