Xorazm davlati. Zaiflashib borayotgan Qang’ davlatidan birinchi bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni mahalliy Afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora qila boshlaydi. Milodiy III asr o’rtalarida Xorazm davlatining poytaxti Afrig'iylar sulolasiga dastlab hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a xorazmshohlarshahar xarobasining o’rnida bo’lgan1. Poytaxt mudofaa jihatidan nihoyatda mustahkam qurilgan. Shaharning mustahkam labirintli (g’ulomgardish) - darvoza og’zi istehkomi - darvozaxonasi bo’lgan. Darvoza qarshisida shahar markazini kesib o’tgan ko’chaning har ikki tomoni bo’ylab shaharliklarning turar joylari joylashgan. Shahar markazidan yuqoriroqda ibodatxona majmuasi, uning Shimoli-g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 metr bo’lgan uch minorali xorazmshohlar qasri qad ko’targan. Qasr imoratlari ikki qavatli shoh saroyi va shohona turar joylar rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar hamda haykallar bilan bezatilgan. Shaharning umumiy maydoni 26 gektarni tashkil etgan. Bu davrda Xorazmda atrofi mustahkam devorlar bilan o’ralgan shaharlar, istehkomli qishloqlar juda ko’p bo’lgan. Milodiy 305-yilda xorazmshoh Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qasri ichida shoh o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Xorazmning Afrig’iy shohlari betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar.
Xioniylar davlati.IV asr o’rtalarida O’rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko’chmanchi Chorvador xion nomli qabilalarning hujumi boshlanadi. Xioniylar milodiy 353-yilda o’z hukmdori Grumbat boshchiligida Sug’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora kuchayib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadilar. Dastlabki janglardayoq sosoniylar shohi Shopur II (309-379) xioniylardan yengiladi. So’ngra o’zaro sulhga kelishilib, hatto ular o’rtasida ittifoqlik ipi bog’lanadi. O’rtadagi ittifoq goh buzilib, goh tiklanib turadi. Nihoyat, IV asrning 70-yillarida O’rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o’rnatildi. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo havzasi gacha cho’zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroq hukmdorlik qiladi.