_________________ ___-umumta’lim
maktabi fizika fani o`qituvchisi
__________________________ning “Salom fizika”
nomli kechaga tayyorlagan
SSENARIYSI
“Salom fizika” degan mavzuda kecha o`tkazish
“Salom fizika” nomli mavzuda kecha o`tkazish uchun 7-8–sinf o`quvchilari jalb etiladi. Kechani o`tkazishdan maqsad fizika fani asoslaridan olgan bilimlarini namoyish qilish, tabiat va undagi hodisalarni to`g`ri talqin qilish fizikani turmushda va texnikada ishtirok etishini tushuntirish, o`qishga ongli yondoshish hislarini rivojlatirish, puxta va atroflicha bilim olishga o`quvchilarni undashdan iborat.
O`qituvchi o`quvchilarga tabiat hodisalari va fizikaga doir she’rlarni yod oldiradi, ashula va o`yinlar o`rgatadi.
Farg`ona shahridagi 1-umumta’lim maktabning 7-8-sinflari tomonidan “Salom fizika” degan mavzuda o`tkazilgan kecha quyidagi reja asosida olib boriladi:
1.Kirish so`zi.
2. Kechaning rasmiy qismi.
3. Viktorina.
4. Ashula va o`yinlar.
Kechani maktabning fizika o`qituvchisi. A.So`fiyeva kirish so`zi bilan ochdi. U o`z so`zida tabiat hodisalari, texnikada va turmushda ishlatiladigan asboblar, kosmik raketalar va hokazolar fizika fani bilan bog`liq ekanligini, hamma joyda fizika hoziru nozir ekanligini tushuntiradi.
Shundan keyin kechaning rasmiy qismi boshlanib, 7-8–sinflar o`quvchilari Uyg`unning va o`zlari shu mavzuga atab yozgan she’rlaridan namunalar o`qib beradi.
1-o`quvchi:
Fizka sanalur, fanlarning shohi,
Ibn Sinodir, uning sardori.
Zaryadlar ta’sirin ochganda Kulon,
Ilmda tanhodir bu ulug` inson.
Ulug`bekning nomi butun olamda,
Arximed richagi bizning qo`llarda
2-o`quvchi:
Bilaman, kattadir fizik olimlarning
Fizika faniga qo`shgan xissasi.
Ko`pdan insonni hayratga solgan
Lazer nurining yangi qissasi.
Nur demak, jahon nurafshon,
Jahon xalqlarining iqboli shunda.
Bugun do`stlarga – Assalom! – demak.
Shunday ulug` ayyomda, yop-yorug` kunda!
Assalom, so`zimning kirish qismidan.
Assalom, qalbimning yurak to`ridan.
Assalom, o`zbekning o`g`il-qizidan.
Assalom, bo`lajak yosh fiziklardan.
Bugungi uchrashuv do`stlik timsoli,
Fizika fanining siru asrori.
Hakam hayati timoshasi bu,
Ikki komandaning uchrashuvi bu.
Fizika – bu fanlar otasi,
Kimyo, algebra unga egizak.
Nyuton, Arximedning hissasi,
Fizika faniga qo`ygandir bezak.
Fizika kitobini qo`lga olganda,
Bilamiz Paskal qilgan mehnatin.
Misol va masalalar yechganda,
Qadrlaymiz mehnatin.
3-o`quvchi:
Ehtimol, shu zalda o`tirganlardan
Kimdir, birov oyga uchishi mumkin.
Kimdir kelajakning raketasida,
Cheksiz fazolarni quchishi mumkin.
Amotlar sirini o`rganib kimdir,
Olamga nur sochmog`i mumkin.
Xali biz bilmagan son-sanoqsiz,
Tilsimlarni ochmog`i mumkin.
4-o`quvchi:
Men she’rga soldim aytar so`zimni,
Baxtiyor sezaman g`oyat o`zimni.
Xush kelibsiz! Bizni etdingiz shod,
Qadamlaringizga ming-ming hasanot.
Salobat to`kib o`tirgan hayat a’zolari,
Sizlarga assalomu alaykum! Salom!
Assalom!
5-o`quvchi:
Kechamizga “Salom, fizika” deb qo`ydik
nom,
Barcha g`alabani birga ko`ramiz baham.
Shu buzilmas do`stlik beradi ilhom,
Assalomu alykum! Salom! Assalom!
Fizika fanining ixlosmandlariga.
Assalomu alykum! Salom! Assalom!
Do'stlaringiz bilan baham: |