Klassiklar metodologiyasidan farqi
J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida haddan tashqari tejamkorlik va jamg‘armaning maqsadga muvofiq emasligi va, aksincha, vasitalalarning har tomonlama sarflanishi (ishlatilishi)ning foydasi to‘g‘risida fikr aytiladi, negaki olimning ta’kidlashicha, birinchi vaziyatda vositalar samarasiz likvidlik (pul) shaklini oladi, ikkinchisida esa talab va ish bilan bandlikni oshirishgsha yo‘naltirilishi mumkin. U shuningdek J.B.Seyning «Bozor qonuni»ning dogmatik qoidalari tarafdorlarini keskin va dalillar asosida tanqid qildi. Bu borada u shunday yozadi: «Sey va Rikardo davridan boshlab iqtisodchi – klassiklar o‘rgatdilar: taklif o‘zi talabni keltirib chiqaradi… mahsulotning barcha qiymati bevosita yoki bilvosita mahsulot sotib olishga sarflangan bo‘lishi kerak». J.M.Keyns klassiklarning bu tezisini tanqid qilib, u faqat natural ayirboshlash Milldagi kabi) sharoitida amal qilishi mumkinligini va unda iqtisodiy hayotda pul hech qanday mustaqil rol o‘ynamasligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun, uning ta’kidlashicha, «Sey qonuni… to‘la ish bilan bandlikka erishishda hech qanday to‘siq yo‘q degan taxmin bilan bir narsadir». Jamg‘arma va investitsiyalarning tenglashuvi mexanizmi Jamg‘arma va investitsiyalar to‘g‘risidagi qarorlar turli guruh kishilari tomonidan qabul qilinadi, uning ustiga ular har xil, bir-biriga mos bo‘lmagan motivlarga asoslanadi. Investitsiyalarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiqot qilish shu narsani ko‘rsattiki, ular eng avvalo ko‘riladigan foydaga va ssuda foizi normasiga bog‘liq bo‘ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va foiz stavkasi qancha past bo‘lsa, kredit olish va investitsiya hajmini ko‘paytirish shuncha foydali). Bundan tashqari, investitsiyalar o‘z tabiatiga ko‘ra barqaror bo‘lmaydi, negaki tadbirkorlar bo‘lajak kon’yukturani oldindan ko‘rib bilishga qodir emas va qaror qabul qilishda taxminiy axborotlarga qarab mo‘ljal qiladilar. Ishlab chikarishning har bir darajasiga uning o‘z iste’mol va jamg‘arma darajasi muvofiq keladi. Bundan tashqari, milliy daromad miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, uning jamg‘ariladigan qismi ham mutlaq ham nisbiy ifodasi jihatdan shuncha ko‘p bo‘ladi. Lekin barcha mahsulot realizatsiya qilinishi uchun, jamiyatning jami xarajatlari milliy daromadga teng bo‘lishi kerak, boshqacha aytganda – barcha jamg‘arma investitsiyalarga aylanishi kerak. Demak, to‘la ish bilan bandlikni ta’minlovchi yuqori ishlab chiqarish darajasi juda katta miqdorda kapital qo‘yilmasini talab qiladi. J.M.Keynsning «investitsiyalar o‘z jamg‘armalarini hosil qiladi», degan mashhur qoidasiga muvofiq, agar investitsiyalar hajmi jamg‘armalar hajmidan ortiq bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg’amalariga teng bo’lsa ,yalpi talab taklifga teng va milliy darmad darajasi o’zgarmay qoladi.
Iqtisodiyotda bir qancha ofatlar, xususan, ommaviy ishsizlik va inflyatsiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda asosiy muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Qanday qilib aholining mo'tadil va to'la bandligini, real daromadlar O'sishini ta'minlash mumkin degan savollar hammani, iqtisodiyot fani noyondolarini ham qiziqtirib kelmoqda. Ayniqsa inqirozsiz iqtisodiy siklning sirlari nimani muhimdir.
Hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida A.Lafferning soliqlar hajmi va yalpi milliy mahsulot o'rtasidagi bog'lanish tahlil etilgan. Laffer effekti bo'yicha soliqlarni oshiraverish bilan milliy daromad ma'lum miqdoriga oshadi, keyin pasayadi. Soliqlar miqdorini pasaytirish qisqa davr mobaynida byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelsa ham, istiqbolda jamg'armalar, investitsiya va daromadlar ko'payishi tufayli byudjet tushumlari oshadi. Soliq stavkasi optimumini yetish uchun egri chiziq (Laffer egri chizig'i) chizilgan.Unga ko'ra, soliq ortishi bilan davlat byudjetiga tushumlar ortavermaydi. Aksincha, shunday ma'lum chegara borki, undan ortiq soliq stavkasi byudjetga tushumlarni kamaytiradi, chunki yuqori soliqlar xo'jalik faoliyatiga bo'lgan qiziqishni (rag'batni) kamaytiradi va ishlab chiqarish hajmlarining pasayishiga olib keladi. Demak, ma'lum xollarda soliq stavkalari pasaytirish ishlab chiqarishning faqat o'sishigina olib kelmasdan, byudjetga soliq tushumlarining o'sishiga ham olib keladi.
Bunday siyosat Rfda 2000 yildan boshlab amalga oshirildi, soliq stavkalari barcha uchun 13% ga tushurildi va yaxshi natija bermoqda. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida olamda bo'lib o'tgan aniq ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar tufayli jahondagi mamlakatlarning salohiyoti keskin o'zgardi, ilgari ilg'or bo'lgan
davlatlar 2-o'rinlarga (Angliya, Frantsiya), nisbatan qoloq bo'lgan davlatlar esa 1-o'rinlarga chiqib olishdi (AQSH, Germaniya). Xuddi shu davrda yetakchi mamlakatlarda erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotdan ko'pincha monopolistik (mono-bir) iqtisodiyotga o'tish kuchaydi.
Monopoliya kuchayishi monopol foyda olishga imkon yaratdi va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qila boshladi. Shu sababli antimonopol choralar qo'llash g'oyasi ilgari surildi, bu birinchi AQShda ro'y berdi. Keyinchalik (va hozirda) barcha davlatlar bunday chorani qo'llaydilar.
II.2. INSTITUTTSIONALIZM YO'NALISHI.MERKANTILIZM
Antitrest siyosati yo'li bilan iqtisodiyot ustidan ijtimoiy nazoratning turlicha metod (usul)lari Qullanila boshlandi. Ana shu usullarning nazariy asoslari yuzaga keldi va hozirda ham mavjud.
Iqtisodiy ta'limotlardagi institutsionalizm yo'nalishi AQShda XX asrning 20-30 yillarida keng tarqaldi, ammo u ancha oldin, XIX asrning ohirlarida vujudga kelgan (T.Veblennning 1899y. chiqqan «Bekorchi sinflar nazariyasi» asari bilan bog'liq). Bu yo'nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat, ko'rsatma, muassasa so'zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga o'tishi bilan bog'liq ravishda ro'y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari, korxonalarning yiriklashuvi va boshqalar), chunki bu davr rivojlanishi erkin raqobatga asoslangan avvalgi davr ta'limotlari bilan izohlash mumkin bo'lmay qoldi.
Institutsionalizm ma'lum ma'noda neoklassik yo'nalishga muholifdir.
Neoklassiklar bozor iqtisodiyotini o'zini-o'zi boshqara oladigan (A.Smit fikri) sistema deb qarasalar (sof iqtisodiyot fani), institutsionalizm tarafdorlari iqtisodiyot rivojlinishining harakatlantiruvchi kuchlari moddiy omillar bilan birga tarixiy kontekstda qaraladigan ma'naviy, ahloqiy, huquqiy va boshqa omillarga ham bog'liqdir deb o'ylaydilar.
Institutsionalizm evolyutsiyasi (rivoji)ni uch davrga bo'lish mumkin:
1. 20-30 yillarda institutsionalizmning keng tarqalishi. Bu davrning bosh mafkurachisi T.Veblendir (1857-1920), uni J.R.Kommons (1862-1945), U.Mitchell (1874-1948), J.Gobson
(1858-1940), U.Gamiltonlar faol himoya qildilar.
2. Urushdan keyingi kechki institutsionalizm. Bu davr mafkurachilari iqtisodiyotdagi qarama-qarshiliklarni izohlab berish bilan birga F.Ro'zvel`t tomonidan ilgari surilgan «Yangi
kurs» islohotlarini amalga oshirish bo'yicha tavsiyanomalarni ham ilgari surdilar. Ular demografiya va antropologiyani o'rgandilar, ishchilar harakatining kasaba uyushmalari
nazariyalarini ishlab chiqdilar. 50 yillarda J.M.Klark «Iqtisodiy institutlar va insonlar farovonligi», A.Berli «Mulksiz hoqimiyat» va «XX asr kapitalistik inqilobi» kitoblarini chop etdilar, G.Minz o'zining maqolalarida aktsionerlar soni ortishi, kapital mulkning capital funktsiyadan ajralish jarayonini qayd etdi.
3. 60-70 yillarda ijtimoiy-institutsional yo'nalish, ya'ni neoinstitutsionalizm paydo bo'ldi. 60-yillardagi institutsionalizm asoslari amerikalik nazariyotchi A.Lou va shvetsiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab chiqildi. Hozirgi davrdagi ijtimoiy-institutsional yo'nalish ta'limoti J.K.Gelbreyt va R.Xeylbronerlar tomonidan davom ettirilgan.
Ijtimoiy-psixologik institutsionalizmning asoschisi Torsteyn Veblen va uning tarafdorlari iqtisodiy jarayonlarga psixologik jihatdan yondashib, iqtisodiy rivojlanishning psixologik nazariyasini yaratishga intildilar. Veblenning asosiy asarlari «Bekorchi sinflar nazariyasi» (1899), «Mohirlik instinkti» (1914), «Fanning hozirgi sivilizatsiyadagi o'rni va boshqa ocherklar» (1919), «Muhandislar va baho tizimi» (1921) va «Zamonaviy o'zgaruvchi tizimlar to'g'risidagi ocherklar» (1934) kitoblarida jamlangan. U keng sotsiologik tadqiqotlar olib borish asosida unga zamondosh bo'lgan jamiyatni juda qattiq tanqid ostiga oldi. Kapitalizm illatlari mavjud xususiy mulk bilan tushuntiriladi (sotsialistik yo'nalishni eslang).
Xususiy mulkning tanqid qilinishi albatta burjuaziya mafkurachilarini ham tashvishga soldi. Uningcha, xususiy mulk, ayniqsa rant`e (absenteistik mulk) borligi tufayli aholining ma'lum bir qismi parazitik hayot kechiradi. Shu tufayli kapitalizmning harakatlantiruvchi kuchi bo'zilib boradi, ayniydi. Veblen marksist bo'lmagan, ammo kapitalizm tuzumining yaramasligini tan olgan, u hatto birinchi paytlarda 1917 yildagi oktyabr inqilobini qo'tlagan, uni mavjud tuzumni o'zgartirish kerak, degan fikrning tasdigi deb o'ylagan. Amalda esa u kapitalizmni «texnokratik» jamiyatda islohotlar yo'li bilan «yaxshilash» usulini taklif etadi. Bu g'oyalar marksizmga zid fikrlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |