Rahbarga qoʻyiladigan talablar
Ma’naviy yetuklik
|
siyosiy etuklik;
huquqiy etuklik;
axlohiy etuklik;
yuqori saviya va onglik;
ma’rifatchilik;
madaniyatchilik;
xodimlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qodirlik;
|
|
topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik;
shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlariga boʻysindirishga qodirlik;
kishilarga nisbatan mehribon va e’tiborli boʻlish;
tashabbus va ilgʻorlikni qullab - quvatlash qobiliyati;
printsipiallik;
tanqidga chidamli boʻlish, oʻz-oʻzigi tanqid qila bilish.
|
Intizom va mehnatga boʻlgan munosabati
|
mehnatsevarlik;
jamoa oʻrtasida intizomni yoʻlga qoʻya bilish;
atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;
|
|
Bir noshud rahbarning begʻamligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga ta’sir etishi mumkin. Boqibegʻam bu toifa rahbarlarning shu uslubi bilan murosa qilib boʻlmaydi.
|
|
ishni rejali olib bera bilish, rejasiz ishlagan rahbar xodimlar jamoasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajara ololmaydi.
|
Bilim darajasi
|
iqtisodiyotni bilishi;
texnika va texnologiyani bilishi;
boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish;
istiqbolni bilimga qodirligi va h.k.
|
Tashkilotchilik qobiliyati
|
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlay olishligi;
qoʻl ostidagilarni mehnatga oʻrgatish va tarbiyalashni bilish;
jipsalashgan jamoani vujudga keltiraolish;
maqsad sari intiluvchanlik;
kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yoʻqotmaslik;
|
|
“Yomon korxona yoki tashkilot yoʻq, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qoʻyilsa, u korxona tezda yaxshi korxona sarfiga qoʻshiladi.
Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchillik qobiliyati past rahbar kelib qolsa aksincha, u korxona asta-sekin yomon ishlaydigan kolxonaga aylanadi.
|
Boshqarish samaradorligini ta’-minlay olish.
|
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qilaolish qobiliyati;
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;
ishga oid xatlar, buyruqlar, farmoyshlar yoza bilish;
turli manbaalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati;
rahbarlarni va qoʻl ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;
asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati;
rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ta’minlash qobiliyati;
boshqaruv organi qarorlari bajarish ustidan nazoratni ta’minlay bilish;
boshqarish strukturasini takomillashtirib berish qobiliyati va h.k.
|
Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar koʻp. Biroq qoʻyidagi ijobiy xislatlar ular orasida a’lohida mavqega ega:
Dovyuraklik – bunday rahbarda mardonavorlik, botirlik, dadillik mavjud boʻladi. Ular omadsizlikdan qoʻrqmaydi. qoʻrquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. xar bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga erishtiradi.
Sabrlilik – bunday rahbar muvafaqiyatga birdaniga erishishi mumkin emasligini yaxshi tushinadi. Unga faqat bardosh va sabr-toqatli boʻlib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. Chidam, sabr toʻgʻrisida Abdullo Avloniy shunday degan edi:
Sabr shunday bir kuchli narsadirki,
gʻazabni shijoatga,
kattalikni tavoze’ga(kamtarlikka)
yomonlikni yaxshilikka
aylantirmakka quvvati etar.
|
Bir hakimdan soʻradilar: “Odamlarni oʻzingdan uzoqlatirmaslikning chorasi nima?”. U dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: ”Mushkul narsalarni qanday hal qilsa boʻladi ?” deb suradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan !”deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik – bunday rahbar xayrxoq va iltifotli boʻladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda boʻladi. Oʻzidagi kanoatsizlikni gʻirrom raqobatchilik yoʻli bilan emas balki xayrxoxlik yoʻli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning xayotidagi shiori hasad emas, balki:
“Birni koʻrib shukur qil, birni koʻrib zakir qil” – degan shiordir.
|
Shu oʻrinda qoʻyidagi hikmatli soʻzlarni ta’qidlash oʻrinlidir. Uch dardga davo yoʻqdir:
dangasalikdan kelgan kambagʻalikka;
hasaddan tugʻilgan dushmanlikka;
xoʻjayinlikdan kelib chiqqan kasallikka.
Sogʻlom shubhalilik – bunday rahbar koʻpincha “har narsada shubhada boʻl” degan shiorga amal qilsada, biroq nosogʻlom shubha – bu xoin, u kishilarni urinib koʻrishdan qoʻrqitib, erishishlari mumkin boʻlgan yaxshi narsalardan koʻp hollarda mahrum etilishni yaxshi biladi. Shu bilan bir qatorda ular oʻz kuchiga ishonish, unga sogʻlom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yoʻlida kishi kuchiga kuch qoʻshishni yaxshi tushunishadi.
Kamtarinlilik – bunday rahbar kamtarlikning deyarli har doim ist’edodga toʻgʻri proportsional ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. Ular:
“Kamtarlik - jasorat toji”;
“Kamtarga kamol, manmanga – zavol”;
“Kamtarlik koʻkka koʻtarar, manmanlik erga kiritar”;
“Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi”;
“Kamtarlik a’lodir, magʻrurlik balodir”
|
kabi halq maqollariga rioya qilishadi.
Ular kamtarin rahbarning;
oʻzini boshqalardan ustun qoʻymasligini;
ilmu fan yoki mehnat sohasidagi yutugʻi bilan magʻrurlanmasligini;
katta-kichikni birdek hurmat qilishini;
odamlar ogʻirini engil qilishini;
xushmuomala boʻlishini;
qanday davrada boʻlmasin doimo oʻzini oddiy tutishini;
shonu shuhratga uchmasligini yahshi anglashadi.
Samimiy xushmuomalalilik – bunday rahbar sofdil, ochiq koʻngil boʻladi, chin yurakdan gapiradi. qoʻl ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qoʻyib xizmat qiladi. Ular samimiylikning ogʻir va juda nozik masala, u aql va chuqur ma’naviy odobni talab etishini, shuningdek, kimki oʻzgalar bilan nosamimiy munosabatda boʻlishga odatlangan ekan, u pirovard natijada oʻzi-oʻziga ham samimiy boʻlolmay qolishni yahshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha xushmuomalakning oʻnta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm(muloyim), oliyjanoblik, koʻrkam fe’l, yaxshilik, sabr va muloyimlik.
Rahmdillik- bunday rahbar barchaga rahm- shavqtli boʻladi. Ular boshqalarni koʻp narsada kechirishadi, ammo oʻzlarini esa hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qoʻlini choʻzishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar.
Xushxulqlilik- bunday rahbar inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulqlik insonni ulugʻlikka olib borishni, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand boʻlishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, ham oʻzi doimo xursand yurishini, boshqalardan esa oʻziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi.
Kanoatlilik-bunday rahbar qanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, hasad, xudbinlik, baxillik, tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni har kuyga solishini, nafsini tiygan hurmat- izzat topishini va bexavotir yashashni, qanoatning esa, izzatning asosi, oʻlmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi.
Tamagirlik ham qanoatsizlikdan kelib chiqadi. Tamagir rahbar oʻz orzularini roʻyobga chiqarish uchun turli qabihliklardan qaytmaydi, hechqanday gunohdan qoʻrqmaydi, yolgʻon gapirmay yurmaydi, yolgʻon soʻzni isbotlash uchun, yolgʻon qasamlar ichadi. Tama’si koʻpning insofi oz, ochkoʻz boʻlur.
Bir kishi oʻgʻliga dedi:
Nafsingni shunday mashq qildirki, toki u amringga quloq soladigan boʻlsin:
Oʻgʻil soʻradi:
Men qaysi paytda aqlli boʻlishim mumkin?
Nafsingga hokim boʻlganingda!-dedi.
Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy xislatlarning hammasini bir kishi toʻla-toʻkis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega boʻlishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obroʻli boʻlish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zururdir.
Obroʻ-bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga ortirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar oʻzidan yuqori tutuvchi rahbarlar odida ham, oʻziga boʻysinuvchi xodimlar oldida ham, oʻzi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obroʻga ega boʻlishi lozim.
Obroʻ halol mehnat, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda boʻlish, jamaoa a’zolariga talabchanlik va gʻamxoʻr boʻlish, oʻz ishini chuqur bilish bilan ortiriladi.
Shuni esda tutish lozimki, xizmat mavqei oʻz-oʻzidan obroʻ keltiravermaydi. Rahbar xizmat mavqeiga faqat muayyan ne’matlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur. U shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qoʻyilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitta afzallikka ega boʻladi, u ham boʻlsa:
Rahbar shu talablarga rioya qilmas ekan u oʻz rahbarlik usulida quyidagi salbiy hodisalarga yoʻl qoʻyishi, pirovardda esa oʻz obroʻyini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab boʻlishi mumkin.
Rahbar obroʻsiga putr etkazuvchi unsurlar
Byuroktatizm
|
Byurokrat:
ishlab chiqilgan qoida, qoʻllanmalarga oʻta rioya qiladi, ularni oʻzining birdan-bir maqsadi deb biladi;
odamlarga toʻralarcha munosabatda boʻladi;
qogʻozbozlikni avj oldiradi;
boshqarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi;
ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan koʻrib tashlaydi;
masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan oʻzini chetga oladi.
Byurokratizm:
jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini boʻgʻadi;
oʻz mezoniga mos kadrlarni atrofiga toʻplaydi;
aqlli, qobiliyatli kadrlardan qutulishga harkat qiladi.
|
Mahallliy-chilik
|
Bunday “dardga” mubtalo boʻlgan rahbarlar:
ishga tor tarmoq, tor funktsional nuqtai nazardan yondoshadilar;
ularda siyosiy, ma’naviy etuklik etishmaydi;
uzoqni koʻra olmaydilar;
boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar;
urugʻchilik, tanish-bilishlik, oshna-ogʻaynigar-chilikka yoʻl qoʻyadi.
|
“xadiksi-rash”
|
Bunday rahbar:
uncha murakkab boʻlmagan masalalarni ham mustaqil hal eta olmaydi, yuqori turuvchi rahbarlik bilan kelishib olishga intiladi;
har ishda sutkashlik qiladi;
kabinetda oʻralashib, qogʻozbozlik bilan band boʻladi.
|
Balandparvozlik
|
Bunday rahbar:
oʻzining kichkina, koʻzga ilgʻamas muvaffaqiyatini boʻrtirib koʻsatadi, shov-shuv koʻtarib nogʻora qiladi;
yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi;
tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televideniega chiqarishni istaydi;
soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv koʻtarishga, ijodiy izlanish oʻrniga ishni xoʻjakoʻrsinga tashkil etishga intiladi;
ishchanlik oʻrniga koʻzboʻyamchilik va qoʻshib yozish bilan shugʻullanadi..
Bunday toifadagi rahbarlar uchun kamchilik va muammolarni xaspoʻshlash, oʻz xizmatlarini boʻrtirib koʻrsatish va oʻz-oʻzini maqtash xarakterlidir.
|
Boshqa salbiy qusurlar
|
Rahbarlik uslubidagi garchi kam boʻlsada, har holda uchrab turadigan va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki, bular:
xudbinlik;
takabburlik;
maqtanchoqlik;
ta’magirlik;
yozvuvlik, zolimlik;
xushomadgoʻylik;
dimogʻbdorlik;
xassislik, gʻarazgoʻylik;
ayyorlik;
jizzakilik;
boqibegʻamlik;
badnafslik;
subutsizlik;
baxillik;
mansabparastlik va h.k.
Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, koʻrsak ham lekin koʻpincha ularni yoʻqotish qiyin kechadi. Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki uning ish usulbidagi notoʻgʻrilik aytilsa, tabiiy u norozi boʻladi.
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham oson va silliq oʻtmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabot-matonat talab qilinadi.
|
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim:
Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat menfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga boʻysinishi lozim.
Ishlab chiqarishni faqat jamoada obroʻ-e’tiborga ega boʻlgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamoʻzini tutabiladigan, odobli va xushmuomala boʻlishi zurur. Oʻz xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida boʻysinuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir.
Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli boʻyinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas.
Rahbar intizom va tartibga rioya qilishini qat’iy talab qilishi va boʻysinuvchilarning biron nojoʻya harakatini e’tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir.
Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida gʻamxoʻrligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlik, mustaqillik, talabchanlik, boʻysinuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, oʻz soʻzini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak. U egallab turgan lavozimidan ketib qolmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya qilmogʻi lozim:
1. Iloji boricha qulogʻingizgachyaa ishga qoʻmiling. oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.
2. Kompyuterni oʻrganing.
3. Chet tilini oʻrganing.
4. Oʻz arxivingizni tashkil qiling.
Zurur tashklotlar va kishilar aderslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi.
. Har doim “ha” deng.
xamma narsani bajarishga urining. xattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz etarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Shidan ketib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying.
6. Chiroyli imo, ishora qilishni biling.
Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.
7. Malakangizni muttasil oshirib boring.
8. Kishilar bilan boʻladigan muomalada xushfel va iltifotli boʻling.
Noyob, nazokatli, doʻstona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro ishonchni mustahkamlaydi., kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.
9. Boshqalar bilmaydigan va bajaraolmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajari olishiga urining. Bu nur ustiga a’lo nur boʻladi.
10. Ish vaqti faqat “dan va gacha” boʻlmasin.
Agar Siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham e’tiborsiz qolmaydi.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, fe’l-atvor, iroda, xotira va boshqalarda namoyon boʻladi. Ana shular ta’siri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilagʻon va hokazolar boʻlishi mumkin. Shunga qarab xodimlar va rahbarlar oʻrtasida munosabat shakllanadi.
3. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imidji. Imidj tushunchasi.
Rahbar madaniyati deganda rahbar adabi va iqtidori oʻrtasidagi dialektik bogʻlanish tushuniladi. Bu bogʻlanish quyidagi fazilatlar majmuasida oʻz aksini topadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |