Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 0,54 Mb.
bet19/19
Sana07.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati


Notarif to‘siqlar – ularga quyidagilar kiradi:

1. Import va eksportni kvotlash – tovarlarni olib kirish va olib chiqishga miqdori yoki qiymat ifodasidagi kvotlarni belgilash.

2. Eksportni ixtiyoriy cheklash – eksportni cheklash yoki eksport hajmini kengaytirmaslik haqida majburiyat.

3. Bojxonadan o‘tishning murakkab jarayoni.

4. Texnik va sanitariya standartlari.

5. Tovarlarni import qilishning valyuta cheklovlari.


Hozirgi zamon sharoitlarida protensionizmning tiklanish sabablari:

 Savdoning erkinlashuvi.

 Xorijiy firmalarning milliy iqtisodiyotda raqobatbardoshlik qobiliyatining kuchayishi.

Ayrim mamlakatlarda importning eksportdan oshib ketgani va barqaror savdo tanqisligining saqlanib qolganligi.

Mamlakatning to‘lov balansi

Joriy tashqi iqtisodiy ahvolni aks ettiruvchi eng muhim tushuncha to‘lov balansidir.



Mamlakatning to‘lov balansi – bir mamlakatning alohida shaxslari, firmalari va hukumat idoralari tomonidan boshqa mamlakatlarning xuddi shunday vakillari bilan bir yil davomida tuzgan bitishuvlarining yig‘ma balansidir.

Bu ushbu mamlakatning o‘z sheriklari bilan olib borayotgan iqtisodiy aloqalarining ahvolini ifodalovchi eng muhim hujjatdir.



To‘lov balansi mamlakatning yil davomidagi barcha tashqi iqtisodiy hisob-kitoblarining yakunini aks ettiradi. Unda bir tomondan («kredit» ustunida) mamlakat yil davomida o‘z tovarlari va xizmatlarini boshqa davlatlarga sotib, shuningdek kelajakda foyda olish uchun ularni rivojlanishiga pul qo‘yib ishlab topa olgan pullar ko‘rsatiladi. Ikkinchi tomondan esa («debet» ustunida) to‘lov balansi mamlakat boshqa davlatlarga ulardan tovarlar yoki xizmatlar sotib olib yoxud o‘zining rivojlanishi uchun pul qarz olib qancha to‘laganligi yoki qancha qarz bo‘lib qolganligini ko‘rsatadi.

Dibet va kredit bo‘yicha summalarining farqi milliy iqtisodiyotning jahon bozoridagi faoliyatining iqtisodiy natijalarini ko‘rsatadi. Masalan, agar eksport va import o‘rtasidagi farq (savdo balansi) ijobiy bo‘lsa, bu mamlakat jahon savdosidan boyiyotgani va uning valyutasining ahvoli mustahkamlanayotganligini bildiradi. Chunki uning tovarlarini u boshqa mamlakatlardan sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlardan ko‘proq summaga xarid qilishni xohlaydilar.

To‘lov balansi milliy valyutaning holatiga ta’sir qiladi va uning o‘zi valyuta kurslarining o‘zgarishlariga kuchli bog‘liqdir. Masalan, so‘mning xorijiy valyutaga nisbatan kursining keskin pasayishi o‘zbek eksportining rivojlanishiga obyektiv yordam beradi. Gap shundaki, so‘m qiymatining mana shunday pasayishi eksport qilingan tovar uchun tushgan har bir dollar, mamlakat ichkarisida sotilganida, borgan sari ko‘proq miqdorda so‘mga aylanadi va bu bilan eksportchilarni daromadlari, ularning yangi eksport amallari, yangi tovarlar sotib olishlari uchun imkoniyatlarni oshirib boradi.

To‘lov balans uch bo‘limdan iborat bo‘ladi:



I. Jiddiy amallar bo‘yicha hisob-kitoblar

 tovar eksporti;

 tovar importi.

Tashqi savdo balansining savdosi

 xizmatlar eksporti;

 xizmatlar importi.

Savdo xizmatlar balansi saldosi

 investitsiyalardan sof daromadlar;

 sof pul o‘tkazmalari.

Joriy amallar bo‘yicha balansning saldosi

II. Kapitalning harakati

 kapital eksporti;

 kapital importi;

 kapital harakatining balansi;

joriy amallar va kapital harakati bo‘yicha balans savdosi.

III. Rasmiy zaxiralar

Joriy amallar bo‘yicha balans va kapitallarning harakatini balansi o‘zaro bog‘liqdir.

Joriy amallar bo‘yicha to‘lov balansini tanqisligi asosan kapital harakatining hisobiga oqib keladigan kapital bilan moliyalanadi. Mamlakat joriy to‘lov balansining aktivi kapitalning sof oqib o‘tishi (tashqariga chiqarilishi) bilan birgalikda kuzatiladi.



To‘lov balansining uch tarkibiy qismining hammasi umumiy qiymatda nolni tashkil qilishi lozim. To‘lov balanslarining tanqisligi va aktivlari haqida gapirilganida joriy amallar hisoblari balansi va kapitalning harakatini nazarda tutadilar. To‘lov balansining muvozanatlashmaganligini xorijiy valyutaning rasmiy zaxiralaridan foydalanish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Bu zaxiralar mamlakat banklarida joylashgan.

Rasmiy zaxiralarning o‘sishi to‘lov balansining faol (aktiv) saldosining kattaligini (hajmini) ko‘rsatadi.


Valyuta siyosati

Valyuta kursini belgilovchi omillar


Iqtisodiy

hodisalar,

Talabning o‘zgari-shi, unumdorlik-ning o‘zgarishi, davlatning moliya va pul siyosati


Narxlar,

stavkalar

foizi

kutishning



siyosiy va

iqtisodiy omillar




V

a

l



yu

t

a



k

u

r



s

i





Xorijiy valyuta-larga talab va taklif

Hukumatning valyuta bozorini tartibga solish bo‘yicha choralari uni o‘z milliy valyutasining devalvatsiya yoki revalvatsiyasini amalga oshirishga undaydi.



Devalvatsiya hukumatning o‘z mamlakati valyutasini almashinuv kursini pasaytirish bo‘yicha yo‘naltirilgan harakatlardir.

Revalvatsiya – hukumatning milliy valyutaning almashinuv kursini ko‘tarilishiga qaratilgandir.

Devalvatsiya mamlakatning tovarlari boshqa mamlakatlar, ular uchun oldingidan kamroq valyuta to‘layotganligi xalqaro bozorda arzonroq bo‘lib qolganini bildiradi. Xorijdan sotib olingan tovarlar qimmatlashadi, bu esa importning kamayishiga, ichki talabni pasayishiga olib keladi.

Milliy valyutaning kursini to‘g‘rilash, korrektirovka qilishni, shuningdek, valyuta intervensiyasi yordami bilan ham amalga oshirish mumkin.



Valyuta intervensiyasi – milliy valyuta kursiga xorijiy valyutani sotib olish yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish.

Oltin standart – milliy valyutalarni almashishning ma’lum nominalning qog‘oz birligi tenglashtirilgan, qayd qilingan oltin og‘irligining belgilanishiga va valyutalarning mana shu oltin bilan ta’minlanganlik asosida almashinuviga asoslangan mexanizmdir.

Oltin standart tizimida valyutalarni almashtirish juda sodda, oson edi. Chunki bunday almashish proporsiyalari o‘zgarmas edi.

Bunda hukumatlar fuqarolariga qarab qog‘oz pullarni oltinga kafolatli almashtirish majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar. Inflyatsiya sharoitlarida odamlar bunday ishni tez-tez qilishni afzal bilar edilar.

Aynan shuning uchun oltin standart tizimining amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan edi. 70-yillarda unda valyuta kurslari milliy pul birliklarining narxi sifatida shakllanadigan valyuta bozori tug‘ildi. Bozor kurslari u yoki bu valyutaga bo‘lgan talab va taklifning nisbati bilan belgilanadi.

Valyuta bozoridagi talab va taklifning hajmlari mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro savdoning hajmiga bog‘liqdir. Inflyatsiyaning kursiga, shuningdek, jahonning turli mamlakatlaridagi inflyatsiyaning miqyosi va iqtisodiyotning ahvoli ham ta’sir qiladi.



Valyuta bozorining asosi – jahonning aksariyat ko‘pchilik mamlakatlarida mavjud bo‘lgan ushbu davlat hududlarida hamma hisob-kitoblarning faqat shu mamlakatlarning milliy valyutalarida olib borish haqidagi talablardir. Oltin bilan ta’minlanganlik mavjud bo‘lmaganda bir valyutaning boshqasi bilan almashinish proporsiyasini ikkita omil belgilaydi.

Birinchi omil – milliy valyutalarning har birini xarid qobiliyati.



Valyutaning xarid qobiliyati – turli xil milliy valyutalarning start summasi (aytaylik yuzta birligiga) bir xil tovarlar va xizmatlarning sotib olish mumkin bo‘lgan miqdordir.

Valyutalarning xarid qobiliyati ularning har birining milliy iqtisodiyotning boshqa mahsulotlariga almashtirish mumkin bo‘lgan tovar (pul tovar) sifatidagi qiymatini ko‘rsatadi.

Valyutalarning xarid quvvati bo‘yicha nisbatiga turli mamlakatlarda tovarlarning turlari bo‘yicha farq ham ta’sir qiladi. Bu muammoni hal qilish va obyektivroq o‘rtalashtirilgan baholashni topish uchun tovarlarning standart «savatcha»si asosida valyutalar paritetini aniqlash usuli ishlab chiqilgan edi.



Valyutalar pariteti – turli xil milliy pul birliklari xarid qobiliyatining har bir mamlakatda tovarlarning bir xil to‘plamini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul summalarini solishtirish asosida hisoblab chiqilgan nisbati.

Bugun valyutalar kurslarini shakllantirishning bosh omili har bir valyuta bo‘yicha talab va taklifning nisbatidir. Talab qanchalik katta bo‘lsa, bu valyutaning boshqa mamlakatlarning pul birliklariga almashish kursi shuncha ko‘p o‘sadi. Va aksincha.

O‘zbekiston o‘z Milliy valyutasiga ega. Shu munosabat bilan respublika Milliy valyutasi so‘mni mustahkamlash bar-qarorlashtirish masalasini hal qilishi lozim. Bu fiskal darajada bo‘lganidek, tashqi sektorda ham yuzaga keladigan vaziyatga bog‘liqdir. So‘m O‘zbekiston hududida yagona qonuniy to‘lov vositasidir. So‘mning joriy etilishi bilan respublikada o‘z fiskal, pul-kredit, iqtisodiy siyosatni yuritishning real mexanizmi paydo bo‘ldi. Respublika uning ichki konvertatsiya qilinishiga, qat’iy valyutaga erkin almashtirilishiga erishdi. Respublikada yashovchi har bir odamning farovon turmushi Milliy valyuta muomalasi (aylanish)ning barqarorligiga bog‘liqdir. Milliy valyutaning barqarorligi, uning ichki konvertlanishi raqobatga bardoshli mahsulotning yetarli miqdori, zarur zaxiralar bilan ta’minlangan.

Respublikada so‘mni konvertlashtirish bo‘yicha maqsadli, kompleks to‘rtta dastur ishlab chiqilgan:



Birinchi dastur. Mamlakatning o‘z valyutasi faqat barqaror tovar qoplanishi bor bo‘lgan vaqtdagina, ya’ni pullar tovarlar bilan to‘liq qoplangandagina real kuchga ega bo‘ladi. Shuning uchun respublika bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan, import bo‘yicha olib kelinadigan tovarlar bilan ham to‘yintirish zarur.

Ikkinchi dastur. Valyutaning barqaror ishlashi, uning mo‘’tadilligi, konvertlanishi u istalgan qattiq valyutaga erkin almashtirilishi uchun yetarlicha valyuta zaxirasi mavjudligiga bog‘liqdir. Buni amalga oshirish uchun esa korxonalar jahon bozorida raqobatga bardosh bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishi va bu bilan qattiq valyuta ishlab topishlari hamda respublika xazinasini to‘ldirib borishlari kerak.

Uchinchi dastur. Milliy valyuta biz ishlab topgan so‘mlarning qadriga yetishimizni o‘rganishimizdan keyingina real to‘lov vositasiga aylanadi. Buning uchun qattiq moliyaviy siyosat olib borilishi, uning natijasida respublika taraqqiyotiga ishlashi lozim bo‘lgan salmoqli foyda olinishi lozim. Bunda korxonalar va tadbirkorlar kredit qaytarilmaydigan sovg‘a emasligini tushunishlari lozim. Kreditlar o‘z vaqtida qaytarilishi kerak.

To‘rtinchi dastur. Milliy valyutaning mustahkamlashning muhim sharti inflyatsiyaga qarshi siyosatning qo‘llanili-shidir. Valyutaning mo‘’tadilligi inflyatsiya darajasini keskin pasaytirishga bog‘liqdir.

Valyutaning konvertlanishi nima degani?



Valyutaning konvertlanganligi – bu milliy pul birligining qonunchilik bilan mustahkamlangan qaytimliligi, barcha xohlovchilarning uni xorijiy valyutaga davlatning almashish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvisiz almashtirish imkoniyatidir.

Bir mamlakatning valyutasi faqat ayrim valyutalargagina almashinilganida valyutaning konvertlanganligi qisman bo‘lishi mumkin. Valyuta hamma xorijiy valyutalarga almashtirilganda almashuv to‘liq bo‘lishi mumkin.

Valyutalarning o‘zaro aloqalarida valyutaning bozordagi talabi belgilaydigan suzuvchi kurslar hukmronlik qili-shadi. Suzuvchi kurslar ayrim mamlakatlar uchun savdo shart-sharoitlarini yomonlashtiradilar, tovar oqimlarini tartibga solishda qiyinchiliklar yaratadi.

Bir qator mamlakatlarda qayd etilgan valyuta kurslari saqlanib qolgan, ularda Milliy valyutaning narxi umumiy qabul qilingan standartga (ko‘pchilik hollarda bu AQSh dollari) nisbatan belgilanadi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turiladi. Bu davlat salmoqli valyuta zaxiralarga ega bo‘lishi, ularni to‘ldirib turishi va ulardan foylanishi kerakligini bildiradi. Bunda davlat, shuningdek, importni cheklash, eksportni subsidiyalashtirish, valyuta nazoratini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralarni amalga oshirishi kerak, eksportdan tushgan valyuta tushumi davlatga sotilishi majburiy bo‘lishi lozim.



Valyuta kursi fundamental iqtisodiy talab hamda takliflarning kon’yunktura omillari bilan aniqlanadigan iqtisodiy kategoriyadir. Fundamental iqtisodiy omillarga mehnat unumdorligi iqtisodiy o‘sish sur’atlari, moliyaviy tizimni moslanuvchan (egiluvchan)ligi va samaradorligi, texnologiyaning va mamlakat Ishlab chiqarish resurslarining darajasi kiradi.

Aynan fundamental iqtisodiy omillar milliy Iqtisodiyotning jahon bozoridagi bazaviy raqobatga bardoshliligini belgilaydi.



Joriy valyuta kursining o‘zgarishlarining sababi valyuta bozoridagi talab va taklifning o‘zgarishidir. Valyuta kursi to‘lov balansining holatiga bog‘liqdir. Agar to‘lov balansi tanqis bo‘lsa, (xorijiy majburiyatlar bo‘yicha qo‘shma to‘lovlar valyuta mablag‘larini tushumidan ortib ketganida) unda mamlakatning valyuta zaxiralari qisqaradi. Bu davlatning to‘lov balansini salbiy saldosini qoplashi bilan bog‘liqdir. Bu vaziyat milliy valyutaning almashinuv kursining pasayishiga olib keladi. Mamlakat valyutasi almashinuv kursining pasayishi importni qimmatlashtiradi xarajatlarning inflyatsiyasi tufayli (to‘g‘rirog‘i xarajatlarga ketadigan pulning inflyatsiyaga uchrashi sababli) mamlakat iqtisodiyotida narxlar darajasining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi (yordam beradi).

Milliy valyutaning konvertlanganligi ichki va tashqI, shuningdek, joriy amallar hamda kapitalning harakati bo‘yicha bo‘lishi mumkin.

Kapitalning harakati bo‘yicha konvertlanishni joriy qilish mamlakat tashqarisidan resurslarni jalb qilishga yordam berishi mumkin. Xorijliklarning u yoki bu mamlakatga kapital qo‘yishga (kirishga) tayyorligi bu mamlakatdan soliqlar ushlab olingandan so‘ng foyda, daromadni olib chiqib keta olish, shuningdek, dastlabki kiritilgan kapitalni repatriatsiya qilish (vatanga qaytarish) mumkin yoki mumkin emasligiga bog‘liqdir. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari (kapitalning mamlakat tashqarisidagi istalgan korxonalarga uzoq muddatga qo‘yilishi)ning hamma shakllariga taalluqlidir. Ular xorijiy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish shaklida amalga oshiriladi. Bu investitsiyalar investorlarga korxona faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilish huquqini beradi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida tegishli choralar ko‘rilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari banklardagi o‘z valyuta hisoblari va jamg‘armalaridan mablag‘larni va ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mlarda olish huquqiga egadir. Valyuta birjalarida respublikada xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikaning ichki bozorini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi yoki iqtisodiyotning bazaviy va yetakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyiha-larni amalga oshirishda qatnashuvchi, jismoniy bo‘lganidek, huquqiy xorijiy shaxslarning kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar valyutalarini konvertlashda ustun, imtiyozli huquqqa ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan.

Erkin konvertlangan valyutadagi kreditni hukumatning qaroriga ko‘ra yoki uning kafolati orqali olgan erkin konvertlangan valyutada olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlagan shaxslar ustun huquqqA ega.



Bunday toifaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining summalarini erkin konvertlangan valyuta imtiyozli konvertlashtirish huquqiga berilgan potentiga ega bo‘lgan shaxslar ham kiradilar. Va nihoyat, bular qatoriga eksportga mahsulot va tovarlar Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchilar ham shunday imtiyozlardan foydalanadilar.

Xorijiy investitsiyali korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati valyuta tamoyiliga asoslanadi, shuning uchun xorijiy investorlarga tegishli foyda va dividendlarni bir qismi konvertatsiyalanishi kerak. Xorijiy ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan foyda va dividendlarning bir qismini reportratsiya qilish maqsadlarida mablag‘larni konvertlashtirish uchun korxonalar vakil qilingan bankka xorijiy valyutani sotib olish uchun buyurtmani, foydani taqsimlash haqidagi hujjatni hissadorlar umumiy majlisining qarorini, shuningdek, konvertlashtirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning korxona rahbari va soliq idorasi tomonidan tasdiqlangan hisob-kitobni taqdim etadilar. Shu bilan bir vaqtda korxona mablag‘larining so‘mlarda saqlab qo‘yilishi (deponent qili-nishi) uchun topshiriq ham beradi. Bu O‘zbekistonda hamma to‘lovlar va hisob-kitoblar milliy valyuta-so‘mlarda amalga oshiriladi. Banklar bu mablag‘larning valyuta birjasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydilar. Taqdim etilgan hujjatlar vakil qilingan banklarning eksportlari tomonidan bir hafta muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Eksport xulosasi pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Qaror qabul qilinganidan so‘ng korxona tegishli Ro‘yxatga kiritiladi va valyuta birjasidagi savdolarda konvertlashtirishga qo‘yiladi. Bunday qaror bir martalik tartibda (bir marta) qabul qilinadi. Korxonalar o‘zini valyuta hisobida ham oqlaydigan loyihalarni – bundaylarga xorijdan uskunalar, texnologiyalar, butlovchi mahsulotlar, xom ashyo sotib olish kiradi – amalga oshirish uchun milliy valyutada kreditlar berish uchun vakil qilingan banklar xorijiy valyutani valyuta birjasiga taqdim etish huquqiga ega.

Joriy amallar bo‘yicha konvertlanganlik – bu to‘lov balansidagi joriy operatsiyalar hisobi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga erkin almashtirishadi. Xorijiy amallar bo‘ycha konvertlashni joriy qilish valyuta kursining mo‘’tadilligiga, shuningdek, olib borilayotgan soliq-byudjet va kredit-pul siyosatiga bog‘liqdir. Mamlakatda erishilgan makro Iqtisodiy Mo‘’tadillik va tegishli makroiqtisodiy rag‘batlar milliy valyutaning joriy amallar bo‘ycha konvertlash vazifasini hal qilishda muhim ahamiyatga egadir.

Bunda aholini va korxonalarni valyuta kursining tebranishining salbiy oqibatlaridan himoya qiluvchi zarur kafolatlarni yaratish, davlatning valyuta zaxiralarini almashinuv kursining barqarorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lganhajmlarda shakllantirish alohida ahamiyatga egadir. Chunki joriy amallar bo‘ycha konvertlanishning joriy etilishi bilan tavakkal (xavf) paydo bo‘lish ehtimoli bor.



Tavakkal (xavf)ning paydo bo‘lishi ichki ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning oshishi imkoniyatida mujassamlangandir. Chunki import xaridorlarining samarasini neytrallashi mumkin bo‘lgan eksport bazasi mavjud bo‘lmaganida tovarlarning importi oshishi mumkin. Shuning uchun o‘tish iqtisodiyoti ko‘plab mamlakatlar valyuta kurslarining bir qator cheklovlarini, eksport va importni litsenziyalashni, eksportdan olingan valyuta tushumlarining bir qismini davlatga topshirish bo‘ycha talabni, xorijda hisoblar ochish ustidan nazoratni, ikki tomonlama to‘lov kelishuvlarini joriy qiladilar.

Ichki konvertlashtirish – bunda rezidentlar Milliy valyutani mamlakat ichida xorijiy valyuta aktivlariga konvertlash huquqiga ega bo‘ladilar. U valyutalarni rezidentlar uchun konvertlashtirishni, shuningdek, ichki bozorda turli xil amallarni xorijiy valyutada amalga oshirish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Rezidentlar mamlakat ichida ma’lum tipdagi aktivlar, masalan, xorijiy valyutalar ifodalangan bank depozitlarini ushlab turishga haqlidir.

Tashqi konvertlashtirish Milliy valyutaning xorijiy valyutaga va aksincha, xorijiy valyutalarning Milliy valyutaga konvertlashtirish imkoniyatini ifodalaydi.
Nazorat savollari

1. Hozirgi zamon sharoitlarida ishlab chiqarishning baynalmilallashuvining kuchayishini keltirib chiqargan omillarni va bu jarayonning asosiy shakllarini sanab bering.



2. Ishlab chiqarishning baynalmilallashtirishining qaysi shakllarini sanab bera olasiz? Ularni ta’riflab bering.

3. Kapital chiqarishi va ishlab chiqarishining banalmilallashuvi bir-biri bilan qanday bog‘langan?

4. Valyutalarning turlarini sanab bering, ularni ta’riflang.

5. Valyuta kursi nima degani? Valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aytib bering.

6. Milliy valyutaning kursiga ta’sir qilish uchun hukumat qanday choralarni ko‘rishi mumkin?

7. To‘lov balansi nima va u qanday bo‘limlardan tashkil topgan?



Mundarija

Kirish ................................................................................

3







Talablar va resurslar...........................................................

10







Xo‘jalik yuritishning zaruriyati ..........................................

17







Ishlab chiqarish omillari (IChO) .......................................

22







Mehnatning bo‘linishi........................................................

28







Iqtisodiy sikl ......................................................................

31







Bozor tushunchasi va bozorning vazifasi ...........................

34







Bozorning turlari va shakllari ............................................

43







Takomillashmagan bozorlarda takomillashgan raqobat modellariga narx qo‘yish ...................................................

46








Narxni belgilashga davlatning aralashishi ..........................

63







Iqtisodiy tuzumning zarurligi ............................................

68







Iqtisodiy siklda davlatning roli ..........................................

75







Umumiy xalq xo‘jaligi hisob-kitobning tamoyillari ...........

82







Iqtisodiy siyosatda davlatning vazifalari ............................

85







Iqtisodiy siyosatning maqsadlari ........................................

89







Xo‘jalik tizimini shakllantirish siyosati ..............................

94







Iqtisodiy jarayonni tartibga solish siyosati .........................

102







Konyunktura siyosati (fiskal siyosat) .................................

120







Markaziy bankining pul-kredit siyosati .............................

125







Tashqi iqtisodiy siyosat va to‘lov balansi............................

139









Iqtisodiyot asoslari

(AKT bo‘yicha mutahassislar uchun)

Toshkent – “Fan va texnologiya” – 2006



Muharrir-tarjimon J. To‘raxonov

Tex. muharrir A. Moydinov

Musahhih M. Hayitova

Rassom SH. Odilov

Bosishga ruxsat etildi 1.02.2006. Bichimi 60x84 1/16.

Nashr tabog‘i 10,0. Adadi 2000. Buyurtma №_____

“Fan va texnologiya” nashriyoti, 700003,

Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 171-uy.

Shartnoma №06-06.


“Fan va texnologiyalar Markazining bosmaxonasi” da chop etildi.



Toshkent sh., Olmazor, 171.


www.UzReferat.ucoz.net


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish