O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
5230100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
bakalavr yo‘nalishlari talabalari uchun
(III-semestr sirtqi)
“BIZNES REJALASHTIRISH”
fanidan
USLUBIY KO`RSATMA
Tuzuvchilar: A.Nizametdinov – O‘zMUJF “Iqtisodiyot” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
Taqrizchi: S. Abdunazarov — JizPI, “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, Iqtisod fanlari nomzodi.
Jizzax – 2021
Biznesni rejalashtirishfanidan uslubiy qullanma (5230100 – iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha) bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun) O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2021 yil ___ ________ ___-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Biznesni rejalashtirish” fan dasturi asosida tayyorlangan .
Biznesni rejalashtirish fanidan uslubiy qullanma talabalarga o‘quv jarayonida uslubiy ko‘mak berish maqsadida tuzilgan va unda sillabusda ko’rsatilgan mavzular yoritilgan.
Biznesni rejalashtirish fanidan uslubiy qullanma “Iqtisodiyot” kafedrasining 2021 yil “___” ____________dagi ___ -sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashiga muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ____________ B. Muxtorov
Biznesni rejalashtirish fanidan uslubiy qullanma “amaliy matematika” fakulteti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan
(2021 yil “___” ____dagi ___ -sonli bayonnoma).
Fakultet kengashi raisi: ____________ A.M.Baboyev
KIRISH
Har qanday ijtimoiy mehnat jarayoni u xoh kichik, xoh kata doirada bo’lsin, boshqaruvni talab qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsad qo‘yishi, vazifalarni taqsimlashi, vazifalar bajarilishini nazorat qilishi, kishilami mehnat qilishga undashi, ularning harakatini baholab, muvofiqlashtirib borishi lozim. Bugungi zamonaviy rahbar ham mutaxassis, ham tadbirkor, ham tashkilotchi, shu bilan birga, ayni paytda o‘z huquqini biladigan va himoya qila oladigan kishi bo’lishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda to‘plangan amaliy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, xo‘jalikni uzoq davomli va muvafaqqiyatli faoliyat yuritishining eng asosiy omillaridan biri menejment va menejerlar faoliyati bilan bog’liq ekan. Menejmentning eng ixcham ta’rifini quyidagicha keltirish mumkin:
Menejment — bu mehnat, aql-idrok, qobiliyat, tajriba va malakalarni ishga solgan holda maqsadlarga samarali erishishni tashkil etish, boshqarishdir. Menejment nafaqat biznesni qanday olib borishni tushunishga yordam beruvchi, balki turli-tuman
vaziyatlarda xatoliklardan qochishni o‘rgatuvchi inson bilimlari sohasidir. Zamonaviy menejment ko‘pincha strategik rejalashtirish va boshqarishning zaruriyati muammolari bilan duch kelmoqda, chunki tashqi muhitning to‘satdan va tez o‘zgarishi, asosan texnologiyalarda, bozordagi raqobatda, real holdir. Shu bilan birga
boshqaruv strukturalari ham o‘zgarmoqda, ko‘proq nomarkazlashuv afzal ko‘rilmoqda. Tashkiliy mexanizmlar yangi muammolaming chiqishiga va original yondashuvlaming ishlab chiqilishiga moslashib bormoqda. Qabul qilingan qarorlaming bajarilishi ustidan nazorat qilish ketma-ketlikda bormoqda. Resurslarni taqsimlashdagi manyovrlar yangi vaziyatlarda ulami sarflashdagi punktuallikka
qaraganda ko‘proq qadrlanadi.
Kompaniyani boshqarishning yangi xususiyatlarini o ‘rganish iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida birinchi darajali ahamiyatga ega. Yuqori noaniqlik vaziyatida faoliyat ko‘rsatish korxona rahbariyati uchun oddiy bozor xo‘jaligi sharoitidagiga qaraganda ancha murakkabdir.
Menejmentni fan sifatida kiritish hozirgi vaqtda katta iqtisodiy yutuqlar, innovatsion o‘zgarishlar, inson mehnatiga umuman yangicha bo‘lgan yondashuvlar, ijodiy individuallikning rivojlanishi va boshqalar bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishlaming barchasini o‘rganish mamlakatda ijtimoiy yo‘naltirilgan, rivojlangan hamda samarali bozor iqtisodiyotini yaratishga ko‘maklashadi. Bozor munosabatlari sharoitida fanini o‘rganish ehtiyoji kun sayin kengay ib bormoqda. Zamonning o‘zi yangicha fikrlay oladigan, aql-zakovatga ega, keng qamrovli bilimlar va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‘zida mujassamlantirgan rahbar xodimlarga talabni
kuchaytirmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanma menejment fani doirasida talabalar bilimlarini shakllantirishga va kengaytirishga xizmat qiladi degan, umiddamiz.
Ushbu o‘quv qo‘llanma namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan. O‘quv qollanmada menejmentning umumiy tavsifi, uslubiy asoslari, rivojlanishi, maqsadlari, vazifalari, menejment tizimida tashkilot turlari, tashkilot madaniyati, rahbar rollari, qarorlar, menejmentda axborot va kommunikatsiya, menejment samaradorligi, ishlab chiqarish menejmenti, sohaga oid boshqaruv tamoyillari, marketingni boshqarish to‘g‘risidagi mavzular yoritilgan bo‘lib, oliy ta’lim tizimida iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |