6.2. Rahbarlik uslublarining mazmuni
Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yoʻllari majmuasidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish masqadida biror bir organning yoki rahbarning boʻysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir koʻrsatish usuli va yoʻllari majmuasidir. Masalan:
mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
vazirlik, qoʻmita, hokimiyatlarning ish uslubi;
sud, prokuraturalarning ish uslubi;
korxona, tsexlarning ish uslubi;
ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pogʻona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi gʻoyat koʻp qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning oʻziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qoʻl ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u oʻz vazifalariga muvofiq ish koʻradi.
Biroq har bir rahbar bunda oʻziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida oʻzi uchun mos boʻlgan, oʻz rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi boʻlmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yoʻq. Rahbarlik uslubi rahbarlarning oʻz qoʻl ostidagilari bilan aloqasida, ularning oʻzaro munosabatlarida tarkib topadi.
Uslub boshqaruv organing intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
|
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlari bilan muayyan oʻzaro aloqada boʻladi.
Boshqarish metodi ham boshqarish faolitini amalga oshirish usullari va yoʻllari majmuasidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishidan, ya’ni boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir.
Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod bu tamomila ob’ektiv rahbarga bogʻliq boʻlmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ham ta’sir oʻtkazish usullari majmuasidan iborat boʻlsada, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning sub’ektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
qiyoslash uchun shuni aytish mumkinki, musiqa notasi hamma uchun bir xil boʻlsa-da, lekin musiqachilarning ijro etish uslub (manera)lari har xildir.
Buni quyidagi misollarda koʻrishimiz mumkin. Barcha rahbarlar xodimlarni ragʻbatlantirish maqsadida boshqarishning iqtisodiy metodidan foydalanishlari kerak. Lekin ba’zi rahbarlar individual ragʻbatlantirishga, boshqa bir rahbarlar esa jamoani ragʻbatlantirishga koʻproq mablagʻ ajratishga harakat qiladilar. Ba’zi rahbarlar chorak natijalarga, ikkinchi bir rahbarlar esa yillik ish natijalariga qarab mukofotlashni afzal koʻradilar.
Buyruqlar va farmoyishlar chiqarish kabi boshqarishning tashkiliy-ma’muriy metodlaridan ham rahbarlar turlicha foydalanadilar. Bular boʻlmasa ham buyruq chiqarish va aksincha boshqarish funktsiyalarini buyruqsiz ham muvaffaqiyatli bajarish mumkin. Buyruq chiqarib, uni nazoratsiz qoldirish ham, uning bajarilishi ustidan aniq va amaliy nazorat oʻrnatish ham mumkin.
Shunday qilib, muayyan metodlarni amalga oshirishga har xil rahbarlar oʻz indivudual uslublari bilan yondoshadilar.
Shu bilan birga, rahbarlik uslubi butunlay indivudual asosga ega deb qarash notoʻgʻri boʻlur edi. Rahbarlik uslubiga boshqarish qonunlari va tamoyillari, rahbarlarga boʻlgan yagona talablar, jamoadagi sotsial-psixologik muhit, yuqori rahbarlarning boshqarishda qoʻllaniladigan usullari kabi koʻpgina ob’ektiv omillar ta’sir koʻrsatadi. Demak, har bir rahbarning faoliyatida rahbarlik uslubining sub’ektiv va ob’ektiv unsurlari aralashib ketadi. Sub’ektiv unsurlar rahbarning:
ishchanlik va shaxsiy sifatlari;
mijozi, qobiliyati va qiziqishi;
bilimi, koʻnikma va mahorati;
tadbirkorligi va tashabbuskorligi kabi fazilatlarida namoyon boʻladi.
3. Rahbarlik uslubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi mohiyati. Avtokratik rahbarlar, liberal rahbarlar, demokratik rahbarlar.
Rahbarlarning ishchanlik va ma’naviy-madaniy xislatlarini baholash amaliyoti shuni koʻrsatadiki, bunda birinchi oʻrinda e’tiqodlilik, topshirilgan ish uchun shaxsan javobgarlikni his qilish, hololik, vijdonlilik, kishilarga nisbatan mehribonlik va e’tibor bilan munosabatda boʻlish turadi. Asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qilish qobiliyati, shaxsan intizomli boʻlish, mehnat sevarlik, tashkilotchilik qobiliyati, jamoada intizomni yoʻlga qoʻyishi va saqlay bilish qobiliyati juda yuksak baholanadi.
Rahbarlik uslubi belgisi va boʻyisinuvchilarga nisbatan munosabatga qarab barcha rahbarlarni quyidagi uch turga boʻlish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |