Iqtisodiyot” kafedrasi 5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) bakalavr yo‘nalishlari talabalari uchun


yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»



Download 172 Kb.
bet3/13
Sana06.03.2022
Hajmi172 Kb.
#484140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Biznesni rejalashtirish usl qo\'llanma 5230100 sirtqi 3-semetr

yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari to’g’risida»gi farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkorlikning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning shu bosqichdagi eng asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etildi. Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida har bir viloyat, mintaqada dasturlar ishlab chiqildi va uni amalga oshira boshlandi. Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng kuchli iqtisodiy omillaridan biri imtiyozli soliq solishdir. Qishloq xo’jalik, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari qo’shilgan qiymat uchun soliq to’lashdan ozod qilinganlar. Xalq iste’mol buyumlari, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yil mobaynida daromad solig’idan ozod qilinadilar, keyingi ikki yil ichida esa kamaytirilgan stavkalarda soliq to’lashadi.Bulardan tashqari, xususiy korxonalar ishlab chiqarishni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo’naltirilgan mablag’lardan olinadigan soliqlarda ham imtiyoz berilgan. Ish boshlagan dastlabki ikki yil ichida xususiy korxonalar mulkka solinadigan soliqdan, 1995 yildan boshlab esa barcha korxonalar 20% lik amortizatsiya ajratmalari to’lashdan ozod qilinadi. Respublikamizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda «Xususiy tadbirkorlikni tashabbuslantirish va rag’batlantirish to’g’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda xorijiy investitsiya-larni jalb etish asosida iqtisodiyotni rivojlantirishga ham katta ahamiyat berilyapti. Qabul qilingan qonunlarda xorijiy investorlar uchun ko’pgina kafolatlar, jumladan, siyosiy xatardan sug’urtalash kafolati ham ta’minlangan. «Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonun O’zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi. Tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashda moliyaviy ko’mak alohida o’rin tutadi. Shu maqsadda tashkil etilgan kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish jamg’armasi «BIZNES FOND» eng muhim moliyaviy vosita hisoblanadi. Bu fond mablag’lari byudjetdan ajratilgan, davlat va munitsipal mol-Mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va huquqiy, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag’laridan va boshqalardan tashkil topgan.Fond ana shu mablag’lardan kichik tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun qaratilgan dasturlar, loyihalarni va tadbirlarni moliyalashtiradi, imtiyozli kredit olishga yordamlashadi. «BIZNES FOND» i bilan «MADAD» sug’urta agentligi bevosita hamkorlikda ish olib boradi. Davlat bu sug’urta tashkilotining hammuassisi bo’lib, kichik va o’rta korxonalar faoliyatini kreditlash bilan bog’liq kattagina xatarning moliyaviy ta’minotini o’z zimmasiga oladi.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashning davlat dasturi» (28 avgust 1995 yil) qabul qilinishi O’zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratilayotganining ifodasidir. Bu dasturda ko’zlangan maqsadlarni amalga oshirilishi respublikamizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, ish bilan bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam beradi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huquqiy ta’minot, moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliyaviy-kredit, sug’urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti va boshqalar.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi qonun, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik va o’rta biznes, fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatining huquqiy asosini mustahkamladi. Tadbirkorlikni rag’batlantiradigan va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik, o’rta biznes, tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi shaxslar uchun soliq tizimiga sezilarli darajada engillik kiritildi. Kredit berish tizimi yaxshilandi. Tadbirkorlar ehtiyoji uchun zarur bo’lgan o’z pul mablag’larini tijorat banklaridan naqd pul holida olish imkoniyati yaratildi. Buning natijasi o’laroq mamlakatimizda kichik va o’rta biznesning barqaror rivojlanayotganini quyidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

Biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish man balari va kredit bilan taminlash masalalari


Kichik va o’rta korxonalarga modiyaviy-iqtisodiy yordam ko’rsatish muhimahamiyatga ega, chunki ular endigina yaratilib, oyokda turayotganda moliyaviy yordamga muxtoj bo’ladilar.


Jahon amaliyotida ham bu eng murakkzb masaladir, chunki ular tavakkal qilib ish ko’rishlari va garovga qo’yadigan mol-mulklari etarli bo’lmagani uchun ham tijorat banklari kichik korxonalarga kredit berishni uncha xushlamaydi.O’zbekistonda hozirda davlat moliya resurslari va xorijiy man- balarni jalb etgan holda kichik va o’rta korxonalarni moliyaviy qo’llab- quvvatlashning kompleks tuzilmasi shakllandi.
1993 yilda «Biznes-fond» yaratildi va u 1995 yili xususiy tadbirkor- lik va Biznesni rivojlantirishga ko’maklashish Fondiga aylantirildi. Uni ixtiyoriga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan pulning 15% o’tkaziladi (ilgari). Bu fond tartibidan 1995 yili «Madad» sug’urta agentligi ajralib chikdi.
Tadbirkorlar palatasi qoshida 1996 yil tadbirkorlarga kafolatli moliya- viy yordam berish Fondi yaratildi.
Mehnat Vazirligi qoshida nobyudjet banddikka ko’maklashish Fondi yaratildi.
Dexdon-fermer xo’jaliklari Kengashi qoshida dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash Fondi tashkil kilindi.
Kichik va o’rta tadbirkorlar uchun ko’pi bilan kreditni qaytarish 15% da- rajasida olinadi. Lekin bu mikdor mijozning shart-sharoitlariga karab o’zgarishi mumkin. Bank «Biznes- fond» o’tkazgan pulni 10 kun ichida kred- it sifatida mijozlarga tarqatishi kerak. Aks holda u «Biznes-fond»ga 30% mikdorida (pulidan) resurs sifatida to’laydi.
Yuridik shaxs xukuklariga ega bo’lgan boshlang’ich tadbirkorlar ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng yarim yil nchida 5% kredit olishlari mumkin yoki Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 1/6 qismi hajmida kredit bernladi. Kichik korxona, fermer xo’jaliklari uchun 300 minimal ish haqi mikdorida va dehqon xo’jaliklari, oilaviy tadbirkorlarga dastlabki (start) kapitalini shakllantirish uchun 150 minimal ish haki mikdorida mikrokreditlar beriladi (5%lik). Imtiyoz shundaki, 12 oygacha kredit foizi to’lanmaydi. Boshqa holatlarda kredit foizi 18 — 24 oydan keyin kaytariladi.
Dastlabki kapitalni shakllantirish uchun kreditlar faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarga beriladi. Buning uchun ular davlat ro’yxatidan o’tganlaridan so’ng 6 oydan kechikmasdan kreditlash uchun ariza topshirgan bo’lishlari kerak. Nobyudjet mablag’lardan ajratilgan imtiyozli kreditlar foiz stavkasi bank marjasini ham o’z ichiga oladi. Dastlabki kapital uchun nobyudjet fondi hisobidan kreditlar 3 yil muddatga, dehqon va fermer xo’jaliklari uchun esa 2 yil muddatga beriladi.
«Biznes-fond» yo’li bilan kreditlar 10 yil muddatgacha berilib, bunda 2 yildan 5 yilgacha imtiyozli davr hisoblanadi. Bunday imtiyoz loyixaning qoplanish muddatiga bog’liq bo’ladi.Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash fondi orqali kreditlar 3 yil muddatga beriladi.
Dastlabki (start) kapitalni shakllantirish uchun beriladigan kreditlar bo’yicha foizlar kreditlar berilgan kundan boshlab hisobdanadi va 12 oy o’tgandan so’ng qaytarilishi kerak. Tijorat banklari tomonidan kichik va o’rta biznes subyektlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi 2002 yidda 30 foizga ortdi va qariyb 265 mlrd. so’mni tashkil etdi. «Biznes-fond» mablag’larini



Download 172 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish