§ . Bozor, uning turlari va tarkibi
Bozor tovarlami sotish va olish munosabati, almashuv sohasidagi bozor subyektlari orasidagi iqtisodiy m unosabatlar yig‘indisidan tashkil topadi. U ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va xaridor- lar orasidagi muhim iqtisodiy bog‘lovchi zveno sifatida qat- nashadi. Bozorda talab va taklif, raqobat va bahoni shaklla- nishi bilan bog'liq bo'lgan murakkab o'zaro bog'langan jarayonlar amalga oshiriladi. Har xil omillar ta’sirida, talab va taklifga mos ravishda yuzaga keladigan bahoning shaklla- nishi asosida obyektiv ravishda tovarlarning qiymati yotadi. M ehnatning ijtimoiy xarakterga egaligini yuzaga chiqaruvchi omil — bu pul bo'lib, u qiymatning ifodasi hisoblanadi. Ish lab chiqaruvchi o'zining ishlab chiqargan tovarini jam iyatga kerak yoki kerak emasligini faqat bozorda aniqlaydi: agar tovar pulga almashsa, demak, m ehnat tan olinganini, al- mashmasa, mehnat zoe ketganligini ko'rsatadi.
Bozor — inson faoliyatini tartibga solib turuvchi eng yax- shi, eng samarali va eng odil mexanizm hisoblanadi. Xalqimiz «otang ham bozor, onang ham bozor», deb to 'g 'r i aytgan. Shuning uchun insoniyat o 'z boshidan kechirgan — h a r qanday formatsiya va bosqichlardan o'tib, xo'jalik yurit- ishning bozor iqtisodiyotida to'xtaldi va bu sohada ildam
qadam tashlamoqda.
XX asr davomida bozorni yo‘qotishga harakat qilgan mamlakatlar: Rossiya, Xitoy, Efiopiya, Shimoliy Koreyada ommaviy ochlik yuz berdi. Bozor harbiy kommunizm va
Ulug‘ Vatan urushi davrida millionlab insonlarni halokatdan
*
qutqardi.
Bozor haqidagi ta’limotga A.Smit o'zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatining tadqiqoti» (1776-y.) nomli asarida asos solgan. Bu ta’limotga asosan mehnat taqsimoti har bir ishlab chiqaruvchini mustaqil ravishda turli xil tovar (xizmat)larni ishlab chiqarishga moslashtiradi va bu tovar (xizmat)lar keyincha bir-biri bilan almashinadi. Shu jarayonni amalga oshirish uchun bozor kerak bo'ladi. Bo- zorda har bir almashuvchi o'ziga kerakli mahsulotlarni olib, o'zining shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlarini qondiradi. Bu jarayonda, albatta, bozorning «ko'zga ko'rinmas qo'li» ishti- rok etadi.
Ijtimoiy m ehnat taqsimoti qanchalik rivojlangan bo'lsa, inson shunchalik boshqa inson bilan hamkorlik qilishga maj- bur bo'ladi. Bunday holatda «siz menga kerak narsani be- ring, men ham sizga kerak narsani beraman» degan prinsip asosida harakat qilinadi. Shu prinsip asosida har b ir inson o'ziga kerakli tovar va xizmatlarni oladi.
Bozor tarixiy kategoriya bo'lib, u tovar ishlab chiqarish va almashish mavjud bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning barchasida mavjud bo'lgan.
Ibtidoiy jam oa tuzumi davrida bozor aloqalari tasodifiy xarakterga ega bo'lib, jam oalar uchrashgan joylarda yuzaga kelgan. Asta-sekin bunday munosabatlar jam oalar ichiga kirib borgan, ibtidoiy jam oa tuzumini yemira borgan va quldorlik- ni paydo qilib, uni rivojlantirgan. Natijada, yirik mehnat taqsimoti amalga oshirilib, chorvachilik, dehqonchilikdan
ajragan, savdogar sinfi paydo bo'lgan.
Quldorlik tuzumida mikrodarajada aw al bir-biri bilan ajralgan holda yashagan ishlab chiqaruvchilar orasida iqtiso diy aloqalar o‘rnatiIgan va rivojlantirilgan. Bozorga, asosan oziq-ovqat va boshqa iste’mol buyumlari, qullar va zeb- ziynat mahsulotlari tushgan.
Feodalizm davrida bozor munosabatlari ancha kengayib shaharlar rivojlangan, savdo kapitali faoliyat boshlagan, yirik geografik kashfiyotlar qilingan, Yevropaga oltin oqib kela boshlagan, qishloqlarda barshinadan obrokka va pul rentasiga o ‘tilgan. Bozor munosabatlarining rivojlanishi kapitalistik manufakturaning rivojlanishiga olib kelgan.
Kapitalni birlamchi jam g‘arish jarayoni bevosita xodim- larni (dehqonlar, hunarmandlar va h.k.) ishlab chiqarish vositalaridan ayirib, ularni proletarlarga aylanishi bilan bosh- langan. Ular o‘zlarining ishchi kuchlarini tovar sifatida sotib, olingan ish haqqi hisobidan iste’mol predmetlarini sotib ol- ganlar. Kapitalistlar esa faqat ish kuchini emas, balki ishlab chiqarishni yo‘lga qo'yganlar. Foyda ketidan quvish, raqobat kurashi, ishlab chiqarish kuchlarini tez rivojlanishi bulaming borgan sari bozor munosabatlarini tez o‘sishiga olib kelgan, yirik sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarm oqlar uchun ichki va tashqi bozorlarni tashkil qilgan.
Monopolistik kapitalizmgacha bo‘lgan davrda, ozod raqobat, mikrodarajada ishlab chiqarish xarajatlarini pasayti- rish, tarmoqlar ichida raqobatlaming kuchayishi, ijtimoiy iste’mol tarkibini o‘zgarish kabi holatlar kuchaydi kapital ix- tiyoriy ozod holda ko‘proq foyda keltiruvchi tarmoqlarga ko'chirildi. Natijada, umumiy o'rtacha foyda va ishlab chiqa rish bahosi tashkil topdi.
Ozod raqobatni monopoliyalar hukmronligi bilan al- mashuvi bozorning xajmini, xarakterini va faoliyat shakllarini
o ‘zgartirib yubordi. Bozorning takror ishlab chiqarish
jarayonlarini va nisbatlarini tartibga keltiruvchi roli y o 'qolib, uning o ‘rnini m onopoliyalar egalladi.
B o zorning samarali faoliyat olib borishi u c h u n h a r xil mulk shakllari (xususiy, korporativ, davlat va h.k.) bo'lishini va xo'jalik yuritishni taqozo qiladi. B ozorning o ' z a ro b o g 'lan g an uch xil turi paydo bo'ldi: 1) tovar va xizm a tlar bozori; 2) resurslar bozori; 3) moliyaviy bozor.
Tovar va xizmatlar bozori oziq-ovqat mahsulotlari,
sanoat tovarlari, har xil xizmatlar ko'rsatish savdo birlashma- larini, ulgurji va chakana savdoni, marketing tashkilotlarini tashkil bo'lishini taqozo qiladi.
Resurslar bozori yerni, kapitalni va ishchi kuchi savdo- sini o 'z ichiga oladi.
Ishchi kuchi bozori yonlangan ishchi, mutaxassis, rahbar va boshqalar mehnati bozorini o‘z ichiga olib, m ehnat bir- jalarining rivoji bilan bog'liq bo'ladi. Birjalar ishchi kuchiga taklifni tashkil etadilar, ishga joylashtiradilar, ishsizlarni ish bilan ta ’minlash ishlarini olib boradilar, jam oa m ehnatini tashkil qiladilar va h.k. bilan shug'ullanadilar.
Moliyaviy bozor moliyaviy mablag'lar (pullar, aksiyalar, obligatsiyalar, cheklar va h.k.)ga bo'lgan'talab va taklifni o'zida aks ettiradi. Ularning faoliyati fond biijalarida amalga oshiriladi. Fond birjalariga qimmatli qog'ozlar bilan savdo qiluvchi yakka sotuvchilar va har xil moliya-kredit tashkilot- lari a ’zo bo'lishlari mumkin.
Zam onaviy bozor murakkab tarkibga ega. Yuqorida qayd etilgan uch xil bozor, o'z navbatida, subbozorlarga, bozor subyektlariga bo'Iinadi. Bozor segmentlarini quyidagi beigilari bo'yicha ajratish mumkin: 1) bozor obyektlarini iqtisodiy vazifalariga ko'ra — iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishchi kuchi bozori, m ehnat bozori, qimmatbaho qog'ozlar
bozori, ikkilamchi xomashyo bozori va h.k.; 2) geografik joy-
lashishi' bo'yicha — mahalliy, hududdagi, milliy, dunyo bo- zorlari; 3) raqobat turlari va chegaralanish darajasiga qarab — monopolistik, oligopolistik, monopsonistik, ozod, aralash bo- zorlar; 4) ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha — oziq-ovqat, avtomobil, kompyuter, neft, kitob va h.k. bozorlar; 5) sotish xarakteri bo'yicha — kichik va katta ulgurji, chakana va h.k. bozorlar.
Bozor tufayli har xil tovarlar va xizmatlar umumiy mas- sani tashkil qiladi, ularning ichida tovar ishlab chiqaruvchi- dan boshqa tovar ishlab chiqaruvchilar o'ziga kerakli har xil tovarlarni sotib olishi mumkin. Shu munosabat bilan tovarlar savdo-sotig'idagi miqdorlar nisbati haqidagi savol tug'iladi. Bu savolga qiymatning mehnat nazariyasi javob beradi. Qiy- mat qonuni — tovar ishlab chiqaruvchining obyektiv iqtisodiy qonuni. Uning mohiyati shundan iboratki, tovarning qiymati, uni ishlab chiqarish va sotishgacha sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatning hajmi bilan o'lchanadi.
Shu bilan bir qatorda, bozor qonuniyatlarini, bahoni tashkil bo'lishi, tovar-pul almashuvini, resurslardan samarali foydalanishni tahlil qilishda, iqtisodiy ta ’limotining yana bir yo'nalishi «merjantalizm» ta’limotidan ham foydalanish mumkin. Unga asosan tovarning real «qiymati» xaridor va sotuvchi tomonidan uning foydalilik darajasi bilan o'lchanadi. Bu baho tovarning sifati va u xaridor iste’molini qondira olish darajasi bilan bog'liq bo'ladi. Xaridorning iste’moli qondirila borgan sari tovarning foydalilik darajasi kamayib boradi. Masalan, qorni och odamga ovqatning bir- inchi porsiyasi foydali va qimmatroq bo'ladi. Qorni to 'ya borgan sari keyingi porsiyalarning foydasi va qimmati pasayib boradi. Bunday holat «foydalilik darajasini pasayib borishi haqida»gi qonunda o'z aksini topgan. P.Samuelson yozadi:
«Tovarlarning hajmi ortib borishi bilan uning foydalilik dara-
jasi (yoki oxirgi porsiya keltirgan qo'shim cha foydalilik) pasayish tendensiyasiga ega bo'ladi»1.
Merjantalizm nazariyasiga asosan bozorda odamning xulq-atvori quyidagilar bilan belgilanadi:
1) ne’matning resurs sifatidagi aniq bahosi;
2) undan foydalanish yo‘nalishlari;
3) oxirgi maksimal samarani olish uchun eng kam xarajat qilish yoki eng ko‘p foyda olishni ta ’minlash.
Bunday prinsipal baholash insonning bozor iqtiso- diyotidagi m o'ljallari, subyektiv-psixologik baholash nati- jalariga bog'liq. M ikrodarajada inson xulq-atvori shunday bo'lishi kerakki, unda u xarajatlarni ortib va foydaning kamayib ketishiga yo'l qo'ymasligi, ishlab chiqarish jaray onida iqtisod qilishga va natijalarni ko'paytirishga erishishi lozim.
M eijantalizm nazariyasi, Marksning mehnat nazariyasiga to 'g 'ri kelmasa ham, lekin u talab, taqdim, baho va raqobat- ning bozor muvozanatiga va uning konyukturasiga ta ’sirini tahlil qilish, xaridorning didi, ta ’bi, talabi va ehtiyojini to 'g 'ri o'rganish, tovar ishlab chiqaruvchilar va xaridorlaming bo- zordagi xulq-atvorini baholash imkoniyatini beradi.
Zamonaviy globallashuv davrida dunyo bozorining o'rni va roli tobora ortib bormoqda. U bir-biri bilan qat’iy savdo- iqtisodiy aloqada bo'lgan va bir-biri bilan bog'langan ayrim mamlakatlarning milliy bozorlarini o'z ichiga oladi.
Dunyo bozori uchun ozod xalqaro savdo prinsipi mavjud bo'lib, unda ishtirok etuvchi davlatlar fritreder (ozod savdo) siyosatiga rioya qiladilar. Bunda oltin standarti hukmronlik qiladi, ya’ni ayrim mamlakatlar valutalari oltinga almashiladi va konvertatsiya qilinadi. Bunda ko'p davlatlar bilan savdo
Do'stlaringiz bilan baham: |