Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati



Download 0,54 Mb.
bet14/19
Sana07.11.2019
Hajmi0,54 Mb.
#25272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Iqtisodiyot asoslari fani predmeti vazifasi va ahamiyati

Nazorat savollari

1. Iqtisodiy nazariyaning asosiy muammosini tuzib bering.

2. Iqtisodiy tizimlarni tasniflashning asosiy belgilarini sanab bering.

3. Iqtisodiy tizimni tanlash muammosi nimadan iborat?

4. Iqtisodiy tizimning bosh masalalari (savollari): Nima? Qanday qilib? Kim uchun? Uning mazmunini ochib bering. Bu savollar yoniga o‘zingizdan savollar qo‘sha olarmidingiz. Javobingizni asoslab bering.

5. Iqtisodiy tizimning subyektini tanlash asosida qanday omillar yotadi?

6. Rivojlanishning o‘zbek modelini o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat?

7. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili nimani taqozo etadi?

8. O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish jarayonining strategik maqsadlarini sanab bering.
IQTISODIY SIKLDA DAVLATNING ROLI


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi


Bozor mexanizmi davlat tomonidan tartibga solishsiz ishlay olmaydi. Davlatning tartibga solishsiz normal bozorning bo‘lishi mumkin emas. Bu davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga bozor mexanizmining ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish maqsadida ta’siridir. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi o‘z ichiga turli: byudjet-soliq, pul-kredit, ma’muriy shakllarni oladi. Ma’muriy tartibga solish, masalan, majburan kartellashtirish, korxonalarni ochish uchun ruxsat olish va hokazo kabi choralar yordamida amalga oshiriladi. Byudjet-soliq shaklida tartibga solish byudjetining daromad va xarajat qismlarini tenglashtirishni ko‘zda tutadi. Tanqislik bilan moliyalashtirish inflyatsiya jarayonlarini kichraytiradi, ularga turtki va zamin bo‘ladi. Shuning uchun davlat byudjetni muvozanatlashtirishga intiladilar, pul-kredit shaklida tartibga solish foiz stavkalarini o‘zgartirishni, «ochiq bozor»dagi amallar (operatsiyalar)ni, majburiy bank zaxiralarining me’yorlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.

Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan rag‘batlar va tamoyillarning samaradorligini ijobiy baholagan holda unga xos bo‘lgan salbiy tomonlarni ham inkor etib bo‘lmaydi, ular iqtisodni nomo‘’tadil rivojlanishi tendensiyalari (inflyatsiya, ishsizlik, o‘sish sur’atlarining pasayishi), daromadlarning taqsimlanishidagi tengsizlikning kuchayishiga olib keluvchi tendensiyalarni yuzaga keltiruvchi, ijtimoiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarni rivojlantirish imkoniyatlarini cheklovchi bozor qonunlarining amal qilishning oqibatlaridir.

Shuning uchun hozirgi zamon bozor tizimi uchun iqtisodiy rivojlanishga davlatning aralashishi zarurdir. Buning miqyosi va shakllari har bir mamlakatda turlicha variantlardadir. Ammo bozor iqtisodiyotida davlatning iqtisodiy vazifalarini kengaytirish uchun obyektiv chegaralar mavjuddir. Bozor mexanizmining harakatlarini to‘g‘rilab, uning salbiy tomonlarini yumshatib turar ekan davlat bozor narxlarini shakllantirishning asoslarini va erkin raqobatni buzilmasligi kerak.

Bozor xo‘jaligida davlatning vazifalari:


 Bozor iqtisodiyotining samarali ishlashiga yordam beruvchi huquqiy asoslarni va ijtimoiy muhitni yaratish, bozor munosabatlari subyektlarining o‘zlarini tutishlariga iqtisodiy richaglar (soliqlar, narxlar siyosatida maqsadga yo‘naltirilgan cheklash, davlat subsidiyalari, kreditlar, jarimalar, bojxona yig‘imlari) yordamida ta’sir qilib bozor xo‘jaligini tartibga solish.

 monopoliyaga qarshi siyosat va raqobatni qo‘llab-quvvatlash;

 qayta ishlab chiqarishning samarali umumiy sharoitlarini yaratish (ishlab chiqarish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy infratizimni rivojlantirish);

 davlat mulkini iqtisodiyotning ushbu sektorida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘li bilan sotish (realizatsiya qilish);

 bozorning salbiy tomonlarining o‘rnini to‘ldirish;

 qayta ishlab chiqarishni makro darajada iqtisodiy dinamikani tartibga solish vositasida, investitsion-tuzilmaviy siyosat, ishlab chiqarishning, ishsizlik va inflyatsiya darajasi ustidan moliyaviy va soliq nazorat yo‘li bilan mo‘’tadillashtirish;

 daromadlarni qayta taqsimlash, transfert (mehnat sarflari bilan bog‘liq bo‘lmagan) to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan adolat tamoyillari, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash;

 kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash;

 fiskal siyosatni o‘tkazish – xo‘jalik yurituvchi subyektlar daromadlarining bir qismini byudjetni shakllantirish uchun olib qo‘yish.

XX asrdan boshlab, davlat o‘ziga Iqtisodiy subyekt sifatida xos bo‘lgan – davlat mulkini va davlat tadbirkorligini rivojlantirish vazifalarini ham bajara boshladi.



Iqtisodiyotda davlat sektori tarixiy o‘sishining eng muhim sabablari:

 urushlar va milliy mudofaa;

 makrodinamik jarayonlarini infratuzilmaviy ta’minlash;

 aholi sonini o‘sishi;

 urbensiyalash (qishloq aholisining shaharlarga ko‘chishi);

 atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari.



Davlat sektorining faoliyat sohalari:

 militarizatsiyalashtirish (harbiylashtirish, urush, mudofaa uchun mahsulot, xom-ashyo, qurol-aslaha ishlab chiqarish) va konversiya;

 ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi:

 mablag‘ va ilmiy salohiyat ko‘proq jalb etilishini talab qiluvchi tarmoqlardagi innovatsion jarayonlar;

 iqtisodiyotning «bemor» sohalari.

Davlat sektorining optimal chegaralari

Davlat mulkining miqyoslari rivojlangan kapitalistik davlatlarda hozirgi paytga kelib sezilarli, aniqrog‘i, salmoqli hajmlargacha ko‘paydi. AQShdagi, G‘arbiy Yevropadagi davlat mulki holatining qat’iy farqi yirik firmalar faoliyatining ko‘lami va kuchi bilan izohlanadi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng G‘arbiy Yevropada xususiy sektor faoliyatning hamma sohalarini qamrab ololmagan, aynan mana shu salmoqli davlat sektorining paydo bo‘lishining sababi bo‘ldi.

Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi Iqtisodiyotining xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga, hamkorlik hamda harakatiga asoslangan.

Iqtisodiyotga ta’sirining intensivligining darajasi va davlat hal qilayotgan ustuvor vazifalarining darajasiga qarab zamonaviy bozor xo‘jaligining modellarini farqlaydilar.

Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari





Modellar

Mezonlar


Ijtimoiy bo-zor xo‘jaligi

Aralash iqtisodiyot

Korporativ iqtisodiyot

Davlat dasturlarining maq-sadli yo‘nalishi

Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish

Yirik biznes manfaatlarini himoya qilish

Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari

Uzoq muddatli dasturlash

Taktik usullardan ko‘proq foydalanish

Asosiy ustuvorliklarni belgilash

Iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi

30 foizga yetadi

10 foizgacha

Sezilar-sezilmas

Eng ko‘p bo‘lgan davlatlar

Germaniya

AQSH

Yaponiya Shvetsiya


O‘zbekistonda bozor xo‘jaligiga o‘tish sharoitlari

 Xo‘jalik faoliyatining erkinligini ta’minlash.

 Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini ratsionalizatsiyalashtirish (oqilona olib berish) vositasida xo‘jalik yuritishning shart-sharoitlariga, vositalari va natijalariga turli xil mulk shakllarining paydo bo‘lishi.

 Tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirishning eng muhim omili sifatli ishlab chiqaruvchilar raqobatining rivojlanishi.

 Narxning erkin belgilanishi mexanizmining rivojlanishi.

 Bozor munosabatlarining tarqalishi bilan birga iqti-sodiyotning salmoqli nobozor sektorining ham saqlanishi.

 Ilmiy yechimlar ko‘p hajmda qo‘llaniladigan iqtisodiyot-ni mikroxo‘jalik aloqalari tizimga izchillik bilan integratsiyalari.

 Fuqarolarga ijtimoiy kafolatlarning davlat tomonidan ta’minlanishi mablag‘lar ishlab topishda» hammaga teng imkoniyatlar taqdim etish va jamiyatning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va mehnatga layoqatsiz qismini qo‘llab-quvvatlash.

O‘zbekistonda bozor Iqtisodiyotiga o‘tishning mantig‘i va bosqichi vazifalari:

Iqtisodiyotning davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish. Zaxira va imkoniyatlarni ishlash va ulardan foydalanish.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimi doirasida vujudga kelgan va bozor munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy tuzilmalarni tugatish va iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish.

Narxlar ustidan davlat nazoratini asta-sekin cheklash, busiz bozor mexanizmining ishlashi mumkin bo‘lmagan, talab va taklifga mos ravishda narx (bahoni) erkin belgilashga o‘tish.

Muomaladagi pul massasini cheklash maqsadida pul-kredit va moliyaviy siyosatni olib borish. Odamlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlariga moslashuvini yengillashtiradigan, ijtimoiy muhofaza muhtoj qatlamlarini himoya qiladigan aholini qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli ijtimoiy kafolatlar tizimini yaratish.

Ustun ravishda, asosan iqtisodiy usullarga tayangan holda xalq xo‘jaligining ijtimoiy mo‘ljalga olish yo‘nalishidagi zarur tuzilmaviy o‘zgarishlarini ta’minlashi mumkin bo‘lgan faol tuzilmaviy-investitsion siyosatni amalga oshirish.

Bozor tizimi xususiy mulk hukmronligi, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, pul yordamida amalga oshiriluvchi almashinuv munosabatlarining rivojlanishi bilan ifodalanadi. Har qanday boshqa ijtimoiy tizim kabi u doimiy rivojlanishda. An’anaviy jamiyatda vujudga kelib, bozor asta-sekin xususiy tadbirkorlikka tayanadigan bir butun kapitalistik tizimga aylanadi. Bu tizimning aniq zamonaviy variantlarining ko‘pligi va o‘ziga xosligiga qaramay ularning hammasi yuqori darajada rivojlangan texnologiya, aralash mulk va iqtisodiyotda davlatning faol ishtiroki asosida rivojlanadilar.

Bozor tizimida xo‘jalik yuritishning tadbirkorlik erkinligi, ishlashni istagan har qanday odam uchun kasb tanlash erkinligi, har qaysi xaridorga (uning moliyaviy imkoniyatlari darajasida) xarid qilishni tanlash erkinligiga asoslangan maxsus ixtisoslashgan rag‘batlarni va tamoyillari amal qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatining va bozor tanlovining rag‘bati (stimuli)sifatida xususiy iqtisodiy manfaat chiqadi, tadbirkorlar foydani eng ko‘p miqdorda olish (yoki ishlab chiqarish xarajatlarini eng past darajaga tushirish)dan ishlab chiqarish omillarining egalari ularni biznes sohasida ishlatganlik uchun xaridorlar esa o‘zlariga zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni sotib olishda ko‘proq foyda ko‘rishdan manfaatdordirlar.

Tadbirkorlik erkinligi, tanlash erkinligi va shaxsiy manfaat, bozor almashinuvi ishtirokchilari ortasida tortishuv, raqobat munosabatlarini shakllantiradi. Bu munosabatlar istemolchilar nimalarni afzal korishlarini aks ettiruvchi va ishlab chiqaruvchilarni hamda ishlab chiqarish resurslarining egalarini shunga moslashishga majbur qiluvchi bozor narxlari tizimi orqali tatbiq qilinadi, amalga oshiriladi.

Shunday qilib, baho mexanizmi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, uning samaradorligi bozor tizimi ishtirokchilarni soniga, ularning qaror qabul qilishdagi erkinlik darajasiga bog‘liqdir. Nimani, qancha, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarish» muammosi bozor tizimida samarali ishlayotgan ishlab chiqaruvchilar uchun qulay sharoitlar yaratib bera borib, tovar ishlab chiqarish texnologiyasini uning takomillashuvini va tejamkorligini oshishini rag‘batlantirgan holda belgilaydigan narxlar asosida hal qilinadi. Bozor narxlari bozorga tushayotgan mahsulotlarning taqsimotiga hal qiluvchi ta’sir qiladi. Chunki birinchidan, narx iste’molchining tovar va xizmatlarning qaysi turini tanlashi muhim mezondir. Ikkinchidan, ishlab chiqarish omillarining narxlari jamiyatning daromadlarini shakllantiradi va demak, aholining turli qatlamlarini xarid qobiliyatini belgilaydi.

Narx mexanizmi iqtisodiyotning tashkilotchisi va muvofiqlashtiruvchisi sifatida chiqadi, harakat qiladi. Narxlar uning yordamida tadbirkorlar ham, ishlab chiqarish resurslarini egalari ham bozorga mo‘ljal oladigan signal tizimi rolini o‘ynaydilar. Bu signal tizim faqat erkin raqobat sharoitlaridagina samarali ishlaydi. Birinchidan, shuning uchunki, faqat shunday holatdagina narx signallari bozor talabini aniq aks ettiradi. Ikkinchidan, aynan raqobat bozor agentlarini bu signallarga muvofiq ish tutishga majbur qiladi: uchinchidan, u xususiy va ijtimoiy manfaatlarning yaqinlashuvini ta’minlaydi.

Davlatning daromadlari va xarajatlari

Davlat xarajatlarining bir-biridan farqlanuvchi ikkita turi mavjud. Bular: real xarajatlar va o‘tkaziluvchi to‘lovlardir.
Real xarajatlar

Biz ular haqida markaziy hukumat va mahalliy hokimiyat idoralari tovarlar va xizmatlarni sotib olishgan hollarda chegiramiz. Davlat xizmatchilari, o‘qituvchilar, shifokorlar mehnatiga to‘lanadigan haq ham shunga kiradi.

Xarajatlarning bu turiga darsliklar, dorilar, maktab va shifoxonalar uchun zarur bo‘lgan uskuna va jihozlarni sotib olish ham kiritiladi.



Transfert (o‘tkaziluvchi) to‘lovlar

Ular pulni ayrim oilalarga va firmalarga subsidiyalar (grantlar) shaklida o‘tkazib, berish demakdir. Bular: ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, onalarga bolalar uchun beriladigan to‘lovlar, investitsiya subsidiyalaridir. Ularni olgan oila va firmalar bu pullarni sarflaydilar.


Daromdlarni shakllantirish

Daromadlarni shakllantirish soddalashtirilgan holda quyidagi tarzda tasavvur qilish, ko‘rsatish mumkin:

+
+

mehnat faoliyatidan tushgan daromad (ish haqi) tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromad (foyda) mulkdan tushgan daromad (renta)

=

-


omiliy daromadlar (yoki omillar daromadlari)

ijtimoiy sektor (davlat)dan transport to‘lovlari

=

-


yalpi daromadlar

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar

-

ixtiyorida bo‘lgan (sof) daromad

Davlat xarajatlari mamlakatning iqtisodiyot sohasidagi xarajatlari yig‘indisining katta foizini tashkil qiladi. Bu mamlakatning davlat xarajatlarining har qanday o‘zgarishi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarda bo‘lganidek, xuddi shuningdek, bandlik darajasi ham jiddiy aks etishini bildiradi. Shuning uchun davlat tovarlar va xizmatlarga umumiy talabni oshirish yoki kamaytirish uchun o‘z xarajatlarini erkin, o‘z xohishiga ko‘ra, o‘zgartirishi mumkin.
Davlat xarajatlarini asoslash

1. Faqat qiymatini soliqlar hisobidan to‘ldiradigan davlatgina aholini ijtimoiy (umumiy) foydalanadigan tovarlar bilan ta’minlashi mumkin, davlat hamma fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishni, ta’lim berishini taqdim etadi, ta’minlaydi.

2. Muhtojlarga yordam.

3. Sanoatni va bandlikni qo‘llab-quvvatlash.

4. Iqtisodiyotni boshqarish.




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish