Talabning o‘zgarish oqibatlari
S
S
O
Talabning osishi.
DD – talabning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘i OR – muvozanat nomi, OQ – talab va taklifning kattaligi (hajmi) deb faraz qilamiz. Talab oshganida qiyshiq chiziq D1D1 tomonga ko‘chadi. Bu mavjud narx qolgan tovarning taqchilligini keltirib chiqaradi, chunki OR, narx bo‘lganida endi talabning hajmi (kattaligi) taklifning hajmidan kattaroqdir.
DD va chiziqlari o‘rtasidagi gorizantal punktir chiziq bilan belgilangan taqchillik narxning oshishga olib keladi. U oshib borgan sari taklif o‘sib boradi. Bu yangi muvozanat narxi OR, o‘rnatilguncha davom etadi. Ushbu narx o‘rnatilgach, talabning kattaligi (OQ1) taklifning hajmi (OQ1)ga teng bo‘ladi.
Boshqa bir xil sharoitlarda talabning oshishi narxning va taklifning o’sishiga olib keladi.
Talabning kamayishi
Bu holatda D1D1 – boshlang‘ich qiyshiq chiziq, OR, – muvozanat narxi OQ1 talab va taklifning hajmi deb faraz qilamiz. Talab kamayganda qiyshiq chiziq DD tomonga ko‘chadi. Bu mavjud bo‘lgan narxdan tovarning tanqisligini keltirib chiqaradi, chunki OR, narx o‘rnatilganida talabning hajmi endi taklifning hajmidan kam bo‘ladi. Narxlar shkalasida qalin chiziq bilan ko‘rsatilgan bu ortiqchalik narxning tushishiga olib keladi. U tushib borgan sari taklif yangi muvozanat narxi OR o‘rnatilgunicha kamayib boradi. Bunday narx o‘rnatilgach talabning hajmi (OQ) taklifning hajmi (OQ) ga teng bo‘ladi.
Boshqa bir xil sharoitlarda talabning cusayishi narxning va taklifning pasayishiga olib keladi.
Taklifning o‘zgarishi.
Taklifning qiyshiq chizig‘idagi ko‘chishlar boshqa omillar o‘zgarmay qolganida narxning o‘zgarganligi tufayli sodir bo‘lgan. Taklif hajmining bunday o‘zgarishlari uning kengayishi yoki qisqarishi deb ataladi.
Narx
Miqdor
narxning o‘zgarishi taklifning o‘zgarishiga olib keladi.
narx
miqdor
(b) taklif qiyshiq chizig‘ining SS dan S1S1ga ko‘chishi taklifning oshganligini ko‘rsatadi, uning S1S1 dan SS ga surilishi esa taklifning kamayganidan dalolatdir.
Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chishini taklifning shart-sharoitlari o‘zgarishi yuzaga keltirib, bu qo‘shimchalar esa taklifning oshishini yoki kamayishini ko‘rsatadi, aks ettiradi.
Taklifning qiyshiq chizig‘idagi ko‘chishlar
narx
miqdor
Narx OR1 dan OR gacha oshganida taklifning hajmi OQ1 dan OQ gacha oshadi (taklifning kengayishi). Narx OR dan Or1 gacha tushganida taklifning hajmi OQ dan OQ1 gacha kamayadi (taklifning qisqarishi)
Taklifning qiyshiq chizig‘ining ko‘chishi
Agar SS taklif qiyshiq chizig‘ining boshlanishi, S1S1 tomonga harakat taklifning oshganini bildiradi, endi har bir narx bo‘yicha ko‘proq tovarlar taklif qilinadi. S1S1 taklifning qiyshiq chizig‘ining boshlanishi deb faraz qiladigan bo‘lsak, SS tomonga harakat taklifning kamayishini bildiradi, chunki endi har bir narx bo‘yicha kamroq tovar Taklif qilinadi.
Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chish sabablari.
Taklif qiyshiq chizig‘ining ko‘chish sabablari ishlab chiqarish xarajatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Agar firma mavjud narx bo‘yicha oldinga qaraganda ko‘proq tovar taklif qilishga tayyor bo‘lsa, demak, u mahsulotni ancha past xarajatlar bilan ishlab chiqara boshlagan. Taklifning kamayishi, ishlab chiqarish xarajatlari oshganligini bildiradi. Bunday hollarda firma xuddi oldingay miqdordagi tovarni yuqoriroq narxda taklif qiladi.
1. Ishlab chiqarish omillari narxlarining o’zgarishi.
Firma ishlab chiqarish omillari uchun to‘laydigan narxlar uning xarajatlaridir. Ishlab chiqarish omillari narxining ko‘payishi yoki kamayishi firmaning xarajatlariga ta’sir qiladi va taklifning qiyshiq chizig‘ining ko‘chishini keltirib chiqaradi. Agar ish haqi oshsa-yu, unumdorlik o‘zgarmasa, unda ishlab chiqarish xarajatlari ko‘payadi va taklifning qiyshiq chizig‘i chapga ko‘chadi. Xom-ashyoning bahosining pasayishi xarajatlarning kamayishi va taklifning qiyshiq chizig‘ining o‘ng tomonga ko‘chishiga olib keladi.
2. Texnik taraqqiyot va unumdorlik.
Ishlab chiqarish xarajatlariga texnologiyadagi o‘zgarishlar ham ta’sir qiladi. Oldingilaridan samaraliroq uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarishni avvalgisidan ancha oqilonaroq tashkil qilish va yangi texnologiyalarni joriy qilish unumdorlikning o‘sishi va ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishiga olib keladi. Bir xil boshqa sharoitlarda unumdorlikning o‘sishi taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga ko‘chishini keltirib chiqaradi.
3. So’nggi shartlar.
Ob-havoning o‘zgarish va tebranishlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Alohida qulay ob-havo sharoitlari juda katta hosil to‘plash va yig‘ib olishga imkoniyat beradi, noqulay ob-havo sharoitlari esa teskari natijalarga olib keladi. Ob-havoning tebranishlari qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi xarajatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Qulay ob-havo sharoitlari taklif qiyshiq chizig‘ining o‘ngga, noqulay sharoitlar esa bu chiziqning chapga ko‘chishiga yordam beradi.
4. Soliqlar va subsidiyalar.
Tovarni bozorga chiqarish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar bu tovarlarga solinadigan soliqlar yoki ishlab chiqaruv-chilarga taqdim etiladigan subsidiyalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishlari mumkin. Tovarlar va xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i kabi soliq turining joriy etilishi xuddi ishlab chiqarish xarajatlari oshgandagidek natijalarga olib keladi: Taklifning qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.
Subsidiyalar – bu davlat mahsulot jo‘natuvchilarga taqdim etadigan, qaytarib berilmaydigan ssudadir. Davlat faqat bir martalik ssuda berishi yoki buning ehtimoli ko‘proq, uni aniq tovarni chiqarish obyekti bilan bog‘lab qo‘yishi mumkin (masalan, ishlab chiqarilgan har bir tonna uchun 1000 so‘mdan to‘lab). Subsidiyalar taqdim etish xuddi ishlab chiqarish xarajatlari pasayganidek natijalarga olib keladi: taklif qiyshiq chizig‘i o‘ngga ko‘chadi.
Taklifning o‘zgarishi oqibatlari: Taklifning oshishi.
SS–Taklifning boshlanish qiyshiq chizig‘i, OR–muvozanat narxi, OQ–talab va taklifning hajmi deb faraz qilaylik. Taklif oshadi va uning qiyshiq chizig‘i S1S1 tomonga qarab ko‘chadi. Bu mavjud narxdagi tovarlarning keragidan ortiq darajada ko‘payishiga olib keladi. Punktir chizig‘i bilan belgilangan bu oshiqchalik narxning tushishiga olib keladi. Narx pasayganda talabning hajmi muvozanatlovchi yangi OR1 narxi qaror topguncha o‘sib boradi. Yangi muvozanat bahosi vujudga kelganida Talab taklifga tenglashadi.
narx
Miqdor
Taklifning kamayishi.
Endi S1S1 – taklifning boshlang‘ich qiyshiq chizig‘ining OR, muvozanat narxi va OQ – talab va taklifning hajmi. Taklif kamayadi va uning qiyshiq chizig‘i SS tomonga ko‘chadi. Bu mavjud bo‘lib turgan narxda tovarning taqchilligini keltirib chiqaradi. Narxlar shkalasida qalin chiziq bo‘lagi bilan belgilangan bu taqchillik narxning o‘sishiga olib keladi. Narx o‘sganida talabning hajmi muvozanat narxi OR qaror topmaguncha kamayib boradi. Muvozanat narxi vujudga kelgach, talabning hajmi taklifning kattaligiga teng bo‘ladi.
Teng bir xil bo’lgan boshqa sharoitlarda taklifning kamayishi narxning o’sishi va talabning kamayishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |