Ishlab chiqarish resurslari hamma vaqt ham cheklangandir, chunki odamlarning xohish va ehtiyojlari, talablari doimo o‘sib boradi, ya’ni ular resurslardan farqli o‘laroq, cheklangan. Shuning uchun, yer, yer osti boyliklari, xom ashyo, dastgohlar, odamlarning mehnatidan samarali foydalanishni o‘rganish zarurdir.
Cheklangan resurslardan jamiyat hamda uning a’zolari talablarini qondirish uchun oqilona foydalanish muammosi nazariy iqtisodiyotning predmetidir.
Fondlarni o‘rganib, farazlarni oldinga surishar ekan iqtisodchilar umumlashmalar chiqaradilar, iqtisodiyot faoliyat yuritishi uchun asos bo‘ladigan tamoyillar (qonuniyatlar)ni ochadilar. Bir xil holatlarda ular ma’lum bir hodisalar, tendensiyalarning rivojlanishini qayd qiladilar, boshqa holatlarda samarali ishlab turgan xo‘jalik tizimida «o‘yin qoidalari» qanaqa bo‘lishi kerakligiga oid xulosalar chiqaradilar. U yoki bu hodisa tendensiyalarni qayd etish, iqtisodiy ilmda ijobiy yo‘nalishga kiradi. Samarador bo‘lishi uchun iqtisodiyot qanday ishlashi kerak degan masala qo‘yilganda esa biz me’yoriy fanga yuzma-yuz kelamiz.
Iqtisodiyot – murakkab, ko‘p darajali tizim. Shu narsa ayonki, uning hamma darajalari o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq. Ammo shunday bo‘lishiga qaramay, masalan, firma, tarmoq, xo‘jalikning faoliyat yuritish tamoyillari iqtisodiyotning bir butun tizim sifatida rivojlanishining qonunlaridan farq qilmaydi. Shuning uchun nazariy iqtisodiyot cheklangan resurslardan makro va mikro darajasida samarali foydalanish muammolarini o‘rganadi.
Nazariy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli o‘rganish o‘z-o‘zidan hayotda va tadbirkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlar garovi bo‘lolmaydi. Ammo iqtisodiy muammolarni bilish ular bilan faqat kasb faoliyati taqozosi bilangina bog‘liq bo‘lganlarga zarur emas. Nazariy iqtisodiyot iqtisodiyotning murakkab dunyosini tushunishini o‘rgatadi, fuqaroviy ongni shakllantiradi, fikrlashning iqtisodiy tipini yuzaga keltiradi.
Metodologiya – bu ilmiy bilishning tuzilish tamoyillari, shakllari va usullari haqidagi ta’limotidir.
Iqtisodiy jarayonlarini bilish usullari boshqa fanlardagi jarayonlarni o‘rganishdan farq qiladi. Agarda biz haqiqiy bilimlarni qo‘lga kiritishni istasak, hamma holatlarda asoslarini qadimiy yunonlar qo‘ygan va Gegel tomonidan ilmiy nazariy darajasigacha rivojlantirilgan dialektik usulni qo‘llashimiz kerak. Ilmiy bilishning shakl va usullari anchagina va ularning ko‘pchiligida iqtisodiy olimlar keng foydalanadilar. Bular:
kuzatuvchilar (statistik obyektlar);
olingan materiallar sintez, tahlil, induksiya, deduksiya, tizimiy yondashuv vositasida ishlash.
faraz (gipoteza)larni ishlab chiqish va ularni tekshirish;
sinovlar o‘tkazish;
mantiqiy va matematik shakllardagi modellarni ishlab chiqish.
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima?
Iqtisodchi ularga asoslanib, iqtisodiy o‘zini tutishiga taalluqli qonunlarni ochishi mumkin bo‘lgan, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita tahlil darajasi mavjud.
Tahlilning bitta darajasi – bu makroiqtisodiy yondashuv, ikkinchisi – mikroiqtisodiy yondashuvdir.
Makroiqtisodiyot – bu bir butun xo‘jalik haqidagi fan.
Mikroiqtisodiyot – iste’molchilar va firmalar haqidagi fan.
Mikroiqtisodiyot ayrim iqtisodiy subyektlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Ularga iste’molchilar, ishchilar, kapital qo‘yuvchilar, yer egalari, firmalar – amalda iqtisodiyotning faoliyat yuritishida sezilarli rol o‘ynaydigan har qanday shaxs yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt kiradi.
Mikroiqtisodiyot quyi darajada iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun qabul qilinishini tushuntiradi. Masalan, u iste’molchilar tovarni xarid qilish haqida qarorni qanday qabul qilishi, ularning tanloviga narxlar hamda iste’molchilarning daromadlarining o‘zgarishi qanday ta’sir qilishini, firmalar ishchilar sonini qanday rejalashtirishini, ishchilar o‘zlari qayerda va qancha mablag‘ sarflashlarini qanday hal qilishlarini tushuntirib beradi.
Mikroiqtisodiyot alohida odamlar, korxonalar va bir butun olganda jamiyatning tanloviga ta’sir qiluvchi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi. U cheklanganlik, tanlov va muqobil qiymat tushunchalari, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’mol bilan ish ko‘radi.
Mikroiqtisodiyotda biz alohida tarmoq, firma va uy xo‘jaligi terminlari bilan ishlaymiz va diqqatimizni ishlab chiqarish yoki aniq mahsulotning narxi, bir firmada band bo‘lgan ishchilar soni, alohida firmaning yoki alohida oilaning tushumi yoki daromadi, ushbu firmaning yoki oilaning xarajatlari va hokazo birikmalar (kattaliklar)ga jamlaymiz. Mikroiqtisodiy tahlil iqtisodiy tizimning ayrim o‘ziga xos spetsifik qismlari (komponent)larini yaqin masofadan ko‘rish uchun zarur. Mikroiqtisodiyot «o‘rmonni emas daraxtlarni» o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotning qanday tezlikda rivojlanayotgani, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qandayligi; daromadlar yig‘indisi qandayligi; bandlikning umumiy darajasi; xarajatlarning umumiy hajmi; narxlarning umumiy darajasi qandayligi va boshqa masalalarni o‘rganadi.
Qisqa qilib aytganda, makroiqtisodiyot endi «daraxtlarni emas, o‘rmonni» o‘rgandi.
Mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiyot bu iqtisodiyotning inflyatsiya, mamlakatda mehnat unumdorligini o‘sish sur’atlari, foizlarining hisob stavkalari, ishsizlik, iqtisodiy o‘sish kabi keng miqyosli iqtisodiy hodisalarni o‘rganadigan tarmoqdir. Ammo keyingi yillarda makro va mikroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegaralar borgan sari yo‘qolib bilinmay ketmoqda. Buning sababi shundaki, makroiqtisodiyot ham, shuningdek, qo‘shilgan bozorlar, masalan, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari yig‘indisining tahlili bilan bog‘liqdir. Qo‘shilgan bozorlar qanday harakat qilishlarini tushunish uchun avvalo, bu bozorlarda faoliyat yurituvchi firmalar, iste’molchilar, ishchilar, kapital qo‘yuvchilarning o‘zlarini tutishlarini o‘rganish kerak. Shunday qilib, makroiqtisodiyot bo‘yicha mutahassislar borgan sari mikroiqtisodiy asoslashlar bilan ko‘proq shug‘ullanmoqdalar, makroiqtisodiyotning o‘zi esa haqiqatda mikroiqtisodiy tahlilning davomidir. Zamonaviy davlat pul-moliya sohasininggina emas, ijtimoiy ishlab chiqarishning makroiqtisodiy tartibga solish instituti va muhim omilidir.
Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot tushunchalarining ajratib ko‘rsatilishi iqtisodiy fani predmetini uning alohida bo‘limlarga keskin bo‘lingan va uning istalgan mavzusini yo makro yoki mikro bo‘limga kiritsa bo‘laveradi, deb tushunmaslik kerak. Makro va mikroiqtisodiyot tahlil jarayonining muhim sohalarida uyg‘unlashib ketishiga quyidagini misol keltirish mumkin: agar bundan 15-20 yil burun ham ishsizlikka ko‘proq makroiqtisodiy muammo sifatida qaralgan bo‘lsa, hozir esa iqtisodchilar ishsizlikning ma’lum bir darajasida yakka ishchilarining o‘zlariga boshqa va faoliyat yuritishning boshqa usulini ajratish haqidagi qarorlari muhim ahamiyatga ega ekanligini tan olmoqdalar.
Mikroiqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning oldi-sotdining, kredit va hokazolarning variantlarini tanlash bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot subyektlarining o‘zlarini tutishlarini o‘rganishdir.
Mikroiqtisodiyot subyektlarning iqtisodiy tanlovini belgilovchi omillarni va bu omillardagi o‘zgarishlarni bozor almashinuvlar orqali o‘zaro hamkorlik qiluvchi har xil odamlarning qarorlariga ta’sirini o‘rganadi.
Makroiqtisodiyot – bir butun xo‘jalik tizimining harakatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy boshqotirmaning alohida bo‘laklarini ko‘rib chiqqan vaqtda makroiqtisodiyot butun tasvirda to‘laligicha diqqatni jam qilishga intiladi. Makroiqtisodiyot xususiy qarorlarning bir butun olganda xo‘jalik yuritish sohasiga umumiy ta’sirini o‘rganadi. Bu ta’sir narxlarning o‘rtacha milliy darajasida ishlab chiqarishning hajmida, bandlik darajasida va boshqalarda aks etadi. Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, bandlikning, mehnat unumdorligining, mahalliy yoki segmentlangan bozorlar (masalan, oziq-ovqat bozori)dagi narxlarning darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
TALABLAR VA RESURSLAR
Iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari va tanlash muammosi.
Iqtisodiyotda resursiy cheklanganlik.
Odamlar yashashlari uchun oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa ko‘pgina narsalar kerak. Hozirgi zamon kishisini buyumlar olami 4 millionga yaqin pozitsiyadan iborat va u doimo muttasil bormoqda.
Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari qo‘llanilayotgan resurslarning kamyobligi uchun limitlangan. Buning ustiga jamiyat rivojlanib borgan sari, barcha iqtisodiy resurslarning cheklanganligi saqlanib qoladi, hatto kuchayadi. Bu faqatgina qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslarning tugab borayotganligi bilangina emas, balki, iste’molning ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muttasil ravishda impuls (turtki) berishi, ya’ni tovar va xizmatlarning yangi turlari yaratilishi, ularning sifat xususiyatlarining o‘zgarishi, bu esa iste’molchilarning iste’mol va investitsiya tovarlarga bo‘lgan talablarini o‘stirish bilan taqozo etiladi, izohlanadi. Va har gal jamiyat bor bo‘lgan resurslar bilan bu ne’matlarning qaysilarini va qanday miqyoslarda ishlab chiqarish masalasini hal qilishga majbur bo‘ladi.
Misolni ko‘rib chiqamiz:
Imkoniyatlar
|
Iste’mol tovarlari
|
Investitsion tovarlar
|
A
|
0
|
15
|
B
|
1
|
14
|
C
|
2
|
12
|
D
|
3
|
9
|
E
|
4
|
5
|
F
|
5
|
0
|
N
Do'stlaringiz bilan baham: |