Ishlab chiqarish faoliyati — M HT prinsiplariga asosan, ular m ahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Unga tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, dav lat muassasalari va tashkilotlari, notijorat tashkilotlari faoli yati, shuningdek, bir xususiy binoda yashovchi uy xo'jaliklarining ishlab chiqarish faoliyati (aholining xususiy yordam chi xo'jaliklari, yakka mehnat faoliyati) va h.k. uy xo‘jaliklarining ishlab chiqarish faoliyatiga sotish uchun yoki o ‘zi foydalanishi uchun ishlab chiqarilgan mahsulot va xiz matlar qiymatidan qat’i nazar, bozor xizmatlari ham kiradi.
2 -§ . Milliy hisoblar tizimining klassiflkatsion birliklari Institutsion birliklar — bular bozor xo'jalik yurituvchi
subyektlar bo'lib, ular aktivlarga ega bo'lishlari, majburiyatlar
olishlari, iqtisodiy faoliyat olib borishlari va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o'tkazishlari mumkin bo'ladi.
Institutsion birliklar — yuridik, shuningdek, jismoniy
shaxslar (yoki ularning guruhi), uy xo‘jaligi usulida ham bo'lishi mumkin.
Institutsion birliklarga — yuridik shaxslarga quyidagilar kiradi: korporatsiyalar, davlatni boshqarish tashkilotlari, noti- jorat tashkilotlar.
Yuridik shaxslarning asosiy turlari — bular mulkka ega bo'lgan tashkilotlar, bular o 'z nomlaridan fuqarolik huquqini va faoliyat bilan bog'liq majburiyatlar oladilar. Yuridik shaxs mustaqil balansga yoki smetaga ega bo'ladi, mustaqil qarorlar qabul qiladi, o'zining moddiy va moliyaviy resurslaridan foy- dalanadi, majburiyatlar oladi, iqtisodiy faoliyat olib boradi va boshqa birliklar bilan operatsiyalar o'tkazadi va o 'z majburi- yatlari bo'yicha to'liq javob beradi.
Faoliyatning asosiy maqsadiga muvofiq yuridik shaxslar xo'jalik va noxo'jalik tashkilotlarga bo'linadi.
Xo'jalik tashkilotlariga faoliyatlarini asl maqsadi foyda olish bo'lgan, noxo'jalik tashkilotlarga esa bunday maqsad bo'lm agan xo'jaliklar kiradi.
Xo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar, xo'jalik jam oalari va o'rtoqlik usulida, ishlab chiqaruvchi kooperativ- lar, davlatning yana boshqa korxonalari sifatida tashkil bo'lishi mumkin.
Noxo'jalik tashkilotlari bo'lgan yuridik shaxslar o'zlarining nizomida belgilangan vazifalarini bajarguncha xo'jalik faoliyati bilan shug'ullanishlari mumkin. U lar jam oa birlashmalari usulidagi notijorat tashkilotlar, iste’m olchi bir- lashmalar, qonunda belgilangan xayriya yoki boshqacha fondlar sifatida mavjud bo'ladi.
Yuridik shaxs sifatida tashkil topm agan xo'jalik subyektlari bo'lib quyidagi firmalar, vakilliklar, shaxsiy m ehnat bilan shug'ullanuvchi fuqarolar, xususiy yordam chi
xo'jaliklar bo'lishi mumkin.
Agar qandaydir birlik institutsional birlikning barcha talablariga javob beraolmasa, unda statistika quyidagi prin- siolarg? amal qiladi:
1) uy xo'jaliklari barcha hisoblamalarini olib bormasalar ham, o 'z resurslaridan mustaqil ravishda foydalanadilar, shuning uchun ular institutsional birlik bo'lib hisoblanadilar;
2) barcha hisoblamalarni to'liq olib bormaydigan birlik- lar, mustaqil ravishda xo'jalik yurituvchi institutsional birlik lar tarkibiga kiritiladi.
3) Barcha hisoblamalarni to'liq olib boradigan, lekin yu- ridik shaxs bo'lmagan birliklar, ularni nazorat qilib turuvchi institutsional birliklar tarkibiga kiritiladi.
BM Tning statistika komissiyasi 1989-yilda «Barcha iqti sodiy faoliyat turlari xalqaro andozalarga mos tarm oqlar klas- sifikatsiyasi»ni texnik belgilari bo'yicha ishlab chiqqan..
Do'stlaringiz bilan baham: |