Boshqaruv samaradorligi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarda hayojanlanish va nizolarni boshqarish
Mundarija
Kirish _______________________________2
1.Boshqaruv samaradorligi tushunchasi__________________________5
2. Pedagogik boshqaruv uslublarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi __________________14
3.Boshqaruv faoliyatida nizo va stresslarni boshqarish___________________________23
Xulosa _____________________________31
Foydalaniladigan adabiyotlar__________________________32
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizning rivojlanishi yuksak aqliy potensialga ega bo‗lgan jamiyatimiz a‘zolarining ongi, bilimiga qarab shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma‘rifat berishni, aholiga ma‘daniy, maishiy xizmat ko‗rsatishni ilmiy asosda boshqarish zaruriyati ana shundan kelib chiqadi.
O`zbekiston Respublikasi Prezident I.Karimovning: ―...Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo`lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo`lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha – o`z aqli, o`z tafakkuri, o`z mehnati, o`z mas'uliyati bilan ongli tarzda, ozod va hur fikrliinson bo`lib yashaydi‖1,- deyishida chuqur nazariy va ilmiy ma'no bor.
Jamiyatning ma‘naviy hayotini boshqarish oldiga qo‗yilgan maqsad esa ilm-ma‘rifatli, ma‘daniyatli har tomonlama kamol topgan, yuksak darajadagi pok va axloqli kishilarni tarbiyalab yetishtirishdan iborat. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshqaruv taraqqiyotining har qanday bosqichida jamiyatga xos bo‗lgan ichki xususiyat bo‗lib, bu xususiyat umumiy xususiyatga ega bo‗lgani holda kishilarning ijtimoiy jamoatchilik mehnatidan, turmush va mehnat jarayonida o‗zaro aloqada bo‗lish o‗z moddiy va ma‘naviy faoliyatining mahsulotining almashtirish zaruriyatidan kelib chikadi.
Boshqaruv va unda rahbarlik masalalari respublikamiz ta‘lim tizimining tobora rivojlanish va taraqqiyot sari olg‗a odimlayotgan bugungi davrida mas‘uliyat va ijodiy yondashish kabi murakkab vazifalarni kun tartibiga qo‗ymoqda. Jamiyatning ma‘naviy hayotini boshqarish oldiga qo‗yilgan maqsad esa ilm-ma‘rifatni, madaniyatni, har tomonlama kamol topgan yuksak intellektual yuksak darajadagi pok va axloqli kishini tarbiyalab yetishtirishdan iboratdir.
Har qanday nisbatan katta miqyosdagi bevosita ijtimoiy yoki birgalikda qilinadigan mehnat-idora qiluvchiga ma‘lum darajada muxtojdir. Bu idora qiluvchi indivudual ishlarni bir-biriga muvofiqlashtiradi va ishlab chiqarish organizmining mustaqil organlari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chikadigan umumiy funksiyalarni bajaradi. Yakka skripkachi o‗zini-o‗zi idora qiladi. Lekin, orkestr esa – dirijyorga muhtojdir. Demak, tog‗ri boshqaruvning muhim sharti – boshqaruvchi-rahbarning bo‗lishidir.
Ijtimoiy-siyosiy hayotni boshqarish oldiga qo‗yilgan maqsad ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish, jamiyatning ijtimoiy o‗z-o‗zini idora qilishga aylantirishdir.
Biz yashayotgan jamiyat muvaffaqiyat bilan rivojlanish uchun yuksak intellektual potensialga ega bo‗lishi kerak. Ijtimoiy tarbiyani, ilm va ma‘rifat berishni, aholiga maishiy-madaniy xizmat ko‗rsatishni ilmiy asosda boshqarish zarurati ana shundan kelib chiqadi. Eng yangi ilmiy texnika inqilobi asrida ma‘naviy ishlab chiqarishning fan kabi sohasini boshqarish g‗oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatning va uning har bir ayrim a‘zosining ma‘naviy rivojlanishini boshqarish - umumiy ta‘lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta‘limi organlari, hunar-texnika bilim yurtlari, o‗rta maxsus va oliy o‗quv yurtlari, pedagogik kadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan adabiyot, san‘at, madaniyat, sog‗liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o‗z ichiga oladi.
Malumki har qanday faoliyat turi Menejment asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishda ko`zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag`batlantirish chora tadbirlari Menejment jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi.Nizo ko`pincha tajovuz, taxdid, munozara, dushmanlik, urush va x.k.lar bilan tenglashtirilib, doimo nomaqbul hodisa sifatida qabul qilinadi, unga imkoni boricha yo`l qo`ymaslik, yoki tezlik bilan vujudga kelgan paytda hamla etish zarur deb hisoblaydilar. Nizoga nisbatan bunday munosabat “ilmiy Menejment” va “mamuriy maktabga” mansub mualliflar asarlarida aks ettirilgan.Bu mavzuda biz ana shu nizolarni o’rganib,ularni hal etish yo’llarini o’rganamiz.
1. Boshqaruv samaradorligi tushunchasi.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin.
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda qo’yilgan maqsadlarga erishish natajalari bilan ishlab chiqarish xarajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin tilida “samara” – harakatlik, ishlab chiqaruvchilar zaruriy natijani beruvchi ma’nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, siyosatda va mafkurada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi” tushunchasida “ ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan xajmi yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni rivojlanish jarayoni harakatiga baho beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi.
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida hohlagan darajadagi boshqaruv tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi:
boshqaruv xodimlari mehneti samaradorligi;
boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va tarmoqlari samaradorligi;
boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalgam oshirish);
boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarish boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda);
boshqaruv mehanizmining samaradorligi(uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali boshqaruv shakllari).
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir tushunchaning mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi.
Samaradorlikning o’z mazmuni va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy tavsifga ega holat sifatida urg’u beriladi. Samaradorlik turlari har xil maqsadlarni (o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy v aiqtisodiy) ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi va mazkur doirada namoyon bo’ladi: ishlab chiqarish doirasida va iste’mol doirasida. Birinchi holatda xo’jalik hisobida boshqaruv samaradorligi (korxona, firma), ikkinchidan esa, xalq xo’jaligidagi boshqaruv samaradorligi ilg’or boshqaruv tizimini solishtirma baholash va tanlash, rejalashtirish, takomillashtirish va boshqaruvni rivojlantirish uchun xizmat qilish mumkin. Ob’ktni baholashga bog’liq holda samaradorlikning to’liq (umumiy) va lokal (xususiy) turlarga bo’lish mumkin(1-jadval). Birinchi holda boshqaruv tizimini samaradorligi aniqlanadi. Ikkinchidan – boshqaruv resurslarini alohida turlaridan foydalanish samaradorligi (mehnat axborot moddiy) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |