Mustaqil talim



Download 0,65 Mb.
Sana15.04.2022
Hajmi0,65 Mb.
#555672
Bog'liq
Mustaqil talim SAIDA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI GUMANITAR FANLAR FAKULTETI
TARIX” KAFEDRASI
MUSTAQIL TALIM
Mavzu: Qadimgi Misrda davlat va jamiyatning paydo bo’lishi


Bajardi: I kurs TARIX 21/1Gurux talabasi
SAIDOVA SAIDA ASLIDDIN QIZI
Tekshirdi: KAMOLIDDINOV FARRUX BURXONIDDINOVICH

Reja:
1.Misrning geografik òrni.
2.Misr aholisi.
3.Misr haqida qadimgi zamon muallaiflarining malumotlari

Misr Sharqdagi eng qadimgi despotik davlatlardan biri boiib, u Afrika qit’asining shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan mamlakatdir. Nil dunyodagi eng katta daryo, uzunligi 6500 kilometrdan ortiqdir. U Markaziy Afrikaning katta koilaridan oqib chiqadigan Oq va Ko'k Nil daryolarining qo‘shilishidan hosil boiadi. Daryo to‘rt sharshara-ostonalardan o ‘tgach 700kilometr masofada vohadan oqib o‘tadi va bir necha tarmoqlarga boiinib 0 ‘rtayer dengiziga quyiladi. Toshqin paytida Nil ko‘pdan-ko‘p o‘simliklar va turli tog‘ jinslarini oqizib keladi. Oqib kelgan tog‘ jinslaridan daryo qip-qizil tusga kiradi. Toshqin tugagach, o‘simlik chirindilari, tuproq va tog‘ jinslaridan hosil boigan zarralar suv bosgan joylarda cho‘kib, qoramtir quyqumlar qoldiradi. Quyqumlar qurib serhosil qora tuproqli yer hosil qiladi. Shuning uchun misrliklar Nil vohasini “Qora yer”, yunonlar esa “Egipet” deyishgan. Misrning g‘arb tomonida Liviya yassitogiigi, sharq tomonida esa Arab qirlari joylashgan. Mamlakat janubi Nubiyatogiari bilan oralgan. Misrning shimoliy chegaralari O'rtayer dengiziga borib tutashadi. Misr issiq mamlakat, u yerda yog‘ingarchilik kam bo'ladi. Nil sohillarida xilma-xil o'simlik va yovvoyi mevalar, xususan lotos, papirus va qamishlar o'sib yotadi. Qadimdan hayvonot dunyosi boy bo'lib, Nil sohillarida sher, qoplon, buyvol, yovvoyi buqa, jirafa, antilopa, timsoh va gippopatam kabi katta-kichik hayvonlar yashagan. Daryoda baliq, suv hayvonlari, to'qayzorlarda esa har turli qushlar ko'p bo'lgan. Yovvoyi hayvon va o'simliklar qadim zamondan boshlab ibtidoiy kishilarning ozuqa va ov manbai bo'lgan. Misrda mis, oltin kabi ma’danlar va har xil toshlar ko'p.Qadimgi misrliklar hayotida Nil daryosining ahamiyati juda katta boTgan. Mashhur yunon tarixchisi Gerodot “Misr - Nil in’omi, tuhfasi” deb yozgan ekano'rganish mumkin emas. Qadimgi Misr tarixiga doir manbalar Qadimgi M esopotamiya tarixiga doir manbalar singari uch asosiy qismga boTinadi:


1. Antik - mualliflarning M isr haqida aytganlari va yozib qoldirganlari.
2. Moddiy madaniyat yodgorliklari. shu jum ladan arxeologik yodgorliklar. 3. Qadimgi Misr yozuvi yodgorliklari.
Qadimgi dunyo, Qadimgi Sharq tarixining, xususan, Qadimgi Misr tarixining sanasi m.av. to‘rtinchi mingyillikning ikkinchi yar-midan boshlanadi. Qadimgi Sharq davlatlari tarixining boshlanish I sanasi bir-biridan farq qilib, o‘sha joynin geografik, iqtisodiy va Siyosiy sharoitidan keiib chiqib turli davrda boshlangan va yakun topgan. Qadimgi Sharq xalqlari tarixining sanalarini aniqlash tarixshunoslar oldidagi murakkab masalalardan biri hisoblanadi.Qadimgi Misr aholisi. Misrning qulay geografik o'rni va boy tabiiy sharoiti qadim zamondan boshlab kishilami o'ziga jalb qilib kelgan. Ibtidoiy odamlar Nil vohasiga juda qadim zamonlardayoq kirib kelishgan. Mashhur arxeolog D.D.Klarkning ma’lumotlariga ko'ra, Misrda ibtidoiy odamlar 80-90 ming yildan beri yashab kelar ekanlar. Ammo daryo toshqini odamlarning bu yerda doimo yashashlariga xalaqit bergan. Arxeolog olimlar Fayum vohasidan bundan 25-30 ming yillar ilgari yashagan odamlarning manzilgohlarini topganlar. Bu yerdan topilgan arxeologik ashyolar shu davr odamlari yog'och, qamish, lotos va papiruslardan chaylalar qurib yashaganligi, tosh, yog'och va suyaklardan qurollar yasab
ovchilik va termachilik bilan shug'ullanganliklaridan dalolat beradi. M.av. VI-V mingyilliklarda Misrda aholi ancha ko'payib, dastlabki qishloqlar paydo bo'lgan. Antropologik maTumotlarga ko'ra, Qadimgi misrliklar qorachadan kelgan, xushqomat bo'lib, kamsoqol bo'lishgan. Misrga janubdan nubiyaliklar, Markaziy Afrikadan esa past bo'yli odamlar - pigmeylar yoki liliputlar, g'arbdan liviyaliklar, shimoli-sharqdan esa giksos kabi qabilalar kelib o'mashganlar. Keyinchalik esa Nil vohasiga habashlar, ossurlar, forslar, yuhoniar, makedonlar va rimliklar ham kirib kelganlar.Kòpchiligi misrliklar bilan aralashib, ularning madaniyati, tili va urf-odatlarini qabul qilganlar. Qadimgi misrliklarning mashg‘uIotlari. Qadimgi misrliklar Nil vohasini yangi tosh davridan boshlab o‘zlashtirib, o‘troq dehqonchilikka asos solganlar. Ular oddiy ketmoncha - motiga bilan qayr yerga ishlov berib bug‘doy, arpa, kiinjut, poliz ekinlari ekib, ulardan mo‘1 hosil olganlar. Misrliklar bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. Shu tariqa Misrda dehqonchilik ancha erta rivoj topgan. Nil keltirgan loyqa tabiiy o‘g‘it tufayli Misr yerlari unumdor bo'lib hosilga baraka bergan. Misrliklar it, cho'chqa, qo'y, echki va qoramollar parvarish qilganlar. Chorvachilik va hunarmandchilik ham ancha erta rivoj topgan. Shu davrlarda ichki va tashqi savdo ham jonlana boshlagan. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida Misrda xususiy mulk, mulkiy tengsizlik vatabaqalanish paydo bo'lgan. Qadimgi Misr tarixining asosiy manbalari
va tarixnavisligi .Qadimgi Misr tarixining manbalari va tarixnavisligi. Maiumki, Qadimgi Misr tarixi Qadimgi Sharq tarixining tarkibiyqismini tashkil etadi. Qadimgi Misr tarixini uning manbalari va tarixnavisligi qo'lga kiritgan maiumotlarisiz o'rganib bo'lmaydi. Qadimgi Misr tarixini o'rganish uchun bu ko'hna diyoming zamonamizgacha saqlanib qolgan ko'pdan-ko'p bitiklari, yodgorliklari birinehi darajali ahamiyatga egadir. Qadimgi Misr yozuvi manbalaridagi ma’lumotlar, moddiy madaniyat yodgorliklarini ko'p jihatdan to'Jdiradi. Qadimgi Misr tarixining manbalari bilan chambarchas bog'liq bo'lgan tarixnavislik bilimi Qadimgi Sharq tarixi, xususan Qadimgi Misr tarixini o'rganishda juda katta ahamiyat kasb etadi.Qadimgi zamon mualliflarining Qadimgi Misr haqidagi yozganlari. Ma’lumki, antik mualliflarning Qadimgi Misr haqida yozgan asar va esdaliklaridan ozm i-ko'pm i m a’lumot olisli mumkin. Ta'kidlash joizki. m.av. Vll asrdayoq yunon savdogarlari, yollangan askarlar va boshqa toifadagi kishilar Misrga kirib kelganlar. Yunon faylasuflari va siyosiy arboblari Fales. Anaksimandr, Demokrit va Salonlar M isrga sayohat qilib, M isr xalqining ming yillar davomida to'plagan bilimlarini o‘rganganlar. Shu bois yunon yozuvchilari - tarixchi va geograflarining asarlaridan Qadimgi Misrga oid juda ko'p maTumotlarni topish mumkin. M. av. 485-425-yillarda yashab ijod etgan galikamiaslik Gerodot o 'z asarlarida Qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida anchagina maTumot qoldirgan. U tarixda "tarix otasi” nomi bilan mashhur bo'lib, 9 jildlik "Tarix” asarining ikkinchi kitobini butunlay Qadimgi Misr tarixiga bag'ishlagan. Gerodot Qadimgi Misr tarixi va madaniyatini mumkin qadar to'laroq tavsiflashga harakat qilgan. “Tarixning otasi” - Gerodot Nil bo'ylab mamlakatning shimoliy chegaralaridan janubiy chegaralarigacha sayohat qilgan. Gerodot Nil vodiysi va deltasining tabiiy sharoitlarini, Qadimgi misrliklarning urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, mamlakatning xo'jaligi va ijtimoiy tuzumi to'g'risida ham ba’zi m a'lum otlar beradi. U Qadimgi Misrning tabiati haqida gapirib. Nil daryosi toshqinlarining Qadimgi Misrda dehqonehilik xo'jaligining rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga egaekanligini bayon etadi.Gerodotning hikoya qilishicha, “daryo toshib, dalalarni sug'oradi, sug'orib bo'lgach, suv qirg'oqlarga - o'zanga qaytadi; so'ngra har bir dehqon o 'z yeriga urug' sepadi va bu yerga cho'chqalarni qo'yib yuboradi, cho'chqalar tuproqni bosib yurib, urug‘likni tuproq bilan aralashtirib yuboradilar” . Gerodot misrliklar dini haqida ko'pgina m a’lumotlar berib, dinning marosim xususivatlarini bayon qilgan. U misrliklar muqaddas deb hisoblagan ho'kiz, lochin, it, mushuk va timsoh kabi jonivorlarga e ’tiqod qilishlarini ham bayon qilgan. Shuni ta'kidlash lozimki, Gerodot Misrning siyosiy tarixiga ham katta e ’tibor berib. u o 'z asariga Misr davlatining eng qadimgi asoschisi Mina haqidagi rivoyatni kiritgan. Gerodotning IV sulolaga mansub fir’avnlarning xalqni juda qattiq jabr-zulm ga duchor qilib, piramidalar qurishda nihoyatda ko‘p odamlarni ishlatganliklari to'g'risidagi hikoyasi zo 'r mahorat bilan bayon etilgan. Gerodot Misr tarixining Sais va Fors davri(m.av. X I-IV asrlar)ga oid voqealarni bayon qilgan hikoyasi ancha to‘g'ri va niufassaldir. Gerodot Misr madaniyatiga yuksak baho berib, birinchi marta misrliklar alohida taqvim tuzganliklarini, astronomik kuzatishlarga asoslanib у iIni 12 oyga ajratganliklarini aytadi. M.av. 332-yilda M isr Makedoniyalik Aleksandr tomonidan jangsiz bosib olingan. M akedoniyalik Aleksandr qo'shinlari bilan bu yerga juda ko'pmakedoniyaliklar, yunonlar ko4chib kelishgan. Makedoniyalik Aleksandr zamondoshi Manefon degan ruhoniy o'zining yunon tilidagi “M isr tarixi” asarini yozgan. M anefon m. av. IV—III asrlarda yashab ijod etgan tarixchilardan biri bo‘lib, Misr haqida yozgan qadimgi mualliflar orasida alohida o'rin tutadi. M anefon M isr kohini - bosh ruhoniysi bo'lganligi tufayli, Misr ibodatxona arxivlariga va kutubxonalariga bemalol kira olgan. Shu bois u Qadimgi Misr manbalarini yaxshi o'rgangan. U yunon tilini yaxshi bilgan va yunon ilm-fanidan bahramand bo‘lgan. Afsuski, M anefonning Misr tarixiga bag'ishlangan asari to‘liq holda zamonamizgacha saqlanib qolmagan. Keyingi asrlarda yashagan mualliflar Iosif Flaviy (milodning I asri) va Evsefiy (milodning IVasri) kabilarning asarlarida M anefonning asarlaridan olingan qisqa-qisqa ко'chir malar zamonamizgacha saqlanib qolgan. Ancha keyingi zamonlardagi tarixchilar tomonidan M anefon asari asosida tuzilgan va 30 sulolaga mansub bo'lgan hamma fir avnlarning nomlari haqida qisqacha m aium otlar va xronologik sanalar yozilgan matn saqlanib qolgan. M anefon tarixiy asarining shu kichik-kichik parchalari ham Qadimgi Misrning siyosiy tarixini va xronologiyasini tiklashda katta ilmiy ahamiyatga ega boigan. Manefondan keltirilgan parchada giksoslarning Misr ustiga bostirib kirishlari haqidagi m a’lumot ham katta ahamiyatga egadir. M anefondan keyin yashagan mualliflar uning asariga yuksak e’tibor bilan qaraganlar. Chunonchi. Sinkell Manefonning o 'z asarlarida misrliklar tarixini o'rganishda Misr yozuvlaridan manba sifatida foydalanganligini aytadi. Jumladan. Evsefiy “misrlik Manefon faqat butun Misr tarixini emas, balki uning butun teologiya - diniy aqidalar majmuasini ham yunoncha shaklga solgan", - deb yozadi. Mashhur sharqshunos tarixchi V.I.Avdiyevning Jikricha. zamonamiz tarixchilari M anefon asarlaridan olingan parchalarga tanqidiy k o'z bilan qaramoqlari kerak. M.av. I asrda yashagan, o'zining umumiy tarix to'g'risidagi asarini yozganda yunon tarixchilari Gekatey Abderskiy va Agatarxidning ko‘p asarlaridan foydalangan. M. av. 1 asrda yashagan Diodor o'zigacha o ‘tgan tarixchilaming asarlaridan foydalanib Misrning tabiiy sharoitini atroflicha bayon etgan. U Nexo degan Misr fir’avni Nil daryosining sharqiy tarmoqlaridan kanal chiqarib. uni Qizil dengiz bilan tutashtirmoqchi boiganini hikoya qilgan. Diodor o ‘z asarida Qadimgi Misr qonunlari va rna'm uriy idora tartibining xususiyatlarini bayon qilar ekan. Qadimgi Misrning despotik - zo‘rlikka asoslangan davlat tuzumini ideallashtiradi. U Misr sudi, forslar davrigacha o‘tgan beshta podshoning yangi qonunlari haqida gapirib, mazkur qonunlarni maqtagan. U Qadimgi Misr madaniyatiga yuksak baho berib, Qadimgi M isr madaniyatining qadimgi dunyo madaniyatiga korisatgan ta’sirini ta’kidlab o'tadi. Diodorning Misr tarixining forslar hukmronligi va undan key ingi davrlarga oid voqealami bayon qilgan qismi diqqatga sazovordir.Shuningdek. Diodor o 'z asarida Nubiyadagi oltin konlaridan misrliklar qanday foydalanganliklarini ham batafsil bayon etgan. Diodoming aytishicha, ana shu konlarda mahkum etilgan jinoyatchilar “kishan solingan holda, kecha-yu kunduz tinmay ishlaydilar. ular hatto qochishga umid qilish imkoniyatidan ham mahrumdirlar, chunki ular ehet ellik askarlar nazorati ostidadirlar". Bu m a'lum otlar Diodor Sitsiliyskiyning ''Tarixiy kutubxona” asarida ham bayon etilgan. M. av. 1 va milodiy 1 asrlarda yashagan yunon mualliflaridan biri Strabon o'zining “Geografiya” asarida Qadimgi Misr haqida ham qimmatli m a’lumotlar yozib qoldirgan. Strabon o'zidan oldin o'tgan tarixchi laming asarlaridan keng foydalanib. Nil daryosi, uning toshqinlarini, tabiiy va sun’iy sug'orish tizimini, Misr o'sim liklari va hayvonot dunyosini atroflicha bayon etgan. U Qadimgi misrliklarning xo'jalik hayoti, kanallar va yulduzlar tizimi, Fayum vohasining suv ta’minoti masalalari haqida qimmatli m a’lumot beradi. Strabon Misrdagi zaytunchilikni, undan o'sim lik moyi tayyorlash yoTlarini va musallaschilikni bayon etib, xo'jalik jihatdan juda boy bo'lgan Arsinov degan joyni ko'rsatib o'tadi. Strabon o 'z asarida M isrga qo‘shni bo'lgan qabilalar, xususan Efiopiya haqida qimmatli m a'lum ot beradi, M isr madaniyatining Yunonistonga qilgan ta’sirini ko'rsatib o'tadi. Strabon Evdoks va Platon kabi mashhur yunon olim va faylasuflarining uzoq yillar Misrda yashaganlari va misrlik kohinlardan ko'p narsa o'rganganliklarini bayon qilgan. Qadimgi Misr haqidagi m a’lumotlar milodiy I—II asrlarda yashagan rimlik yozuvchi Tatsit va milodiy IV asrda yashagan Ammian Marsellin asarlarida ham saqlanib qolgan. M isrliklarning diniy e ’tiqodini o'rganishda m. 46-120-yillarda yashab ijod etgan Plutarx Xeroneyskiyning “Izida va Oziris to'g'risida" degan asari muhim ahamiyatga egadir. Plutarx bu asarini juda ko'p manbalar asosida yozgan. Shunday qilib. qadimgi yunon mualliilarining asarlari Qadimgi Misr tarixi, uning tabiati. Nil toshqinlari. xo'jaligi, sug'orish inshootlari tarixi. madaniyati va diniy e'tiqodini o'rganishda qimmali manba bo'lib, ulardan keyingi avlod tarixchilari keng miqyosda foydalanganlar. Misrda arxeologik tekshirishlar tarixidan. Qadimgi dunyo madaniyatining rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan ko'hna Misr madaniyati Yevropa va jahon sayvohlari va olimlarining diqqate'tiborini o ‘ziga tortib kelgan. M a’lumki. Qadimgi Sharq m adaniyati bilan yaqindan bog‘lanib o'sgan qadimgi Yunoniston va Rim tarixi hamda madaniyatini Yevropada Uyg'onish davridan boshlab o'rganishga kirishilgan. XVI asrning buyuk faylasufi Jordano Bruno o 'z asarlarida Qadimgi Misr madaniyatiga yuksak baho bergan. J. Bruno fikricha, qadimgi yahudiylar. yunonlar va rimliklar Qadimgi Misr madaniyatidan bahramand bo'lganlar. XVIII asr o'rtalarida M isrga kelib ketgan Pokok, Norden va Bryus kabilar u yerdagi qadimgi piram idalar - ehrom lar va Fiva yaqinidagi m arhum lar vodiysida berkitilgan podsho maqbaralarini ta 'rif va tasvir etgan muhim asarlar qoldirganlar. G ‘arbiy Yevropaning o'qim ishli ziyolilari Napoleon Bonapartning 1798-yildagi M isrga harbiy yurishlari tufayli Qadimgi M isr madaniyati bilan kengroq tanishish im koniyatiga ega bo'lganlar. Bonapart ekspeditsiyasi tarkibida turli olimlar, shu jumladan arxeologlar ham bor edi. M azkur ekspeditsiyaning ilmiy tekshirishlari natijasida “M isr tasvirlari”ga bag'ishlangan juda qim matli asar nashr etilgan. M azkur asar 24 jildlik matn, ham da Qadimgi M isr ibodatxonalari xarobalarining rasm lari, yozuvlarining nusxalari va ekspeditsiya qatnashchilari to'plagan juda ko'p qadim gi yodgorliklarni ko'rsatuvchi jadvallardan iborat. Yevropaga keltirilgan Qadim gi M isr yodgorliklarining kolleksiyalari olim lar va keng jam oatchilik o ‘rtasida Qadimgi Misr tarixi va madaniyatiga z o 'r qiziqish uyg'otgan. B a'zi olim lar kolleksiyalar ichidagi M isr yozuviga qiziqib, uni o'qib chiqishga qizg'inlik bilan kirishganlar. Bular orasida m ashhur fransuz filologi Fransua Sham palon (1790-1832) faolivati alohida o'rinni egallaydi. U M isr iyerogliflarini o'qish usulini topgan. J.F.Shampalon ana shu kashfiyoti va bir qancha ilmiy asarlari bilan m isrshunoslikka asos solgan olimdir. Napoleon Bonapartning M isrga qilgan yurishlari vaqtida topilgan Rozett toshidagi ikki tilda - yunon-misr tilida yozilgan yozuv M isr yozuvlarini o'qib chiqish uchun birgina asos bo'lgan. Misrshunoslik tarixidagi ana shu birinchi davr moddiy madaniyat yodgorliklari, yozuvlar, rasmlar va nusxalardan iborat haqiqiy m a’lumotlarni zoT berib to'plash bo'lgan. Shampalon o'zidan oldin o'tgan olimlarning ishini davom ettirib. Qadimgi M isr tarixi va madaniyatini o'rganish yuzasidan katta reja belgilaydi. U o ‘zining "M isrga abadiy sayohat loyihasi haqidagi maktubi”da Misr madaniyatidan qolgan moddiy yodgorliklam ing hammasini shu joyning o'zida o'rganish zarur degan fikrni ilgari suradi. Shuni ta’kidlash lozimki, J.F.Shampalon qadimgi misrliklarning san’ati. dini va mifologiyasi bilangina emas, balki Nil vodiysida hunar va fanning taraqqiy si hamda "F ir’avnlar mamlakati”ning siyosiy tarixi bilan ham qiziqqan. U Fiva maqbaralarida tasvirlangan va aholining turli tabaqalarining timnushi va maishatiga oid suratlardan sinchiklab nusxalar olishni zarur deb bilgan. Bunda xususan “etnografik bo'rtm a tasvirlar”ga, astronomik suratlarga va asosiy iyeroglif yozuvlariga e ’tibor berish zarurligini aytgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.A.Kabirov."Qadimgi dunyo"
2.Rajabov."Qadimgi sharq "
3.www.ziyo.net.
4.www.libry.uz.
Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish