Doimiy xarajatlar, ishlab chiqarish hajmiga bog'liq
bo'lib, u o'z ichiga imoratlarni ijaraga olish, uskunalarga xarajatlarni, firmaning awalgi xarajatlari (qarzlar uchun fo- izlar va h.k.)ni, soliqlar, saqlash to'lovlarini, personal ish haqqini va h.k.larni oladi. Agar abssissa o'qida mahsulot ha jm i (Q)ni va ordinat o'qida ishlab chiqarish xarajatlari (S)ni aks ettirsak, u holda doimiy xarajatlar (FC) to'g'ri chizig'i ustida abssissa o'qiga parallel ravishda yotadi.
Doimiy, o'zgaruvchi va umumiy ishlab chiqarish xarajat lari qiyshiq chizig'i.
0 ‘zgaruvchi xarajatlar, ishlab chiqarilgan mahsulot haj miga bog'liq bo'lib, ularga xomashyo va materiallar, xodim lar ish haqqi va h.k.lar kiradi. Chizmadagi VC chizig'iga qaraganda ishlab chiqarish xarajatlari dinamikasi tekis emas. A w al ishlab chiqarish hajmi orta borishi bilan ular tez o'sadi (OA qismi). Ammo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi ortib borgan sari yalpi ishlab chiqarishdagi iqtisod qilish omili harakatga keladi va natijada ishlab chiqarish xarajatlari, ish lab chiqarishni kengaytirishga qaraganda sekinroq ortib bo- radi (AB qismi). Keyinroq, daromadlarni pasayish qonuni to 'liq kuchga kirgach^ joriy o'zgaruvchi xarajatlar, ishlab chiqarish hajmiga nisbatan tezroq o'saboradi (B nuqtadan keyingi egri chiziq).
Umumiy xarajatlar (TS), doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar yig'indisi bo'lib (TS=FC+V C), ular mahsulot hajmiga (Q) bog'liq yoki TC=f(Q) bo'ladi.
0 ‘rtacha umumiy xarajatlar, barcha xarajatlarni mahsu lot hajmiga bo'linganiga teng (A TC=TC/Q )
O'rtacha doimiy xarajatlar, barcha doimiy xarajatlarni mahsulot hajmiga bo'linganiga teng (A FC =FC /Q ).
O'rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar, barcha o'zgaruvchi xarajatlarni mahsulot hajmiga bo'linganiga teng
(AVC=VC/Q).
Demak, ATC=AFC+AVC=(FC+VC)/Q
Xarajatlarni doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlarga ajratish qo'shilgan qiymatni aniqlashga yordam beradi. Uning hajmi korxona yalpi mahsuloti hajmidan material xarajatlarni ayr- masiga teng. Qo'shilgan qiymat hajmini tarmoqlar va ishlab chiqarishlar bo'yicha qo'shib chiqilsa, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi kelib chiqadi. Milliy hisoblar tizimi bo'yicha yalpi ichki mahsulot hajmiga quyidagi elementlar kiritiladi: ish haqqi, amortizatsiya, korporatsiyalar foydasi, renta, ssuda kapitaliga foiz, biznesga bo'lgan egri soliqlar. Bu ko'rsatkich ijtimoiy mehnat unumdorligi darajasini va samaradorligini baholash imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini o'rganish muammolariga italiyalik iqtisodchi V.Pareto o'zining hissasini qo'shgan. Uning nazariyasiga ko'ra, mukammal raqobat davrida bir firma foydasining ortishi, ikkinchisini foydasini kamaytirish hisobiga bo'ladi. V.Pareto nazariyasi, chegaraviy foydalilik va chegaraviy xarajatlar mos kelishi holatiga asoslangan. Chega raviy xarajatlar ishlab chiqarish hajmi orta borishi bilan ka- mayish tendensiyasiga ega bo'ladi. Ammo bunday holat m a’lum vaqtgacha saqlanadi, keyinchalik ishlab chiqarish hajmining ortishi umumiy, o'rtacha va chegaraviy xarajatlarni ortishiga olib keladi.
Bunday holat ishlab chiqarish hajmi ortishining ijobiy va salbiy samaradorligi nomini olgan.
Ijobiy samara — o'rtacha umumiy xarajatlar pasayishi bi lan bog'liq bo'lib, ularning pasayishiga quyidagi om illar ta ’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |