Buxoro Arki (Buxoro, IX-XX asrlar). Buxorodagi qadimgi shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. avv. I asrda qurilgan. Shaharning qadimgi qal’asi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari-buxorhudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (IX-X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan.
Qoraxoniylar davrida (XI-XII asrlar) va mo’g’ullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi qiyofasi asosan SHayboniylar sulolasi davri (XVI asr)da shakllangan.
Balandligi 20 m cha bo’lgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi ko’pburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom g’isht, paxsalar bilan mustahkamlangan.
Chashmai Ayyub maqbarasi(Buxoro, XII asr, 1380). Muqaddas ziyoratgoh binosi to’g’ri to’rtburchak tarhli (19 x 26 m) bo’lib, g’arbdan Sharqqa cho’zilgan 4 xonadan iborat, har bir xona bir-biriga o’xshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Dastlab eng qadimgi xona-murabba tarhli (4,5 x 4,5 m) quduqxona bunyod etilgan (Arslonxon tomonidan Minorai kalon va Namozgoh masjidi bilan bir davrda qurilgan degan rivoyatlar saqlangan), uning ikki yonida ziyoratchilar uchun o’z vaqtida 2 eshigi bo’lgan. Old tomoniga toqli xona (4,5 x 4,5 m) tutashtirib qurilgan, u binoga peshtoq vazifasini o’tagan, qo’sh gumbazli, oldi peshtoqli. Ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379 yilda unga taqab gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari bo’lgan daxdiz qurilganligi yozilgan. Binoning qadimgi qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarga ko’ra chashma-quduq Ayyub payg’ambar qadamjoyi.
Jarqo’rg’on minorasi (Surxondaryo viloyati, 1108 –1109). Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumani Minor qishlog’ida joylashgan me’moriy yodgorlik. Xuroson me’morlik maktabi an’analari asosida barpo etilgan. Yonida bir vaqtlar pishiq g’ishtdan qurilgan Jome masjid bo’lgan (saqlanmagan).
Jarqo’rg’on minorasi 8 qirrali poydevor ustiga g’ishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirg’adan iborat. 20 m balandlikda g’ishtin panjarali ravoqlar ishlanib, uning ustida kufiy yozuvli belbog’ hoshiya bor. Belbog’ ustida yana qirralar davom ettirilgan, lekin minora tepasi saqlanmagan. N.N. Karazin rasmida masjid va minora xarobasi aks ettirilgan (1879 yil). Minoraning hozirgi bal. 21,6 m, asosi (diametri-5,4 m)ning kitobasida me’mor nomi Ali ibn Muhammad Saraxsiy va qurilgan sanasi yozilgan (V.A. SHishkin tomonidan o’qilgan). Jarqo’rg’on minorasi ta’mirlangan, davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |