Iqtisodiy va madaniy hayot


Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy



Download 107,86 Kb.
bet27/48
Sana02.03.2022
Hajmi107,86 Kb.
#478882
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48
Bog'liq
O\'ZBEKISTON

Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy(tax. 780-880). Ahmad al-Marvaziy-Bag’dod ilmiy maktabida faoliyat ko’rsatgan yirik astronom va matematik olim bo’lib, u «Habash al-Hosib» («Habash hisobchi») laqabi bilan tanilgan. Uning ismidagi al-Marvaziy rutbasi esa muallifni hozirgi Turkmanistonning Bayram Ali shahri yaqinidagi Marvdan ekanligini ko’rsatadi. Olimning ismi va ba’zi asarlari o’rta asr mualliflaridan Ibn an-Nadim (X asr), Ibn al-Qiftiy (1173-1248) va Hoji Xalifalar (1609-1657) tomonidan zikr etiladi. Jumladan, Ibn an-Nadim uni yuz yildan ortiq yashagan, deb ma’lumot berib, Marvaziyning yettita kitobining nomini sanab o’tagan. Ibn al-Qiftiy esa uning asli marvlik bo’lib, xalifa al-Ma’mun va al-Mu’tasim zamonida Bag’dodda faoliyat ko’rsatganligini aytadi. Olimning yashagan umrini Ibn al-Qiftiy yuz yillar atrofida, deb xabar beradi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Ahmad al-Marvaziy uzoq umr ko’rgan. Fan tarixiga oid bibliografik kitoblardan bu olimni 770-870 yillar mobaynida yashab o’tgan deb taxmin qilinadi. Ahmad al-Marvaziy «Zij» («Astronomik jadvallari») deb ataladigan «Damashq ziji» («az-Zij al-ma’ruf bi-d-Dimashqiy»), «Zij» (bu zij Bag’dod shahri uchun tuzilgan) va «al-Ma’munning tekshirilgan ziji» («az-Zij al-Ma’muniy al-mumtahan») asarlarining muallifidir.
Ibn al-Qiftiy al-Marvaziy «Shoh uchun zij» («az-Zij al-Shahiy») nomli yana bir kichik hajmdagi risolaning ham muallifi, deb ko’rsatgan. Lekin bu risola yuqoridaga zikr etilgan «zij»larning birortasi bo’lishi mumkin. «Damashq ziji» hozirda Istambulda saqlanmoqda.
Ahmad al-Farg’oniy (taxm. 797, Farg’ona-865, Misr). Ahmad al-Farg’oniy (to’liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy)-astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo’nalishlarda faoliyat ko’rsatgan o’zbek qomusiy olimi. Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog’ida tug’ilgan. Sharqda Al-Farg’oniy, Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy faoliyati to’g’risida juda oz ma’lumotlar yetib kelgan. Ahmad al-Farg’oniy hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga aylanib, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida Movarounnahr, Xorazm va Xurosondan kelgan ko’plab mutafakkirlar muhim o’ringa ega bo’la boshlagan tarixiy davrda kechdi.
Ahmad al-Farg’oniy Xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vorislari al–Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so’ngra Bag’dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay’at (falakiyotshunoslik-astronomiya), riyoziyot (matematika) va jug’rofiya (geografiya) fanlari bilan shug’ullandi hamda qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.
Ahmad Farg’oniyning ijodiy faoliyati Bag’dodda ulug’ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt–ul–Hikma» bilan bog’liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo’lishi va ilmiy taraqqiyotga munosib hissa qo’shgan. Bag’dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Abu Rayhon Beruniyning bergan ma’lumotlariga ko’ra, al–Farg’oniyning Suriya Shimolida, Sinjor sahrosida 832-833 yillar Tadmur va ar–Raqqa oralig’ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o’lchashda ishtirok etgan.
Ahmad al-Farg’oniyning hayoti va ilmiy hamda amaliy faoliyati to’g’risidagi eng so’nggi ma’lumot 861 yilga mansubdir. O’sha yili Abbosiy xalifa Abul Fazl Ja’far al-Mutavakkil (hukmronlik yillari 847-861) buyrug’iga binoan Nil daryosidagi suv sathini o’lchaydigan inshoot barpo etish uchun Misrning Qohira yaqinidagi Fustat shahriga keladi. Ilmiy-texnik va me’moriy jihatdan g’oyat ulug’vor bu qurilma Nil daryosining Sayyolat ul–Rod mavzesida hozirga qadar saqlanib qolgan.
1998 yil O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Farg’ona shahrida Ahmad al-Farg’oniy nomi bilan ataladigan istirohat bog’i va qadimgi Quva shahrida Ahmad al-Farg’oniy haykali o’rnatildi. YUNESKO ning 1998 yildagi tadbirlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to’g’risida»gi qarori (1997yil 27 noyabr)ga ko’ra alloma hayoti va ijodiga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar badiiy, ko’rgazmalar o’tkazildi, yangi kitoblar nashr etildi, spektakllar sahnalashtirildi, filmlar suratga olindi.

Download 107,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish