Ordoliberalizm” nima?
Ikkinchi jahon urishidan keyin neoliberalizm g‘oyalari eng avval g‘arbiy Germaniya amaliyotida muvoffaqiyatli qo‘llanila boshladi. Bu yerda 1948 yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. O‘sha yili Oykenning muharrirligi ositida xo‘jalik va ijtimoiy tuzum to‘g‘risidagi neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop etildi. V.Oyken ishlatgan “Ordo” so‘zi “Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo‘jaligi” tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida xatto “ordoliberalizm” deb atali boshladi. Ordoliberal kontseptsiyasi asosida “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Velgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi. V.Oyken “iqtisodiy tizim” tiplari to‘g‘risida Valter Oyken (1891-1950) o‘zining “Milliy iqtisodiyot asoslari” (1947) kitobida iqtisodiyotni bozorga asoslanib tashkil etish shakllarining asosiy tiplarini (turlarini) ko‘rsatib beradi. Mazkur kitobning “Iqtisodiy tizimlar” bobida “xo‘jalikning ideal tiplari” to‘g‘risidagi g‘oya ilgari suriladi. Unda Oyken xo‘jalik shakllarining barcha turlarini faqat ikkita iqtisodiy tizimga – erkin bozor xo‘jaligi va markaziy boshqaruv xo‘jaligiga ajratib ko‘rsatadi. Bu shakllar ideal yoki sof xo‘jalik tiplari hisoblanadi va boshqaruv uslublari bo‘yicha bir biridan farq qiladi. Birinchi xo‘jalik tipida buyruq berishga, o‘z hukmini o‘tkazishga hech kimning haqi yo‘q. Ikkinchisida – barcha qarorlar yuqoridan qabul qilinadi, demak o‘z-o‘zidan yuzagi kelish holatlari bo‘lmaydi. Oykenning keyinchalik qayd qilishicha, real voqelikda bunday ideal xo‘jalik tiplar amal qilmaydi. Shuning uchun “xo‘jalikning ideal tipi” tushunchasi bilan birga, u iqtisodiy hayotda doimo amal qiladigan “xo‘jalikning real tipi” tushunchasini kiritadi. Lekin har xil iqtisodiy tizim xo‘jalikning ideal tipiga intiladi. Bu yerda xo‘jalik tiplari nima bilan aniqlanadi degan savol tug‘iladi. Buning sababi, Oykennnig fikricha, mamlakatning milliy-mintaqaviy xususiyatlariga, ya’ni an’ana, urf-odat, ahloq, din, madaniyat darajasi, odamlar ongining shakllanishi va shu kabilardan kelib chiqadi. Boshqacha aytganda xo‘jalik tiplari xalqning o‘z tanloviga bog‘liq. Oykenning fikriga ko‘ra, ibtidoi jamoa, quldorlik, feodal yer egaligi, totalitar davlatlar, shu jumladan sotsialistik iqtisodiyot markazdan boshqariladigan xo‘jalikka intiladi. Xalq qancha madaniyatlashgan bo‘lsa, u shuncha markazlashtirilmagan iqtisodiyotni tanlaydi. Bunday vaziyatda davlat o‘zini qanday tutishi kerak? Neoklassiklar nuqtai nazariga ko‘ra, bozorni tanlash – tabiiy jarayon, chunki ular iqtisodiyotning faqat bir tipini, ya’ni erkin bozor xo‘jaligini tan oladi. Oyken bo‘yicha esa, insoniyat uchun iqtisodiyotning ikki tipi tabiiy; markaziy-boshqaruv xo‘jaligi o‘zining amal qilishida hatto ancha uzoq tarixiga ega. Shuning uchun, xalqning xo‘jalik tipini tanlashida davlat uning istagiga quloq solishi, sotsial institutlarni tashkil etishda yordam berishi kerak. Masalan, agar bozor bo‘lmasa, bozorni tashkil etish. Keyin davlat bir chetga chiqib turishi va bozor kuchlarining o‘yin qoidalarini kuzatib borishi kerak. Bu yerda neoliberallar futbol komandasini misol tariqasida ko‘rsatadi. Ularning nuqtai nazariga ko‘ra, davlat – bu futbol hakami, neoklassiklar esa davlatni hakamsiz ko‘cha futbol komandasiga o‘xshatadi. Neoliberal yo‘nalish keynschilik va neoklassik yo‘nalish bilan o‘xshashlik tomoni bo‘lsada, ulardan farq qiladi. Neoliberalizm – iqtisodiyotni tartiblash variantlaridan biri, ammo keynschilikka nisbatan tabiiy bozor mexanizmini ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi. Neoliberallar fikriga ko‘ra, ular iqtisodiy tizimni tanlash to‘g‘risidagi ta’limotni shakllantirdi. Agar neoklassiklar sotsialistik tizimni ko‘zi bog‘langan, ertami-kechmi o‘raga qo‘lab tushadigan tizim sifatida tarixning qisqa muddatli xatosi deb hisoblangan bo‘lsalar, neoliberallar esa, markaziy-boshqaruv xo‘jaliginiiqtisodiyotning tabiiy varianti deb hisoblaydi. U (iqtisodiyot) istibod tartibodidan kelib chiqqan-ku (Rossiyada – podshoh, Sharq xalqlarida – xon v b.). Shuning uchun, neoliberallar fikriga ko‘ra, markaziy-boshqaruv xo‘jaligi tarixning xatosi hisoblanmaydi, balki uzoq tarixga ega, o‘zida erkin tadbirkorlik unsurlarini, albatta mujassamlashtiuvchi qonuniyatli jarayon hisoblanadi.
Xulosa
XX asrda vujudga kelgan va avvalgilaridan ko’ra ko’p soҳalarda farq qiladigan iqtisodiy bilimlar xozirgi zamon nazariyalari xisoblanadi. Ularning muxim xususiyatlari shuki, xayot tajribasi asosida muxim yangi xulosalar va yangi takliflar yuzaga keldi. Masalan, o’z davrida faqat sof xoldagi tadqiqotlar xaqidagina gap borgan bo’lsa (erkin bozorda davlat roli deyarli yo’q, buyruqbozlik iqtisodiyotida ishlab chiqarish va istemol bo’yicha qarorlar davlat tomonidan qabul qilinadi), endilikda odatda "Aralash iqtisodiyot" to’g`risida gap boradi va bozor munosabatlari saqlangan xolda davlat ҳam xo’jalikka turli yo’llar va sabablarga ko’ra aralashadi. Endigi nazariy xulosalar xayotga tobora yaqinlashib bormoqda.
Hozirgi iqtisodiyot nazariyasi yondashuvlar. Hozirgi iqtisodning prеdmеti. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni oddiy va ma’naviy nе’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istе’mol qilish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga turtki bo’lganligiga amin bo’ldik
Hozirgi iqtisod nazariyalari davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi ekanligi. Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkurining shakllanishida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini tahlil qilish va bilishda iqtisodiyot nazariyasi hissasi katta ekanligi Iqtisodiyot nazariyasi insonlarni ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda va milliy istiqlol g’oyasini rivojlantirishga turtki bo’ladigan yo’nalishlardan biri ekanligi namoyon bo’ldi va bu nazariyaning yo’nalishlari keng miqyosda oshib bormoqda chunki dunyoning hozirgi iqtisod nazariyasiga qo’yilayotgan talablari oshmoqda bu esa yangi yo’nalislar ochilishiga olib kelmoqda.
Foydanalanilgan adabiyotlar;
1.Agapov I. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. – M.: ViM, 1997.
2.Bartenev S.A. Ekonomicheskie teorii i shkoli. - M.: Bek, 1996.
3.Bartenev S.A. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. V 6 t. - M.: «Ekonomist’», 2005.
4.Jid. Sh., Rist Sh., Istoriya ekonomicheskix ucheniy. - M.: Tsentr, 1998.
5.Konotopov M.V., Smetanin S.I. Ekonomicheskaya istoriya - M.: «Dashkov i K0»,2005.
6.Razaqov A. va b. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (o‘quv qo‘llanma) - T.: Moliya, 2002.
7.Rijov I.V. Istoriya ekonomicheskix ucheniy. – M.: «Perspektiva», 2004.
8.Xrestomatiya po ekonomicheskoy teorii. - M.: Yurist’. 2000.
Do'stlaringiz bilan baham: |